Ushbu Bitiruv malakaviy ishida XV asr madaniyati tarixida Alisher



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/25
Sana13.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#356379
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Bog'liq
alisher navoij manavij olamining yangi davr

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


54 

Xulosa 

Alisher  Navoiy  ham  ustozlar  izidan  borib,  “haqiqat  asrori”ni  (sirlarini) 

“majoz”dan izladi. Navoiy g‘azallari, tarj’ebandlari, qit’alari, “Xamsa” dostonlari 

va, ayniqsa, “Lison ut-tayr” asarida “majoziy ishqni” Haqiqatga etishishning asosiy 

yo‘li deb talqin etgan. Ishqni ijtimoiy munosabatlar asosida ko‘rishni orzu qilgan 

shoir odamiylikni o‘zgalar g‘amini o‘zinikidek bilishda deb tushunadi: 



Odame ersang demagil odame - 

Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami

40

Shoir insonlarni “nafrason”, ya’ni o‘zgalarga, xalqqa foydasi tegadigan shaxs 

bo‘lishga  da’vat  etadi,  insonning  bu  dunyoda  yashashdan  asl  maqsadi  o‘zga 

insonlarga, el- yurtga foydasi, nafi tegishda deb biladi.  

Navoiyning bosh qahramoni - Oshiq inson. Ammo bu qanday oshiqlik?  

Shoir  badiiy  kamolotining  birinchi  bosqichi  1470-yillardan  keyin  uning  o‘z 

qo‘li bilan tartib bergan birinchi devoni “Badoyi’ ul-bidoya”da o‘z aksini topgan. 

Shu majmuadan ikki asarni: 1) devonni boshlab beruvchi “Ashraqat” g‘azali va 2) 

devon  tarkibidagi  “Ketur  soqiy,  ul  mayki,  subhi  alast...”  deb  boshlanuvchi 

tarji’bandni o‘zaro qiyosiy tahlil qilib ko‘rilsa, ularda ishlatilgan bosh timsollar - 

“may”,  “jom”

 

va  “sing‘on  safol”  majozlari  orqali  bu  davr  shoir  ijodining  asos 

tamoyili yorqin namoyon bo‘ladi.  

Asl  maqsad  izhoriga  o‘tishdan  avval  shuni  qayd  etib  o‘tish  lozimki,  Alisher 

Navoiy  ishlatgan  har  bir  so‘z,  har  bir  badiiy  timsol  shoir  xayolotining  oddiygina 

mahsuli  emas.  Ularning  har  birida  ilohiy  kitob  –  Qur’oni  karim  oyatlariga 

ishoralar,  irfoniy  ramzlar  yashiringan  va  ularni  chuqur  anglamay,  asl  manbaani 

kashf  etmay  turib,  Navoiy  satrlarining  mazmun-mohiyatiga  kirib  borish  qiyin. 

Masalan,  “Ashraqat”  g‘azalining  oxirgi  bayti-maqtasida  arabcha  “Ishrabu  yo 

ayyuhal-atshon”  (“Ichinglar,  ey  tashnalar”)  iborasi  ishlatilgan.  Ushbu  iborada 

Qur’oni karim “Baqara” surasining 60-oyati mazmuniga ishora bor

41

. Yana ushbu 



she’rda  uchraydigan  “sing‘on  safol”  timsoli  Qur’oni  karimning  “ar-Rahmon” 

                                                           

40

 Ҳайратул аброр, 13-мақолат. 



41

  Қуръони  карим  маъноларининг  таржимаси.  (Таржима  ва  изоҳлар  муаллифи  Абдулазиз  Мансур).  –

Тошкент: 2001. –Б. 9. 



55 

surasi  14-oyatida  Allohning  yaratuvchilik  qudrati  ifoda  etilgan  “Xalaqa-l-insana 

min  salsolin  ka-l-faxxor”  (U  insonni  sopol  yanglig‘  quruq  loydan  yaratdi) 

jumlasiga  tayanib  shakllantirilgan,  deyish  mumkin.  Tarje’bandning  ilk  satridagi 

“subhi  alast”  iborasi  esa  “A’rof”  surasining  172-oyatida  aytilgan  “Alastu  bi-

Robbikum?  Qolu:  Balo...”

42

  jumlalari  asosida  paydo  bo‘lgan.  Oyatning  to‘liq 



mazmuni  Abdulaziz  Mansur  tafsirida  shunday  berilgan:  “Robbimiz  odam 

o‘g‘illarining  bellari  (pushti  kamarlari)dan  zurriyotlari  (ruhlari)ni  olib,  ularni 

o‘ziga  guvoh  qilib  turib,  “Men  Robbingiz  emasmanmi?”  (dedi).  (Ular)  “Yo‘g‘e! 

(Robbimizsan!)  Guvohlik  berdik”,  dedilar”.  Bashariyatning  yaratilish  tongida 

bo‘lib  o‘tgan  bu  muqaddas  ahd  Islomda  “al-Miysoq”  (ahdlashuv)  atamasi  bilan 

mashhurdir.  




Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish