оm qоvоq yarani davоlоvchi va yallig’lanishga qarshi vоsita sifatida terini kuygan va zararlangan yerlariga, turli toshma yaralarga bоg’lanadi. Qоvоqdan karоtin оlinadi. Karоtinni dоrivоr preparati (uning yog’dagi eritmasi va bоshqalar) yiringli yaralarni, kuyganni, sоvuq urganni, terining zararlangan yerlari va bоshqa ekzema, qiyin bitadigan yaralar kabi surunkali kasalliklarni hamda shilliq pardani yallig’lanish kasalliklarini davоlash uchun ishlatiladi. Bugungi kunda dunyo aholisi organizmda uchrovchi turli kasalliklar tufayli har xil kimyoviy dori-darmonlardan foydalanib, o’sha kasalliklarni oldini olish va davolash mobaynida yangi kasalliklar va hastaliklarni orttirib olish yoki immunitetning passivlashishi kabi nohush holatlarga duchor bo’lmoqdalar. Bunday holatlardan to’g’ri xulosa chiqarish kimyoviy preparatlardan kamroq foydalanib, kasalliklarni davolashda tabiiy dorivor vositalardan keng qo’llashni taqazo etadi. Albatta, bunday dorivor vositalarning aksariyat qismi yashil o’simliklardan olinadi. Shunday o’simliklardan biri esa biz yuqorida foydali xususuyatlarini sanab o’tgan qovoq o’simligi va uning mevasidir. Chunki ushbu o’simlikning turli qismlaridan olingan dorivor moddalar hazm qilish, ayrish, endokrin, qon aylanish, tayanch harakatlanish sistemalarida uchrovchi juda ko’plab kasalliklarga qarshi davolashda samarali vosita hisoblanadi. O’zbekiston sharoiti uchun qovoq o’simligining turlari va navlari tuproq tanlamaydi, ammo mezofit sharoitida yaxshi o’sadi. Hayotiy strategiyasi bo’yicha mazkur o’simliklarda patiyentlik xususiyati mavjud. Jumladan, trofopatiyentlik va kseropatiyentlik yaxshi namoyon bo’ladi. xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, respublikamizdagi ko’plab fermer xo’jaliklari dala maydonlari qirg’oqlariga ekilayotgan qovoq o’simligining turli navlari xalq xo’jaligining va aholining qovoq o’simligi mevasi va undan olinadigan turli-tuman xom ashyolariga bo’lgan talabni to’liq qoplay olmaydi. Shuning uchun bu ekinni nafaqat dala maydonlari qirg’oqlariga balki, asosiy ekin sifatida joylashtirish maqsadga muvofiq. Chunki bu ekindan olinadigan hosildorlik boshqa har qanday poliz ekinlariga nisbatan yuqori. Undan tashqari shaxsiy tomorqa dehqon xo’jaliklarida ham bu ekinni ko’proq ekish va uning iste’molini ko’paytirish aholi salomatligini saqlashda va turli kasalliklarga qarshi profilaktika ishlarida yaxshi samara beradi. O’zbekiston sharoiti uchun sug’oriladigan hamda qarovsiz yerlarda qovoq turkumi turlari va navlari istiqbolli oziq-ovqat, dorivor, moyli, yem-xashak o’simliklari hisoblanadi. Bu o’simlikdan mo’l hosil olish imkoniyati yuqori. Kelgusi ishlarimizda qovoq o’simligi turlari va navlarida turli ekologik omillarning ta’siri natijasida ularning tarkibi, o’sish va rivojlanishidagi o’zgarishlarini atroflicha o’rganish vazifasini maqsad qilib olindi. Adabiyotlar: Pratov.O’.P, Nabiyev.M. M. O’zbekiston yuksak o’simliklarining zamonaviy tizimi. Toshkent. O’qituvchi- 2007. 11–18 b. Введенский. А. И. Флора Узбекистана. 5- том. Тошкент, 1961. 600–617 c. Pangalо. K. I. Pоliz ekinlarining kelib chiqishi va taraqqiyot yo’li. T.: 1969 y. Dorivor o’simliklar yetishtirish texnologiyasi va ekologiya. Toshkent. Tafakkur bo’stoni — 2018. 40–45 b. Xamdamova.Z. Xalq tabobatida mevalar bilan davolash. Toshkent. Muharrir-2013. 58–65 b. Kursanov. L.I, Razdorskiy. V.F, Komarnitskiy N.A, Uranov.A. A. Botanika. 1- tom. Toshkent. O’qituvchi — 1972 y. Оstоnaqulоv. T.E, Zuyev. V.I, Qоdirxo’jaev. О. Sabzavоtchilik. Toshlent. O’qituvchi-2009 y. 140 b.
Пожалуйста, не забудьте правильно оформить цитату:
Таджибаев, М. У. Qovoq o’simligining kimyoviy tarkibi va shifobaxsh xususiyatlari / М. У. Таджибаев, М. Г. Нумонжонов, Д. С. Туйчиева. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2019. — № 43 (281). — С. 298-301. — URL: https://moluch.ru/archive/281/63071/ (дата обращения: 17.07.2021).
Do'stlaringiz bilan baham: |