Ushbu Bitiruv malakaviy ishida XV asr madaniyati tarixida Alisher



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/25
Sana13.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#356379
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
alisher navoij manavij olamining yangi davr

Ketur, soqiy, ul mayki, subhi alast, 

Aning nash’asidin ko‘ngil erdi mast - 

deb she’rini boshlar ekan, shoir qanday  “may”ga ishora qilayotganini “subhi 

alast” iborasining ma’nosi va manbaasidan bexabar odam, albatta,  to‘g‘ri tushunib 

etishga qodir bo‘lmaydi. 

Alloh taolo bashariyat otasi Odam jismini safol yanglig‘ loydan yaratib, unga 

o‘z  ruhidan  pufladi.

43

  Shunday  qilib,  jisman  moddiy,  ammo  ma’naviy  kamolot 



qudratiga ega bo‘lgan inson paydo bo‘ldi.  

Odam  va  Havvo  jannatdan  chiqarilgach,  ularning  zurriyotlari  bo‘lmish 

bashariyat  ahli  butun  yer  yuziga  tarqalib  ketdi.  Ayni  shu  holatni  Alisher  Navoiy 

o‘z tarje’bandining birinchi bandida ramziy ravishda “may” to‘la ko‘zaning sinib, 

behisob “sing‘on safol” bo‘laklariga aylanishi sifatida tasvirlaydi. She’rning har bir 

bandi  chuqur  majoziy  mazmunni  o‘zida  aks  ettiruvchi  quyidagi  bayt  bilan 

yakunlanadi: 

Xarobat aro kirdim oshuftahol, 

May istarga ilgimda sing‘on safol. 

                                                           

42

  Қуръони  карим  маъноларининг  таржимаси.  (Таржима  ва  изоҳлар  муаллифи  Абдулазиз  Мансур).  –



Тошкент: 2001. –Б. 9. 

43

 Қуръони  карим маъноларининг  таржимаси. (Таржима ва изоҳлар муаллифи  Абдулазиз Мансур).  “Ҳижр” 



сураси, 28-29-оятлар. –Тошкент: 2001. –Б. 263. 


56 

“Xarobot”

 timsoli mumtoz adabiyotimizda juda ko‘p ma’nolarga ega. U ham 

vayrona,  ham  mayxona,  ham  mug‘  dayri,  ya’ni  otashparastlar  ibodatxonasi,  ham 

bu foniy dunyo - asli barchasi bir narsa – xarobot. Shoir may istaydi, ammo  may 

to‘la ko‘za chil-chil bo‘lgan, uning qo‘lida faqat bir parcha “

sing‘on safol

 qolgan.  

Ammo  haqiqiy  oshiq  uchun  may  ko‘zasining  sinig‘i  -  sopol  parcha  yuzida 

saqlangan bir qultum may quyqasi (loyi) ham butun jahonni (balki koinotni) o‘zida 

aks ettira oluvchi vahdat mayi to‘la qadah (jom) o‘rniga o‘taveradi, o‘sha vazifani 

ijro qilaveradi. 

Bu nima degani?  

Borliq mohiyati vohid va yagona. Ammo inson ushbu yagona mohiyatni ko‘z 

bilan  ko‘ra  olmaydi,  inson  faqat  uning  majozini  -  ko‘zgudagi  aksini  ko‘rishga 

qodir. Majozda, ya’ni tabiat, voqelik ko‘zgusida tasvir parchalanib ketgan, vahdat 

(yagonalik)  zohiran  kasrat  (ko‘plik)ga  aylangan,  shu  sababli  bu  voqeiy  dunyo 

xarobotdir,  vayronadir,  butparastlar  ibodatxonasidir,  uni  oshiq  mayxona  sifatida 

ko‘radi, har sanamda yagona bir sanamni ko‘rib unga oshiq bo‘ladi. 

Inson  ko‘ngli  vahdat  mayi  bilan  to‘la  bo‘lgan  ko‘za  (sabu)ning  singan  bir 

parchasi, unda bir qultum loyqa aralash may mavjud. Vahdat mayiga tashna oshiq 

shu may quyqasini yaxshilab tinitmog‘i lozim, shundagina u yaxlit ko‘zguning bir 

parchasi singari Haqiqat nurini o‘zida aks ettira boshlaydi. Oshiq unga boqib mast 

bo‘ladi,  o‘zligini  yo‘qotib,  abadiyatga  daxldor  bo‘lish  imkonini  paydo  qiladi. 

Bunday oshiqlik-mastlik inson ko‘nglidan hirsu havas zangini, xudbinlik (egoizm) 

zangini  (ranjini,  g‘amini)  yuvib  tashlaydi.  G‘ayr  (begona)  shu  xudbinlikdir,  shirk 

shu  xudbinlikka  dildan  joy  berishdir,  ko‘ngil  ko‘zgusini  bosgan  zang  ham  ushbu 

xudbinlikning o‘zidir. 

Bu timsol va tasvirlar naqshbandiya irfoni doirasidan turib ilgari intilayotgan 

oshiq-shoir  qalbida  tug‘ilib  kelayotgan  majoz  tariqi  unsurlaridir.  Ular  kelgusida 

yangi  poyalarga  ko‘tarilish  uchun  qo‘yilgan  ilk  qadamlardir.  15  yoshida  keksa 

Lutfiyni  hayratga  solgan  ilohiy  iste’dod  shu  tariqa  yangi  ufqlarga  ko‘z  tikmoqda 

edi.  Buyuk  bobokolonimiz  o‘zi  tuzgan  birinchi  devoni  “Badoyi’  ul-bidoya” 

bilanoq  turkiy  tildagi  she’riyatni  arab  va  fors  mumtoz  adabiyotining  eng 




57 

peshqadam namunalari darajasiga olib chiqdi. Ammo




Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish