Ushbu Bitiruv malakaviy ishida XV asr madaniyati tarixida Alisher


 Xamsachilik an’analarining shakllanishi va turkiy «Xamsa»ning



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/25
Sana13.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#356379
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
alisher navoij manavij olamining yangi davr

1.2. Xamsachilik an’analarining shakllanishi va turkiy «Xamsa»ning 

mohiyati 

Xamsachilik  Yaqin  va  O‘rta  Sharq  xalqlari  adabiyotida  uzoq  va  murakkab 

tarixga  ega  bo‘lgan  an’anadir.  Bu  an’ana  ulug‘  ozarbayjon  shoiri  va  mutafakkiri 

Nizomiy  Ganjaviyning  (1141-1209)  adabiy  faoliyati  bilan  boshlandi.  “Panj-ganj” 

asarining yaratilishi musulmon olami badiiy so‘z san’ati tarixida inqilobiy hodisa, 

mo‘jizaviy voqea bo‘ldi.  Ma’lumki, shayx Nizomiy «Xamsa» yozishni avvaldan 

maxsus rejalashtirgan emas. Ammo she’riyatda mutlaqo yangi bir yo‘nalishga asos 

solayotganini o‘zi sezib turgan. Uning birinchi dostoni «Maxzan-ul-asror» («Sirlar 

xazinasi») deb ataladi. Asarning ilk satrlari quyidagicha jaranglaydi: 

   

«Bismillohir rahmonir rahim, 

   

Hast kalidi dari ganji hakim.

13

 

   

(«Bismillohir rahmonir rahim» kalimasi 

   

Hikmatlar egasi xazinasiga kaliddir). 

 

Ushbu  satrlar  birinchi  -  «tavhid»  bobiga  kirish  bo‘lib,  uning  mazmuni 



yaratganning  hamdidir.  Shundan  so‘ng  ikki  munojot,  Payg‘ambar  na’ti,  so‘ngra 

                                                           

12

  Vohidov  R,.  Eshonqulov  H.  O’zbek  mumtoz  adabiyoti  tarixi.  –Toshkent:  O’zbekiston  Yozuvchilar  uyushmasi 



Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, 2006. –B.124. 

13

 Низомий Ганжавий. Куллиёт. 5-жилд. Душанбе-Ирфо, 1984. –Б. 256. 




17 

me’roj  tasviriga  bir  necha  bob  bag‘ishlanib,  keyin  shoir  zamona  podshohi 

Faxriddin Bahromshohni madh etishga kirishadi. 

Ma’lumki,  Sanoiy  ham  asari  oxirida  o‘sha  davr  hukmdori  Abulxoris 

Bahromshohga  madhiya  bitgan  edi.  Nizomiy  shu  bahonada  o‘z  dostonini  Sanoiy 

asariga qiyoslab o‘tadi: 



   

On zare az koni kuhan rixta, 

   

V-in dure az bahri nav angixta.

 14


 

   

(Ul eski ma’dandan oltin quygandi, 

   

Bul yangi dengizdan gavhar chiqardi) 

Ushbu  qiyosda  Sanoiyning  she’riyat  kamolida  birinchi  bosqichning 

yakunlovchisi  bo‘lgani,  Nizomiy  esa  yangi  davrni  boshlab  bergani  ta’kid 

etilmoqda. 

Madhiyalardan so‘ng Nizomiy  «ko‘ngilni anglash» («shinoxtani dil») haqida 

bir  qator  boblar  yaratadi  va  ularda  insonning  ruhiyat  iqlimlari  ajoyib  tashbeh  va 

timsollarda teran tahlil etiladi. Bu holatlar, ya’ni insonning o‘z ko‘ngil bog‘ida sayr 

etishi tunda va xilvatda amalga oshirilganligi alohida qayd etiladi. 

Dostonning  asosiy  qismi  yigirma  maqolatdan  tashkil  topgan  bo‘lib,  ular 

Odam Atoning, ya’ni Insonning yaratilishi, uning asl mohiyati, burch va vazifalari, 

hukmdor  adolati,  dunyoning  buqalamunligi,  insonlarning  bir-biriga  va  umuman 

tirik mavjudotga munosabati, jamiyatdagi qabihliklar, do‘stlik va vafo masalalariga 

bag‘ishlangan.  Har  bir  maqolat  oxirida  ijtimoiy  hayotdan  bir  hikoyat  ibrat 

yo‘sinida  ilova  qilinadi  va  undan  axloqiy-falsafiy  xulosalar  chiqariladi.  Bu 

dostonda  inson  va  jamiyat,  Inson  va  Oliy  Borliq  munosobatlarini  bir-biridan 

ajratmagan  holda,  uyg‘unlikda  tahlil  va  tadqiq  etiladi.  Shu  jihatdan  uning  Sanoiy 

asariga  mazmun  va  mavzu  tarkibida  hamohangligi  bejiz  emas.  Ammo  «Hadoyiq 

ul-haqiqa»  Sanoiy  ijodi  uchun  yakuniy  asar,  xulosa  bo‘lsa,  Nizomiy  uchun 

«Maxzan-ul-asror»  ijodiy  rejalarining  boshlanishi,  ilk  muqaddima  edi.  Agar 

Farididdin  Attor  butun  umr  Inson  va  Oliy  Borliq  nisbatini  tahlil  etishga  uringan 

bo‘lsa,  Nizomiy  o‘zining  ikkinchi  dostonidan  boshlab  ijtimoiy  munosabatlar, 

                                                           

14

 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 11-жилд. –Тошкент: Фан, 1993. -Б. 34-39 




18 

insonlararo  munosabatlar  tahliliga  kirishib  ketadi.  «Xusrav  va  Shirin»  shohlik  va 

oshiqlik,  adolat  va  muhabbat  masalalarini,  «Layli  va  Majnun»  ishq  va  oilaviy 

munosabatlar,  ishq  va  insoniylik,  ishq  va  urf-odatlar,  bir  so‘z  bilan  aytganda, 

insonlar  jamoasida  ishq  va  oshiqlik  martabasi  masalalarini,  «Haft  paykar» 

hukmdor  va  raiyat,  adolat  va  zulm,  xudbinlik  va  fidoiylik,  insonning  jamiyat 

oldidagi burch va ma’suliyati, inson baxti va fojiasi masalalarini, «Sharafnoma» va 

«Iqbolnoma»  dostonlari  esa  afsonaga  aylangan  tarixiy  Iskandar  hayoti  va  taqdiri 

orqali umuman  o‘sha  davr ijtimoiy  hayotining  murakkab  va dolg‘ali  manzarasini, 

insonlar  jamiyatining  falsafiy  va  amaliy  qiyofasini,  mohiyatini  ochib  berishga 

qaratilgan.  Nizomiy  yaratgan  olti  dostonning  oxirgi  ikkitasi  «Iskandarnoma» 

sarlavhasi  ostida  birlashtirilib,  «Xamsa»  (Beshlik)  ga  aylandi.  «Xamsa»  badiiy 

olami  esa  islom  mintaqa  ma’aviyati  takomilida  butkul  yangi  bosqichning  ibtidosi 

edi.  Tasavvuf  irfoni  islom  ma’rifatchiligi  bilan  deyarli  bir  paytda  (IX  asrdan) 

boshlanganidek,  bu  safar  ham  Nizomiy  asos  solgan  yangi  yo‘nalish  «haqiqat 

tariqi» (ya’ni tasavvuf epik she’riyati) bilan deyarli bir davrdan boshlandi. Ammo 

«Xamsa»  yo‘nalishi  Nizomiy  ijodida  biroz  «o‘z  vaqtidan  ilgari»  yuz  ko‘rsatgan 

bo‘lib,  davr  tasavvuf  bosqichi  kamolotini  taqozo  qilar  edi.  SHu  sababli  XII  asr 

ikkinchi  yarmida  yaratilgan  Nizomiy  merosi  150  yil  ulusning  diqqat  markazidan 

chetda  qolib  keldi.  Hatto  XIII  asrda  ijod  etgan  Sa’diy  SHeroziy  yana  ma’lum 

ma’noda  Sanoiy  an’anasini  davom  ettirib,  o‘zining  «Bo‘ston»  va  «Guliston» 

asarlarini  «Hadiqa»  yo‘nalishda,  o‘sha  erkin  uslubda  yaratdi.  Faqat  Hindistonni 

Vatan deb bilgan forsiyzabon turk Amir Xusrav Dehlaviygina, XIII asr oxirida uch 

devon va bir yirik doston yaratib ulgurgach, 50 yoshga yaqinlashganida, ya’ni XIV 

asr bo‘sag‘asida Nizomiy «Xamsa»siga javob yozishga bel bog‘ladi va 1302 yilga 

borib (4 yil ichida) o‘zining javob-tatabbusini to‘liq yozib tugalladi.

 15

 

Alisher Navoiy «majoz tariqi» haqida yozar ekan, Nizomiy Ganjaviy nomini 



tilga  olishga  jur’at  etmaydi,  buning  sababi  ulug‘  shayxning  tafakkur  olami  har 

qanday  qoliplarga  sig‘masligini  dildan  his  qilganidan  bo‘lsa  kerak.  Ammo  Amir 

Xusrav  Dehlaviy  ismi  so‘zsiz  «haqiqat  asroriga  majoz  tariqin  maxlut  qilganlar» 

                                                           

15

 

O‘zbek adabiyoti. Darslik. 10-sinf. –Toshkent: O’qituvchi, 1999. –B.69. 




19 

qatorida  shayx  Sa’diydan  keyingi  faxrli o‘rinni  egallagan.  Bu bejiz  emas,  albatta. 

«Hind sehrgari» (sohiri hind) ning o‘ziga murojaat etaylik: 


Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish