Eslash narsani, uning o’zini shu paytda idrok qilmay turib, esga tu-
shirishdir. Eslaganda xotirada qolgan obraz, his va fikrlar shu paytda sezgi
organlarining ishtirokidan tashqari esga tushadi. Masalan, biz bo’lib o’tgan
voqealarni, o’rganib olgan she’rni ana shunday esimizga tushiramiz. Tanish
singari, eslash ham, to’lalik va aniqlik jihatdan har xil bo’lmog’i mumkin.
Esda qolgan narsa qisman esga tushsa, buni yarim-yorti eslash deymiz. Ammo
esga tushgan materialning mazmuni esda qolgan materialga ma’lum darajada
muvofiq bo’lmasa, buni noaniq eslash deymiz.
Ba’zan esda qolgan bironta materialning mazmuni mukammal esga tushadi-
yu, ammo shu material qachon, qaerda, qanday sharoitda esda olib
qolinganligini yoki birinchi marta, boshimizdan kechirilgan paytini eslay
olmaymiz. Masalan, biz she’rni yod aytib bera olsak ham, uni qachon va
qaerda o’rganib olganimizni eslay olmasligimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |