Melanxolik temperament hissiyotning sekin, lekin kuchli
ko’zg’aluvchanligi va barkaror bo’lishi bilan fark kiladi. Melanxoliklar
barkaror, davomli bir kayfiyatga moyil bo’ladilar, lekin hissiyotlarining tashki
ifodasi juda zaif bo’ladi. Melanxolik temperamentli odamlar sustkash
bo’ladilar. Melanxolik temperamentli odam ishga birdan kirishmasligi
mumkin, lekin bir kirishsa, boshlagan ishni oxiriga etkazmay ko’ymaydi.
Bunday temperamentli bolalar mo’min-kobil, yuvosh bo’ladilar, ko’pincha,
birov savol bilan murojaat kilsa, uyalib, tortinib javob beradilar. Ularni darrov
xafa yoki xursand kilish engil emas, lekin bir narsadan xafa bo’lsalar, bu
xafalik uzok davom etadi, barkaror bo’ladi. Ular bir ishga yoki o’yinga tez
98
98
yopishib kirishmaydilar, lekin kandaydir ish yoki bir o’yin boshlasalar,
bunda chidam va matonat ko’rsatadilar.