Ushbu Bitiruv malakaviy ishida XV asr madaniyati tarixida Alisher



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/25
Sana13.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#356379
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
alisher navoij manavij olamining yangi davr

   

Bismillohir rahmonir rahim, 

   

Rishtaga chekti necha durri yatim

19

  - 

deb  boshlanadi.  Nizomiy  ushbu  satrlarning  birinchisi  bilan  «Maxzan  ul-asror»  ni 

boshlab, ikkinchi satrda: 

   

Hast kalidi dari ganji hakim 

 

(Hikmatlar  egasi  xazinasi  eshigining  kalitidir)

  degan  edi.  Navoiy 

avvalo  ushbu  satrni  sharhlash  uchun  alohida  bir  bob  bag‘ishlaydi  va  uni  ajoyib 

ibratli  tazod  –  «ahli qabul» va  «ahli rad»  tushunchalarini  nisbatan izohlab beradi. 

Komil inson tarbiyasi ushbu ilk bobdan boshlanadi. Insonni «ahli qabul» bo‘lishga 

da’vat  etadi. 



“Ahli  qabul” 

–  Alisher  Navoiy  nazdida  Borliq  Haqiqatini  e’tirof 

etuvchi, insof va diyonat, sabr va rizolik, halollik va  mehr yo‘lini tanlagan imon-

e’tiqodli insonlar. Navoiy bobga shunday xulosa yasaydi: 



   

Istabon, ey xasta Navoiy, navo, 

   

Bo‘yla safarga qilur ersang havo, 

   

Yo‘l yomonu yaxshisidin ema g‘am, 

   

Bismilloh, degilu qo‘ygil qadam. 

«Hayratul  abror»ning  birinchi  maqolati  Imon  haqida.  Unga  shunday  batafsil 

sarlavha  berilgan: 

«Avvalgi  maqolat  imon  sharhidakim,  «Al-imonu  an  tu’mina 

billahi  va  maloikatihi  va  kutubihi  va  rusulihi  va  bil-yavmil-oxiri  va  bil-qadari 

                                                           

19

 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 7-ж. –Тошкент: 1991. –Б. 11. 




25 

xayrihi  va  sharrihi»  demakdan  maqsud  bu  kalimot  emas  va  agar  ahli  zohir  muni 

imon desa, ahli  ma’ni demas  va uluhiyat daryosig‘a  shinolig‘ ajzin zohir  qilmoq, 

maloika havosida bir necha qanot urmoq va kutub avroqida bir necha harf surmak 

va  rusul  jodasida  necha  qadam  yugurmak  va  qiyomat  qoyim  bo‘lurida  qiyom 

ko‘rguzmak va qadar bobida aloqadri hol tarannum tuzmak.»

20

 Ushbu sarlavhani 



sharhlashning o‘zi necha  sahifa bo‘lishi  mumkin,  chunki unda zohiriy  imon  bilan 

botiniy  imon,  «zohir  ahli»  (tashqi  taqlid  bilan  cheklanuvchi  insonlar)  ning  imon 

haqidagi  tasavvuri  bilan  «ahli  ma’ni»  (Borliq  mohiyatini  idrok  etishga  intiluvchi, 

o‘zligini  anglagan  insonlar)  imonni  qanday  tushunishi  orasidagi  farq  badiiy 

izohlanmoqda. Maqolatda tirik (jonli, «hayvon») bo‘lsa-yu, gapirishni bilsa («notiq 

« bo‘lsa) demak, inson deb o‘ylash nihoyatda xato ekanligidan suhbat boshlanadi: 



   

Sen dog‘i inson muni qilsang gumon, 

   

Bilki hamon sen-senu hayvon hamon. 

   

Muniki inson mutafovut erur, 

   

Tengri kalomi xabar andin berur. 

   

Bas kishi jazm aylasa inson ani, 

   

Yaxshi-yomon ichra tafovut qani? 

   

Bo‘lmadi bas noqisu komilda farq, 

   

Topmagay el olimu johilda farq. 

 

Alisher  Navoiy  dostoni  XV  asr  ijtimoiy-ma’naviy  hayotining  turli  qirra  va 



jihatlarini  butun  ichki  murakkabligi  va  o‘zaro  qiyoslari  bilan  qamrab  ola  bilgan. 

«Hayrat  ul-abror»dagi  muammolar  voqelik  singari  murakkabdir.  Navoiyning 

masalalarga  yondoshuvi  hatto  ustozi  va  zamondoshi  Abdurahmon  Jomiy 

qarashlaridan  ham  ma’lum  darajada  farq  qiladi.  Ma’lumki,  Jomiy  o‘z  badiiy 

ijodida diniy aqidalar va tasavvuf qoidalari ta’rifiga atroflicha o‘rin ajratgan. Uning 

«Haft avrang» («Etti taxt») turkumidagi «Tuhfat ul-ahror» va «Subhat ul- abror» 

dostonlarida namoz, ro‘za, zakot, haj, uzlat, tavba, zuhd, faqr, havfu rijo, tavakkul 

kabi  turli  islomiy  va  irfoniy  tushunchalar  sharhiga  alohida  boblar  bag‘ishlangan. 

Navoiy  ham  birinchi  dostonining  asosiy  qismini  imon  va  islom  sharhidagi 

                                                           

20

 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 11-жилд. –Тошкент: Фан, 1993. -Б. 34-39 




26 

maqolatlar  bilan  boshlaydi.  Ammo  uning  bu  boradagi  mulohazalari  an’anaviy 

qarashlardan farq qiladi. 

Namuna sifatida Islom haqidagi bob oxiriga berilgan hikoyat mazmuni bilan 

tanishaylik.  Unda  mashhur  sufiy  shayxi 


Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish