Sergaklik
“Do’ppi desa – boshni uzib keladi”
(o’zbek iborasi)
Muhimlikning davosi serga
klik deb ko’p ta’kidlayapman. Keling, ana
shu sergaklik haqida batafsilroq gaplashamiz.
Sergaklik
– holat yoki vaziyatga hissiyotlar, sun’iy oshirilgan
muhimlik, tahmin va shubhalar
ta’siridan holi odilona baho berish. Bunda
eng asosiy shart shuki, baho
beruvchi (ya’ni siz) vaziyatga o’zining yoki
birovning manfaatlari doirasida emas, umumiy nuqtai nazardan qarashi
lozim.
Boshqacha qilib aytganda, agar siz vaziyatga befarq turib baho bera
olsangiz
– shu baho sergaklikka ancha yaqin bo’ladi. Lekin juda ko’p
hollarda vaziyatga befarq qarab bo’lmaydi, deysizmi? Buni sizga kim
aytdi? Vaziyatning muhimligini oshirib, unga hissiyotlar aralashishini talab
etayotgan kim? Ha yashang
– aqlingiz. Bu shaytonning gapiga
qachongacha jiddiy qaramoqchisiz
– shuni hal qilish muddati yetdi,
menimcha. Har qalay, buni qancha tez hal qilsangiz, shuncha yaxshi.
Har qanday vaziyatda ham odam sergaklikni saqlab qolishi mumkin.
Bu achinarli vaziyat bo’ladimi, g’azab uyg’otadigan holatmi – ahamiyatsiz.
Agar sergaklik yo’qotilsa, odam xato qaror qabul qilish ehtimoli keskin
oshadi.
Kimdir vaziyatga befarq qarash kerak degan ta’kidimni bir oz noto’g’ri
tushunib qolishi mumkin. Men befarq deganda sovuqqonlikni nazarda
tutmayapman
– vaziyatga betaraf, uning ahamiyatini oshirmay yoki
tushirmay qarashni nazarda tutyapman.
Aytaylik, siz aktyorsiz. Spektakl voqealarini muhim hisoblab, ularga
berilib ketsangiz
– siz muhimlik domiga tushib, uxlab qoldingiz degani.
Endi ijro etayotgan rolingiz muammolari sizning muammolaringizga
aylandi. Yoki siz, aksincha, rolingizni juda sovuqqonlik bilan ijro etyapsiz
deylik. Bunda xatti-
harakatlaringiz juda beo’xshov, soxta chiqadi – chunki
siz vaziyat ahamiyat
ini o’ta tushirib yubordingiz.
Siz
– tomoshabindek ish tuting. Spektakl voqealarini tomoshabin bor
e’tibori bilan kuzatadi, qahramonlar bilan birga kuladi va yig’laydi – lekin
shu bilan birgalikda uning “ichiga” kirib ketmaydi. Tomoshabin ongining bir
Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz
34
bo’lagi bularning bari sahnadagi spektakl ekani va uning hayotiga
bevosita aloqador emasligini yodda saqlaydi. Bunday tomoshabinlar
–
yaxshi tomoshabinlar. Ular aktyorlar mahoratini ham, ssenariy falsafasini
ham ilg’ab ulguradilar, o’zlariga tegishli xulosalar chiqaradilar. Albatta,
sergak turmaydigan “yomon” tomoshabinlar ham bo’ladi – ular yoki o’ta
sahnadagi voqealarga berilib ketib, spektaklning asl mohiyatini tushunmay
qoladilar; yoki tomoshani istamay, befarq kuzatadilar, hech narsani
tushunmaydilar va u tezroq tugashini kutadilar.
Siz ham hayotiy vaziyatlarda
o’zingizni “yaxshi tomoshabin” kabi
sergak tuting
– vaziyatga kirib ketib, uning bir bo’lagi bo’lib qolmang,
ammo unga sovuqqon ham qaramang.
Agar vaziyatning aynan sizga aloqasi kam yoki mutlaqo yo’q bo’lsa,
sergak qolish ancha oson. Lekin agar vaziyat sizga to’g’ridan-to’g’ri
aloqador bo’lsa – muammo ana shunda kelib chiqadi. Bunda ikki xil yo’l
tutish mumkin: siz o’zingizni mutlaqo boshqa odam deb tasavvur qilib,
unga o’z munosabatingizni bildirishingiz mumkin. Yoki siz aynan shu
vaziyatga boshqa bir odam qanday munosabatda
bo’lishi mumkinligini
ko’z oldingizga keltirsangiz bo’ladi.
Birinchi usul ancha mushkulroq
– ayniqsa, agar gap siz yoki
yaqinlaringiz haqida borayotgan bo’lsa. Bunda “Men bu vaziyatga mutlaqo
aloqasi bo’lmagan odam bo’lganimda, nima qilgan bo’lardim?” kabi savol
bilan sergaklikni tiklash ancha qiyin. Bu usul samarasi yuqoriroq
– ammo
uni muhimlikni jilovlashda ancha tajribasi bor odamgina uddalaydi.
Ikkinchi usulda siz o’zingizga “Bu holatga falonchi nima deb
munosabat bildirgan bo’lardi?” degan savolni berasiz. Bunda o’sha
“falonchi” kim bo’lishi uncha muhim emas – asosiysi, u bu vaziyatga
mutlaqo daxl
i yo’q shaxs bo’lsa bo’lgani. “Falonchi”ni o’zingiz yoqtirgan va
havas qilgan odamlar orasidan tanlang
– bu qaltis vaziyatda ham uni
osongina eslay olishingizni ta’minlaydi. Shaxsan men “Bu holatda Pushkin
nima qilgan bo’lardi?” deb savol berib, “Shu holat haqida ham she’r yozib
qo’yish imkoniyatini u sira ham qo’ldan boy bermagan bo’lardi” kabi javob
aytardim.
Hazilkashlik (yumor) hissi sergaklikni tiklash uchun eng zo’r qurol.
Ayniqsa, agar vaziyat yoqimsiz yoki xatarli tus olsa, unga bir oz hazil
tuzidan sepgan zarar qilmaydi. Muhimlik kulgidan
azbaroyi qo’rqadi. Kulgi
har qanday muhimlikni bir zumda tarqatib yuborishi, odamni sergaklikka
Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz
35
qaytarishi mumkin. Zinhor va zinhor hech bir vaziyatga jiddiy qaramang
–
jiddiylik muhimlikni oshiradi. Agar siz turgan holatda hazillashish axloq
qoidalariga zid bo’lmasa – qo’rqmasdan hazil hissingizni ishga soling.
Bundan hech kim yutqazmaydi.
Albatta, bularning bari amaliy ish beradigan kuchli usullar. Lekin bir
muammo bor: muhimlik nafrat, qo’rquv, hayajon yoki soxta sevinch bilan
ko’zimizni ko’r va qulog’imizni kar qilib qo’yganda bularning barini
eslash
juda qiyin. Muhimlik ham anoyi emas
– u vaziyatni sizga bo’rttirib
ko’rsatishdan oldin, siz unga qarshi ishlatishingiz mumkin bo’lgan
qurollarga boradigan yo’lni to’sib qo’yadi.
Biroq buning ham davosi bor. Muhimlik qo’ygan tuzoqlarga
tushmaslik uchun siz o’zingizga
langar
tanlab olishingiz lozim. Langar
–
bu sizga muhimlik, uning makrlari, uning xiylalariga uchmaslik va
sergaklikni saqlab qolish yo’llari haqida bilganlaringizni eslatadigan narsa.
Siz istagan narsangizni langar qilib olishingiz mumkin. Bu siz doim taqib
yuradigan uzuk, qo’lsoat yoki boshqa doimiy yoningizda yuradigan va
siznin
g e’tiboringizni torta oladigan buyum, siz ko’p ishlatadigan so’z,
yoqtirgan insoningiz ismi va shu kabilar
bo’lishi mumkin. Muhimlik avj
olgan holatda siz langarni ko’rib qolsangiz yoki langar-so’zni aytsangiz
yoki xayol
ingizdan o’tkazsangiz kifoya – bir zumda sergak tortib, muhimlik
ta’siridan qutulasiz.
To’g’ri – avvaliga ba’zi vaziyatlarda langar ham yordam bermay
qolishi mumkin. Lekin asta-
sekin yengil holatlarda, keyinchalik esa o’ta
dolzarb vaziyatlarda ham sergaklikni boy bermaydigan bo’lasiz. Ha, sizga
bir sirni oldindan ochib qo’yishim mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |