odamlar ma’noli yoki
bema’ni gaplar aytishmaydi – odamlarning gapini siz ma’noli yoki
ma’nosiz tarzda qabul qilasiz
. Ya’ni ma’no boyligi gapiruvchiga emas –
tinglovchiga bog’liq. Faylasufning gapi ko’cha bezorisiga bema’ni
eshitilishi mumkin. Ba’zi faylasuflar esa falsafada o’ta chuqurlashib
ketganidan oddiy odamlarning gap-
so’zlaridan hech bir ma’no chiqara
olmaydigan bo’ladi.
Har qanday
gapdan yetarlicha ma’no topish uchun birgina qoidaga
amal qilish darkor: bu gap sizga nima berishiga emas, u qanday
maqsadda aytilayotganiga e’tibor bering. Biz muhimlik sabab eshitgan har
qanday gapni o’z manfaatlarimiz doirasida tushunamiz. Vaholanki,
s
o’zlovchi uni o’z manfaati doirasida gapiradi. Siz shu gapni asl ma’nosiga
yetib borish uchun
uni aynan so’zlovchi nuqtai nazaridan baholang – ana
shunda sizga kimdir yetkazmoqchi bo’lgan fikr sizning aqlingiz ishlovi va
bo’yog’idan o’tmay, sof holda namoyon bo’ladi.
Odamlar ularning gaplarini o’zlari kabi yaxshi tushungan
suhbatdoshlarning ortidan quvib yuradilar. Aql shaxsiyat ustidan shu
darajada hukmga egaki, uni shunchaki eshitib, tushunishlari uchun u
hamma narsa qiladi. Tinglovchi uning gapiga javoban hech nima
qilmasligi mumkin
– lekin buning ahamiyati yo’q, chunki aqlning birlamchi
ehtiyoji qondirildi. Uni eshitdilar va tushundilar.
U yog’idan kelsa, aql nutqni birgina shu muloqot ehtiyoji sabab o’ylab
topgan. Qadim zamonlarda odamlarning aqli asta
o’sib borgan. Uning
ma’lumot uzatish ilinji chidab bo’lmas darajaga borib yetganda, odamzod
nutqni o’ylab topgan. Hamma gapini og’zaki aytib qoniqilmagandan so’ng
esa yozuv kashf etilgan.
Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz
72
Biz bu dunyoda hamma narsani ko’rishga jismonan ulgurmaymiz.
Shuning uchun tinglash
– bizga berilgan ajoyib imkoniyat. Biz tinglash
orqali juda ko’p yangi narsalarni o’rganishimiz mumkin. Hayotda
odamlarning gaplariga quloq solib oladigan bilimlaringiz maktab yoki
oliygohda darslarni tinglab oladigan bilimlaringizdan ancha qiziqroq va
foydaliroq.
Dunyo bizga yetkazmoqchi bo’lgan hikmatlarini juda ko’p hollarda
atrofimizdagi odamlar tili bilan aytadi. Hayotimizni kutilmagan o’zanlarga
burib yuborishga qodir firklar biz mutlaqo kutmagan joyda va kutmagan
odamlarimiz nutqida jaranglaydi. Atrof dunyoga quloq solmasdan, biz ana
shu hikmatlardan bebahra qolish xavfi ostida qolamiz.
Aloqa vositalari avj olib, rivojlanib ketgan zamonda ham odamlar
muloqotda taqchillik sezadilar. Bunga sabab avval aytilgan holat
– hamma
gapirmoqchi
bo’ladi-yu, eshitmoqchi bo’lganlar kam topiladi. Aynan ana
shu tinglash sohilini tanlaganlar
– yutaveradi.
Qushlar-u hayvonlar turli tovushlar bilan bir-birlariga ishora beradilar.
Ularning bu ma’lumot almashishlarini nutq deb atab bo’lmaydi. Odamzod
esa
fikrlarni tovush va belgilarga jo qilishni o’rgangan. Shu beqiyos vosita
orqali bilim va ilmlar ummonlar va zamonlar oshib, bizgacha yetib keladi.
Lekin odamzodda ijtimoiy shakllangan odat
– o’sha uzatilayotgan
ma’lumotni qabul qilishga qarshilik odati bo’lsa, men ulug’layotgan
nutqning qadri bir pul emasmi? Tinglashni bilmasak, lahja-yu yozuvlarni
nima uchun o’ylab topganmiz?
Bilimni sizga dunyo tan olgan daholar-u, oliygohlar bermaydi. Bilim
uchun tog’ oshib, katta shaharga borish ham shart emas. Bilimni sizga
atrofingizdagi oddiy odamlar beradi. Ilm olish maqol aytgandek igna bilan
quduq qazishchalik qiyin emas. Bilim eng arzon va eng serob mol. Uni har
kim taklif eta oladi
– faqat, uni ola bilish kerak. Dunyodek keksa va dono
muallimning gaplariga qulo
q solishni o’rgansak – hali hech bir daho va
hech bir maktab o’rgatmagan, hech bir namunali talaba o’rganmagan
bilimlarni egallaymiz. Axir, Yaratgan bizga tilni bitta-yu quloqni ikkita qilib
bergani bejiz emasdir? Nima dedingiz
– qulog’im sizda?..
Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz
73
Do'stlaringiz bilan baham: |