Xalqaro valyuta munosabatlari–bu, valyutaning jahon xơjaligida amal qilishi borasida shakllanadigan va milliy xơjaliklar faoliyati natijalarining ơzaro almashuviga xizmat kơrsatadigan ijtimoiy munosabatlar yiğindisidir. YOkidavlatlar, jahon valyuta bozorining sub’ektlari, muayan davlatning resident yoki norezident shaxslari orasida valyutalarni sotish, sotibolish, majburiyatlarni bajarish va boshqa shu kabi jarayonlar davujudga keladigan munosabatlardir. Valyuta munosabatlarining paydo bơlishi, ơzgartirilishi yoki tugatilishining huquqiy asoslari bơlib, xalqaro kelishuvlar va davlatning ichki qonun va qoidalari hisoblanadi.
Valyuta munosabatlari nisbatan mustaqil munosabatlar bơlgani holda, tơlov balansi, valyuta kursi, hisob-kitob operasilari orqali dunyo iqtisodiga sezilarli ta’sir kơrsatadi.
Valyuta munosabatlarining holatiga quyidagilarga boğliq bơladi:
-milliy va jahon iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasiga;
-siyosiyahvolga;
-jahon bozorida davlatlararo munosabatlar borasidagi muammolarga va bunda muammolarning rivojlanish tendensilariga
Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari va
Pulning jahon xo`jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga (tashqi savdo, ishchi kuchi va kapital migratsiyasi, daromadlar, qarzlar va subsidiyalar oqimi, fan-texnika ayirboshlash, turizm va h.k.) xizmat qilishi bilan
bog`liq iqtisodiy munosabatlar-xalqaro valyuta-kredit munosabatlari deb ataladi. U
pulning xalqaro to`lov munosabatida amal qilish jarayonida vujudga keladi. Valyuta-bu mamlakatlar pul birligi (masalan, so`m, dollar, funt sterling va h.k.).
Har bir milliy bozor o`zining milliy valyuta tizimiga ega bo`ladi. Bunda milliy va xalqaro valyuta tizimini farqlash zarur. Milliy valyuta tizimi-valyuta munosabatlarining milliy qonunchilik bilan belgilanadigan, mazkur mamlakatda tashkil qilinish shaklini ifodalaydi. Xalqaro valyuta tizimi-xalqaro valyuta
munosabatlarining davlatlararo bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli. Uning tarkibiy elementlari qo`yidagilar hisoblanadi: asosiy xalqaro to`lov
vositalari (milliy valyutalar, oltin, xalqaro valyuta birliklari-SDR, yevro), valyuta kurslarini belgilash va ushlab turish mexanizmi, xalqaro to`lovlarini balanslashtirish tartibi, valyutaning qaytaruvchanlik sharoiti, xalqaro valyuta
bozori va oltin bozori tartibi, valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlatlararo muassasalar tizimi.
Jahon xo`jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish
Butun jahon xo`jalik hayotining baynalminallashuvi davlatlararo xo`jalik aloqalarni tartibga solishning mexanizmini yaratish zarurligiga olib keldi. Hozirgi davrda qandaydir tartibga soluvchi tuzilma amal qilmaydigan xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasini topish qiyin. Jumladan, moliya, valyuta va kredit sohalarida
xalqaro valyuta fondi (XVF-MVF), xalqaro tiklanish taraqqiyoti banki (XTTB- MBRR), jahon savdosi sohasida-tariflar va savdo bo`yicha bosh kelishuv (TSBK- GATT) ni ko`rsatish mumkin.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish milliy tashkiliy shakllardan boshlanadi. Xo`jalik hayotining baynalminallashuv jarayoni dastlab milliy davlatlar faoliyatini xalqaro uyg`unlashtirishga, keyin esa davlatlararo va xaqaro tashkilotlar tuzilishiga olib keldi.
Huquqiy ma’noda tartibga solish xalqaro tartiblarni o`rnatishga, ya’ni miyoriy normalar va qoidalarni aniqlovchi kelishuvlarni ishlab chiqarishni yoki xalqaro aloqalarning qandaydir sohasini hal qilishda tomonlarga majburiyatlarga amal qilishni yuklaydi. Umumqabul qilingan standartlar va qoidalarni o`z ichiga oluvchi xalqaro tartiblar o`z navbatida milliy tartibga solishga ta’sir ko`rsatishi mumkin Birinchi xalqaro tashkilotlar 20-yillarda tuzilgan bo`lsada, (Millatlarligasi- 1919 y, Xalqaro hisob-kitoblar banki 1929 y.) xalqaro darajada jahon xo`jalik
aloqalarini ko`p tomonlama tartibga soluvchi tuzilmalar ikkinchi jahon urushidan keyin shakllana boshladi. 1945 yil maxsus xalqaro uyg`unlashtiruvchi muassasalar –Xalqaro valyuta fondi (XVF-MVF) va
Xalqaro tiklanish taraqqiyot banki (XTTB-MBRR) tashkil topdi. Hozirgi davrda ham ularning ikkalasi muhim xalqaro tashkilot hisoblanadi: jahon savdosi, xalqaro kredit va valyuta munosabatlari sohalarini davlatlararo tartibga solishning tartib-qoidalarini aniqlab beradi. Urushdan keyingi davrda tuzilgan tariflar va savdo bo`yicha bosh kelishuv (TSBK-GATT) yevropa iqtisodiy hamkorligi tashkiloti (EIXT-OEES), NATOning iqtisodiy masalalarni uyg`unlashtiruvchi komiteti (IMUK-KOKOM) xalqaro iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish davriga to`g`ri keladi.
Jahon savdosini erkinlashtirish ko`p tomonlama shartnoma asosida harakat qiluvchi, xalqaro savdo tartib qoidalarini qayd qiluvchi xalqaro tashkilot (TSBK- GATT) doirasidagi faoliyat bilan bog`liq. Hozirgi davrda sBK jahonsavdo oborotining 4 /5 qismidan ko`prog`ini tartibga soladi. sBK milliy va regional darajada vaqti-vaqti bilan kuchayib boruvchi proteksionizmga qarshi turadi, milliy
manfaatlarni o`zaro kelishtirishga yordam beradi. Uning faoliyati savdoda
kamsitmaslik, savdoda tarifli va tarifsiz cheklashlarni aniqlashda teng asosda maslahatlashish kabi prinsiplarga asoslanadi. sBK faoliyatining asosiy shakli qatnashuvchi tomonlarining ko`p tomonlama savdo muzokaralarini utkazish hisoblanadi. Ammo jahon savdosi raqobat kurashi asosida boradi, shu sababli o`zaro
maqbul qarorlarni qidirib topishga va savdoni xalqaro darajada tartibga solishga kuplab qiyinchiliklar bilan erishiladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning yana bir ahamiyatga molik sohasi-bu
valyuta-moliya sohasidir.
Xalqaro moliyaviy munosabatlarni uyg`unlashtirish XVF (MVF), XTTB (MBRR), iqtisodiy xamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IXRO- OESR), xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU-MAR), Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK-MFK) va shu kabilar doirasida amalga oshiriladi. Garbdagi yetti yetakchi mamlakatlarning har yillik kengashi bu sohada muhim rol’ uynayddi. Valyuta - moliyaviy sohani xalqaro uyg`unlashtirishning kuchayishi ko`p jihatdan XVFning faoliyati bilan bog`liq. U o`zining nizomiga muvofiq valyuta kurslari va a’zo mamlakatlar to`lov balanslarini tartibga soladi, ko`p tomonlama to`lov tizimlari va rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi qarzolarini nazorat qiladi, a’zo mamlakatlarga ularning valyuta moliya muammolarini hal qilish uchun kredit beriladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda tarkibiy qayta qurishlarni moliyalashtirish bilan XTTB faol shug`ullanadi.
XTTB va u bilan birga jahon banki tarkibiga
kiruvchi Xalqaro rivojlanish Uyushmasi (XRU-MAR), Xalqaro moliyaviy
korporatsiya (XMK-MFK) har xil investitsion ob’ektlarni o`rta va uzoq muddatli kreditlash bilan shug`ullanadi, loyixalarning moliyaviy-iqtisodiy asoslarini tayyorlaydi, rivojlanayotgan mamlakatlardagi tarkibiy qayta o`zgartirishga yordam beradi. Valyuta kursi bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasidagi ifodalanishini ko`rsatadi.
Valyuta kategoriyasi tushunchasi
Do'stlaringiz bilan baham: |