Ushbu kitob mazmuni bilan tanishish sizning ma’naviy sog’lomlashishingiz uchun xizmat qilishi mumkin. Faqat, haqiqatlar nisbiy ekanini bilib yashashni istamagan odamlarga uni tavsiya qilmang



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/45
Sana24.01.2022
Hajmi0,92 Mb.
#407372
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
l2

DUSHANBA 

Shaxsiyat 

Tabiiy va orttirilgan 

Bugun men sizga 

shaxsiyatimiz o’zagida turadigan tushuncha haqida 

aytib  bermoqchiman.  Siz  bugun  ong  va  uning  tarkibiy  qismlari  bilan 

yaqindan tanishasiz. Avvaliga 

ong nima ekanini tahminan bo’lsa ham bilib 

olaylik. 

Ong 


–  biror  jarayonni  kuzatish,  anglash  va  unga  tegishli  munosabat 

bildirish  qobiliyati.  Qorin  ochsa 

–  ovqatlanish,  charchalsa  –  dam  olish, 

xavf 


tug’ilsa  –  himoyalanish  yoki  qochish  kerakligini  aytib  turadigan 

“maslahatchi” – bu ong. 

Odamni  boshqa  mavjudotlardan  farqlash  u

chun  uni  “ongli  mavjudot” 

deb atashadi 

– bu bir oz noto’g’ri. Barcha tirik mavjudotlarga ong berilgan 

– tabiat barcha tirik organizmlarni yashab qolishi va o’zidan nasl qoldirishi 

uchun zarur bilimlar zaxirasi bilan taqdirlagan. Daraxt ham qachon kurtak 

yozib,  qachon  gul  ochishni,  qaysi  payt  meva  tugib,  qachon  ularni  yerga 

to’kishni  biladi.  U  ham  atrofni  kuzatishni,  u  yashayotgan  muhitdagi 

o’zgarishlarga  monand  xatti-harakat  qilishni  uddalashi  uchun  ong  bilan 

yaratilgan.  Yovvoyi  kiyik  ham  bir  marta  xavfga  duch  kelgan  joyiga  qaytib 

bormaslikka, borsa ham ehtiyot bo’lish kerakligiga ongi yetadi. 

Ong o’z faoliyatini olib borishi uchun unga atrof muhitdagi jarayonlar 

haqida  ma’lumotlar  zarur  bo’ladi.  Tirik  organizmlarda  bu  ma’lumot 

ta’minoti  turli  xil  sezgi  organlari  orqali  amalga  oshiriladi.  Faqat,  u  turli 

jonzotlarda  turlicha  bo’ladi  –  biriga  kuchli  hid  bilish  qobiliyati  berilgan 

bo’lsa,  boshqasiga  o’tkir  ko’z  berilgan  bo’ladi.  O’simliklarda  harorat, 

yorug’lik,  havo  namligi  va  boshqa  nozik  belgilar  o’zgarishini  aniq  sezish 

qobiliyati  bor. 

Ong  aynan  shunday  sezgilar  orqali  olingan  ma’lumotni 

qayta ishlaydi va shunga qarab ish tutadi. 

Biz odamlar ham bundan mustasno emasmiz 

– bizning ongimiz ham 

xuddi  shu  tamoyilda  ishlaydi.  Ammo  boshqa  jonzotlardan  bizning  bir 

farqimiz bor 

– bizning ongimiz ozgina murakkabroq tuzilishga ega. Bizning 

sezgilarimizdan kelayotgan  ma’lumotlar  ongimizga borishida bir  vositachi 

ishtirok  etadi 

–  bu,  albatta,  aql.  U  ma’lumotlar  oqimini  tinimsiz  kuzatib, 

taftish qilib, saralab, baholab, boshqarib turadi. 



Javlon Juraev  

 

O’zlik Sari Yetti Qadam – 2   



 

www.juraev.uz 

9

 

 



 Odamzodga  tabiat  muvazanatni  tiklash  uchun  aql  ato  etgan. 

O’z 


mavjudligining 

boshida 


odamzodning 

hech 


bir 

sezgisi 


boshqa 

mavjudodlarnikichalik  kuchli  bo’lmagan.  Bu  ibtidoiy  odamning  tirik  qolishi 

uchun  yetarli  emas  edi 

–  kerakli  holatda  zarur  qaror  qabul  qilish  uchun 

inson ongiga yetarlicha ma’lumot yetkazilmagan. Shu taqchillikni to’ldirish 

uchun  bizga sezgilarimiz

dan kelayotgan oz ma’lumotni tahlil qilib, undan 

qaror  qabul  qilish  uchun  yetarli  xulosani  chiqarib  beradigan  “moslama” 

berilgan. 

Kiyikning  eshitish  qobiliyati  ancha  kuchli 

–  u  atrofida  biror  keskin 

tovush  eshitsa,  orqa-ketiga  qaramay  qochadi.  Bunda  uning  eshitish 

sezgisidan  kelgan  ma’lumot  to’g’ridan-to’g’ri  uning  ongiga  boradi  va  u 

ehtimoldagi  xavfdan  uzoqlashishga  qaror  qiladi.  Vaholanki,  bu  tovushni 

kiyik  uchun  beozor  biror 

jonzot  keltirib  chiqargan  bo’lishi  mumkin.  Yoki  

aytaylik, qurigan daraxt shox

i sinib tushgan bo’lishi ham mumkin. 

Odamning eshitish qobiliyati kiyiknikichalik emas. Biroq  atrofida biror 

tovush  eshitsa,  u  darhol  qochishga  tushmaydi 

–  uning  quloqlari  ilg’agan 

tovushni avval uning aqli tahlil qilib beradi. Keyin shu tahlil natijalari ongga 

qaror qabul qilish uchun yetkaziladi. Bu jarayon juda tez kechadi. Shuning 

uchun  aql  eshitilgan  tovushni  xavf  belgisi  deb  baholasa,  ong  kerakli 

choralarni ko’rish uchun tanaga buyruq berishga ulguradi. 

Inson  aqli  rivojlanib  borgani  sari,  u  o’ziga  xos  muammolarni  ham 

keltirib  chiqargan.  Eng  birinchi,  aql  turli  sezgi  organlariga  turlicha 

ahamiyat bera boshlagan (shu yerda ham muhimlik!) 

– u o’zi uchun qulay 

bo’lgan sezgilarni yuqori qo’ygan va ong e’tiborini shu sezgilardan kelgan 

ma’lumotlarga  qaratgan.  Masalan,  odam  atrofdan  ma’lumot  olishda 

ko’proq  ko’zlariga  tayana  boshlagan.  Bunga  sabab  ko’rish  orqali  olingan 

tasviriy  ma’lumotni  qayta  ishlash  oson  ekanidir.    Odamzod  boshqa 

sut


emizuvchilar kabi to’rt oyoqda emas, ikki oyoqda qaddini tik tutib yura 

boshlagan.  Bu  atrofni  uzoqroq  masofada  kuzata  olish  imkonini  bergan. 

Ko’proq  ma’suliyat  ko’rish  qobiliyatiga  topshirilgandan  keyin  boshqa 

sezgilar  kam  ishlatila  boshlagan  va  vaqt  o’tishi  bilan  ular  yana  ham 

susaygan.  Masalan,  boshning  yerdan  uzoqlashishi  sabab,  hid  bilish 

qobiliyat

i deyarli kerak bo’lmay qolgan. 

Bugungacha  biz  asosan  ikki  sezgi  a’zoga  tobemiz  –  ko’z  va  quloq. 

Boshqa  s

ezgilar  susayishi  yoki  yo’qotilishi  bizda  ko’rish  yoki  eshitish 

qobiliyat

ini yo’qotish kabi katta xavotir uyg’otmaydi. 




Javlon Juraev  

 

O’zlik Sari Yetti Qadam – 2   



 

www.juraev.uz 

10

 

 



 Odamzodda  ham,  boshqa  tirik  mavjudodlarda  ham  tabiatdan 

berilgan boshlang’ich bilim bo’ladi. Bu 




Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish