Ushbu o‘quv qo‘llanma pedagogika oliy o‘quv yurtlarining 514100-«Maktabgacha ta’lim» yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan


Bog‘cha yoshidagi bolalarga mehnat tarbiyasi



Download 0,74 Mb.
bet40/47
Sana30.12.2021
Hajmi0,74 Mb.
#197528
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   47
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

10.2 Bog‘cha yoshidagi bolalarga mehnat tarbiyasi
Maktabgacha ta’lim muassasalarida mehnat tarbiyasi ikki xil yo‘nalishda amalga oshiriladi:

  1. Bolalarning o‘zlarini mehnatga o‘rgatish.

  2. Kattalar mehnati bilan tanishtirish.

Mehnat qilish muntazam ravishda bo‘lib, unda hamma bolalar ishtirok etsa, kattalar mehnati bilan tanishtirib borilsa, u tarbiya vositasiga aylanib boradi.

Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni quyidagi mehnat turlariga jalb qilib boriladi:

O‘-o‘ziga xizmat qilish, xo‘jalik-maishiy mehnat, tabiat kuchog‘idagi mehnat, qo‘l mehnati.

O‘z-o‘ziga xizmat qilish 0 bu bolalar mehnatining bir turi bo‘lib, unda bolalar ilk yoshdan boshlab, mustaqil ovqatlanishga, echinib-kiyinishga, o‘yinchoqlarini yig‘ib qo‘yishga o‘rgatiladi. Bolalar mehnatining bu turi bolalarni tartibli, intizomli, odobli bo‘lishga undaydi. Mustaqillik sifatlari rivojlanadi.

Bolalar xo‘jaligi – maishiy mehnatga bolalar bog‘chasida va oilada o‘rgatib boriladi. Mashg‘ulotdan so‘ng stol ustidagi buyumlarni yig‘ishtirish, choy idishlarini, o‘yinchoqlarini yig‘ishtirish va hakazolar misol bo‘la oladi.

Tabiatdagi mehnat – bolaning har tomonlama rivojlanishi muhim ahamiyatga ega. Mehnatning bu turi orqali bolalar tuproqni ekin ekinshga tayyorlash, ko‘chatni o‘tkazish, hayvonlarni parvarishlash kabi malakalarni egallab oladilar.

Qo‘l mehnati - mashg‘ulot, o‘yin, mehnat faoliyati uchun bolalarning o‘z qo‘llari bilan tayyorlagan buyumlari.

Qo‘l mehnati orqali bolalarda ijodkorlik, topog‘onlik, bilimdorlik hislatlari o‘sadi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning mustaqil mehnatini tashkil etishing ikki shaklidan: yakka tartibdagi mehnat va jamoa tartibdagi mehnatdan foydalaniladi. Tarbiyachining vazifasi – bolalarni tarbiyalash maqsadida ularning imkoniyatlarini eng ko‘p darajada ro‘yobga chiqarishdir.

YAkka tartibdagi mehnat. – turli maqsadlar bilan amalga oshiriladi. Ko‘p hollarda u tarbiyachi tomonidan bolalardan kimdir ta’lim beruvchi mashg‘ulotda qatnasha olmagan yoki o‘z shaxsiy xususiyatlari tufayli biror mehnat jarayonini o‘zlashtira olmagan takdirda tashkil etiladi. Tarbiyachining vazifasi bolaga mehnat jarayonini yaxlit yoki uning eng ogir qismini bajarishini o‘rgatishdan iborat. YAkka tartibdagi mehnat bola mazkur mehnat jarayoniga qiziqish bildirib, uni xatosiz bajarishini o‘rganishga imntilganda uning tashabbuskori bo‘lib, maydonga chiqganda yuz beradi. M: 5 yoshli qizaloq tarbiyachidan o‘zini ertaga navbatchi qilib tayinlashini so‘rab murojat qiladi: «Men qoshiklarni taxlashni o‘rganib olaman. Bugun yanglishib, ularni noto‘g‘ri taxladim. Ertaga albatta ularni to‘g‘ri joylashtiraman». Bu o‘rinda mehnatga raxbarlik qilish hali o‘zlashtirib olinmagan mehnat usullarini shakllantirishga qaratiladi. Ko‘p hollarda tarbiyachi maslaxat berishdan, o‘z - o‘zini nazorat qilish, mehnat usullarini eslatishdan foydalanadi. Katta guruhlardagi yakka tartibdagi mehnat u yoki bu mehnat jarayonlariga qiziqishining shakllanish ko‘rsatgichi bo‘lib qoladi. Bolalar jonvorlarni parvarish qiladilar, o‘yinchoqlar yasaydilar, biror narsa tikadilar. Umuman o‘z tashabbuslari bilan o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lgan mehnat turlari bilan shug‘ullanadilar.

Bolalarni jamoa bo‘lib mehnat qilishini maktabgacha yoshdayoq kuzatish mumkin. Jamoa mehnatiga quyidagi hususiyatlar xosdir: umumiy maqsad, ishlovchilar o‘rtasida mehnat taqsimoti, mehnatning jamoa natijasi, mehnat ishtirokchilarining umumiy ma’suliyati, ularning bir biriga bog‘liqligi. Jamoa mehnatining eng oddiy turi umumiy mehnat bo‘lib, u bolalarni ikki jihatdan birlashtirish bilan ajralib turadi, u ham bo‘lsa – umumiy maqsad va mehnatning umumiy natijasidir. Mehnat jarayoni xudi yakka tartibdagi kabi kechadi. M: Har bir bola bittadan o‘simlikni artadi, umumiy yakunida esa hamma o‘simliklar toza bo‘ladi. Natijalarni yagona mehnat natijasi qilib umumlashtrish har kimga o‘zi ishlayotgan jamoa a’zosi qilgan ishiga bog‘liqligini tushunish imkonini beradi. Biroq bolalar tegishli mehnat jarayonini o‘rganib olganlaridan keyingi umumiy mehnati joriy qilish mumkin.

Umumiy mehnat tarbiyachining umumiy maqsadini quyishgdan, umumiys ish hajmini belgilashdan, nima uchun mehnat bolalar guruhi tomonidan bajarilishi mumkinligini tushuntirishdan boshlanadi. «Bizning ishimiz ko‘p, qo‘g‘irchoqni hamma idishlarini yuvishlarimiz kerak. Har kim bittadan buyumni yuvsa, hamma idishlar toza bo‘ladi».

So‘ngra bolalar o‘z ish o‘rinlarini mustaqil tashkil etadilar: zarur mehnat jihozlarini tanlab oladilar, ularni qulay qilib joylashtiradilar. SHundan keyin mehnatga kirishi uchun ruxsat so‘raydilar.

Mehnat jarayonida tarbiyachi bolalarning ishini nazorat qiladi, qo‘shni jamoadagilar diqqatini natijaning sifatida qaratadi. Agar kerak bo‘lsa ulardan maslahat so‘raydi. Mehnatni tez uddalagan bolalarga YAna bita buyum yuvishni taklif etish mumkin.

Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning navbatchilik qilishi. Navbatchilik kundalik mehnatning bir turi sifatida, bolalar mehnat mashg‘ulotlarida tegishli mehnat jarayonlarini bajarishni bilib olganligidan keyin joriy etiladi. Navbatchilik vaqtida bolalarning mustaqil mehnat faoliyati takomillashadi. Uning ijtimoiy yo‘nalishi va sababi chuqurlashadi, chunki navbatchining ishi kattalarga yordam berishga, bolalar ehtiyojini qondirishga qaratilgan bo‘ladi. Navbatchilik vaqtida bolalarda topshirilgan ish uchun ma’suliyat, odamlarga nisbatan g‘amxo‘rlik qilish, mehnat vazifalarini bajara olish odati tarkib topadi. Navbatchilik turlari «Bolalar bog‘chasi ta’lim-tarbiya dasturida» belgilab berilgan bo‘lib, bularga oshxonada, tabiat burchagida, mashg‘ulotlarda navbatchilik qilish turlari kiradi.

Oshxonada navbatchilik - o‘rta guruhda yil boshidan, mashg‘ulotlarda navbatchilik - o‘rta guruhda yilning ikkinchi yarmidan, tabiat burchagidagi navbatchilik – katta guruhda joriy etiladi.

Mehnat bolalarga quvonch bag‘ishlaydigan qilib rejalashtirilishi, u ma’lum izchillik bilan amalga oshirilib borishi, vaqti bolalar yoshiga qarab to‘g‘ri belgilanishi kerak kichik yoshli bolalar uchun 10-12 daqiqa, katta guruh bolalar uchun 15-20 daqiqa mehnat qilish maqbul hisoblanadi.


Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish