54
Xulosa
Alisher Navoiy ham ustozlar izidan borib, “haqiqat asrori”ni (sirlarini)
“majoz”dan izladi. Navoiy g‘azallari, tarj’ebandlari, qit’alari, “Xamsa” dostonlari
va, ayniqsa, “Lison ut-tayr” asarida “majoziy ishqni” Haqiqatga etishishning asosiy
yo‘li deb talqin etgan. Ishqni ijtimoiy munosabatlar asosida ko‘rishni orzu qilgan
shoir odamiylikni o‘zgalar g‘amini o‘zinikidek bilishda deb tushunadi:
Odame ersang demagil odame -
Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami
40
.
Shoir insonlarni “nafrason”, ya’ni o‘zgalarga, xalqqa foydasi tegadigan shaxs
bo‘lishga da’vat etadi, insonning bu dunyoda yashashdan asl maqsadi o‘zga
insonlarga, el- yurtga foydasi, nafi tegishda deb biladi.
Navoiyning bosh qahramoni - Oshiq inson. Ammo bu qanday oshiqlik?
Shoir badiiy kamolotining birinchi bosqichi 1470-yillardan keyin uning o‘z
qo‘li bilan tartib bergan birinchi devoni “Badoyi’ ul-bidoya”da o‘z aksini topgan.
Shu majmuadan ikki asarni: 1) devonni boshlab beruvchi “Ashraqat” g‘azali va 2)
devon tarkibidagi “Ketur soqiy, ul mayki, subhi alast...” deb boshlanuvchi
tarji’bandni o‘zaro qiyosiy tahlil qilib ko‘rilsa, ularda ishlatilgan bosh timsollar -
“may”, “jom”
va “sing‘on safol” majozlari orqali bu davr shoir ijodining asos
tamoyili yorqin namoyon bo‘ladi.
Asl maqsad izhoriga o‘tishdan avval shuni qayd etib o‘tish lozimki, Alisher
Navoiy ishlatgan har bir so‘z, har bir badiiy timsol shoir xayolotining oddiygina
mahsuli emas. Ularning har birida ilohiy kitob – Qur’oni karim oyatlariga
ishoralar, irfoniy ramzlar yashiringan va ularni chuqur anglamay, asl manbaani
kashf etmay turib, Navoiy satrlarining mazmun-mohiyatiga kirib borish qiyin.
Masalan, “Ashraqat” g‘azalining oxirgi bayti-maqtasida arabcha “Ishrabu yo
ayyuhal-atshon” (“Ichinglar, ey tashnalar”) iborasi ishlatilgan. Ushbu iborada
Qur’oni karim “Baqara” surasining 60-oyati mazmuniga ishora bor
41
. Yana ushbu
she’rda uchraydigan “sing‘on safol” timsoli Qur’oni karimning “ar-Rahmon”
40
Ҳайратул аброр, 13-мақолат.
41
Қуръони карим маъноларининг таржимаси. (Таржима ва изоҳлар муаллифи Абдулазиз Мансур). –
Тошкент: 2001. –Б. 9.
55
surasi 14-oyatida Allohning yaratuvchilik qudrati ifoda etilgan “Xalaqa-l-insana
min salsolin ka-l-faxxor” (U insonni sopol yanglig‘ quruq loydan yaratdi)
jumlasiga tayanib shakllantirilgan, deyish mumkin. Tarje’bandning ilk satridagi
“subhi alast” iborasi esa “A’rof” surasining 172-oyatida aytilgan “Alastu bi-
Robbikum? Qolu: Balo...”
42
jumlalari asosida paydo bo‘lgan. Oyatning to‘liq
mazmuni Abdulaziz Mansur tafsirida shunday berilgan: “Robbimiz odam
o‘g‘illarining bellari (pushti kamarlari)dan zurriyotlari (ruhlari)ni olib, ularni
o‘ziga guvoh qilib turib, “Men Robbingiz emasmanmi?” (dedi). (Ular) “Yo‘g‘e!
(Robbimizsan!) Guvohlik berdik”, dedilar”. Bashariyatning yaratilish tongida
bo‘lib o‘tgan bu muqaddas ahd Islomda “al-Miysoq” (ahdlashuv) atamasi bilan
mashhurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: