Ushbu maqolani Ubaydiy bilan birlashtirish taklif etiladi



Download 1,23 Mb.
bet12/12
Sana31.12.2021
Hajmi1,23 Mb.
#217422
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot

Topshiriqlar:

Mulki sultoniy — bu ...

Suyurg’ol — bu ...

Tanho — bu ...

Vaqt — bu ...
Savollar:

Ashtarxoniylar hukmronligi davrida Movorounnahr

Reja:

1. Ashtarxoniylar davri tarixi manbalari.



2. Ashtarxoniylar davlatining tashkil topishi va siyosiy tarixi.

3. Ashtarxoniylar davlatida ijtimoiy-iqtisodiy tuzum.

Ashtarxoniylar hukmronligi davriga oid yozma manbalar ichida Maxmud ibn Vali (1595-1640) ning «Baxr ul-asror fi manokib ul-axer» (Olijanob kishilarning shon shavkati haqida sirlar dengizi), Mir Muhammad amin Buxoriyning «Ubaydullanoma», Muhammad YUsuf Munshining «Tarixiy Mukimxoniy», Xo’ja Samandar Termiziyning «Dastur al-Mulk», Abulg’ozi Bahodurxonning «SHajarai Turk», Muhammad Amin Buxoriyning «Muhit ut-tavorix», Muhammad Vafo Karmanagiyning «Tuhfat ul-xoniy», Abdurahmon Tole’ (Abdurahmon Davlat) ning «Tarixi Abulfayzxon» asarlari muhim tarixiy manbalar hisoblanadi.

SHuningdek, 1605 yilda yozilgan Muhammadyor ibn Arab qalamiga mansub «Musaxxir ul-bilod» (mamlakatlar fatxi), 1569 yilda yozilgan. Sulton Muhammad Balxiy qalamiga mansub «Majma’ul-g’aroyib», 1616-1629 yillarda yozilgan Iskandarbek munshiy qalamiga mansub «Tarixi olamaroyi Abbosiy», Juybor shayxlari tarjimai holidan iborat, Juybor xojalaridan biri Tojiddin Xasanning o’g’li Abulabbos Muhammad Tolib Siddiqiy tomonidan 1663 yilda yozilgan «Matlab ul-tolibin» (Toliblar matlabi), Ashtarxoniylar sulolasiga mansub shahzoda xoja Mir Muhammad Salim tomonidan 1730 yilda yozilgan, hozirda yagona hisoblangan nusxasi Buyuk Britaniyadagi Bodleyan kutubxonasida saqlanayotgan «Silsilat us-salotin» kabi asarlari ham ashtarxoniylar davri tarixi, siyosiy va iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy hayotini o’rganishda katta yordam beruvchi asarlar va muhim tarixiy manbalar hisoblanadi.

Ashtarxoniylar hukmronligi yillarida markaziy hokimiyat birmuncha zaiflashdi va buning oqibatida mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy hamda madaniy hayotda nisbatan inqiroz holatlari yuzaga keldi. Bu davrda shayboniylar davridagidek ijtimoiy tabaqalar saqlanib qolgan bo’lsada, ularning mavqeida birmuncha o’zgarishlar yuz berganligi ko’zga tashlandi. Ashtarxoniylar davlatida poytaxt Buxoro shahri bilan birgalikda valiahd tomonidan boshqariladigan Balx shahrining ham nufuzi ortdi va mamlakatning siyosiy hayotiga kuchli ta’sir eta boshladi. Otaliq va o’zbek qabilaboshliqlarining nufuzi ortib ketdi. Rasman oliy tabaqa hisoblangan xon va yirik saroy amaldorlari ko’p hollarda harbiy-ma’muriy mansabdorlar, viloyat hokimlari, yirik qabila boshliqlari fikri bilan hisoblashishga majbur bo’lib, bu ularning ijtimoiy ahvolini deyarli tenglashtirib qo’yardi. Bu davrda juybor xo’jalarining avlodlari bo’lgan ulamolar va boshqa diniy amaldorlarning ijtimoiy hayotdagi mavqei yanada oshdi.

Siyosiy parokandalik, muttaasil davom etib turgan o’zaro ichki kurashlar va fitnalar halqni iqtisodiy jihatdan og’ir ahvolga solib qo’yish bilan birga mamlakatdagi iqtisodiy holatni ham inqirozga olib keldi. SHuningdek, tashqi hujumlar, talon-tarojlar natijasida dehqonchilik vohalari harob holga kelib qoldi, savdo karvonlarini talash hollari ko’payib ketdi. Bu esa o’z navbatida tashqi savdo aloqalarining cheklanishiga olib keldi.Ashtarxoniylar xonlaridan Imomqulixon (1611-1642) bu holatlarning oldini olishga harakat qildi va 1614-1615 yillarda Qashqadaryodan Qarshi cho’liga kanal qazdirdi. 1633-1634 yillarda esa Qushqo’rg’onda kanal qazdirdi. Biroq bu ham inqirozli holatlarning oldini ololmadi.



Bu davr dexqonchiligida o’rta asrlarga xos yer egaliga hamda iqtisodiy munosabatlari maqlanib qolindi. Garchi avvalgi xonlar davrida iqtisodiy ahvol birmuncha yaxshi ahvolda saqlangan bo’lsada, XVII asr ikkinchi yarmiga kelib, mamlakatdagi iqtisodiy ahvol tanazzuliga uchray boshladi. yerlarning eng hosildor qismi avvalgidek yirik amaldorlar va din peshvolari qo’lida saqlanib qoldi. Asosiy soliq va yig’imlar qishloq kambag’al dexqonlaridan yig’ib olinardi. Ashtarxoniylar davrida sug’oriladigan yerlarda O’rta Osiyo mintaqasi uchun an’anaviy bo’lgan bug’doy, arpa, jo’xori, loviya, mosh, sholi, paxta, sabzavot va poliz ekinlari, dashti yerlarida va tog’ oldi xudularidagi lalmi yerlarda bug’doy, arpa, kunjut, tarvuz, qovun va boshqalar ekildi, dehqonchilik qilingan. Manbalarda qayd etilishicha, o’zaro urushlar dehqonchilik taraqqiyotini bir muncha orqaga surib turgan bo’lsada, tinchlik davrlarida dehqonchilik orqasida yerlardan ancha yuqori hosil olingan. Dehqonchilik mahsulotlari ichki talabni to’la qondirib, tashqi bozorga ham chiqarilgan. Bu mamlakat iqtisodining butunlay inqirozga tushib saqlab turgan asosiy omil edi.

Ashtarxoniylar hukmronligi yillarida siyosiy ahvol iqtisodiy va ijtimoiy ahvol kabi inqirozli holatga uchrab qolgan bo’lsada, biroq u rivojlanishdan va taraqqiyotdan butunlay to’xtab qolmadi va asriy an’analarni davom ettirgan holda davom etdi.
Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish