II. Mavzu: O’tkir Hoshimovning “Urushning so’ngi qurboni” hikoyasi
II. Maqsad:
1. Ta’limiy maqsad: DTS talablari asosida o’quvchilarga yangi mavzu yuzasidan bilim berish.
2. Tarbiyaviy maqsad:Asar tahlili asosida o’quvchilarga urush haqida, urushning fojiali oqibatlariga olib kelishi haqidagi fikrlarga keltirish orqali hozirgi kunda yashab turgan tinch osoyishta hayotimizning qadriga yetishi, buning uchun mamlakatimizning har bir fuqarosi o’z faoliyati doirasida hissa qo’shmog’I kerakligi haqidagi tushunchalarni shakllantirishga yordam berish. Milliy qadriyatlarimizdan biri bo’lgan, mehrli va e’tiborli bo’lish fazilatini, inson hayotida muhim o’rin tutishini anglashlariga ko’maklashish.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni matn tahlili asosida mustaqil, ijodiy fikr yuritishga yo’naltirish. Hikoya mazmuni tahlil qilish asosida asar qahramonlarining xarakteridagi yutuq va nuqsonlari haqida batafsil fikr yuritib, fikr mahsulini faol tarzda taqdim etish ko’nikmasini shakllantirish.
III.Jihoz: Adabiyot darsligi, plakat, kartochkalar, rag’batlantiruvchi qog’ozlar, doska, rangli bo’rlar, skoch, markerlar.
Darsning asosiy tushuncha va atamalari:
-Shoikrom, -“Ziqna bo’lmay o’l!- deb o’yladi xotinini so’kib.-= Azaldan qurumsoq edi, zamon og’irlashgandan buyon battar bo’ldi”-= deb, o’yladi.
-“Shu kunimdan ko’ra urushga borib o’lib keta qolganim yaxshi yaxshiydi”.
-Rangi uniqqan chit ko’ylak ustidan nimcha kiyib olgan Umri xola sharpaday unsiz yurib keldi-=da, yapaloq musulmon g’ishtdan yasalgan zinadan ayvonga ko’tarildi.
-Suv qalqisa loyqasi yuqoriga chiqqanday, zamon qalqiganidan buyon yomon ko’paydi.
-Shoikrom, simning ochiq qismini qulupnay pushtalari ustiga uloqtirdi.
-Oyijon, oching ko’zlaringizni!- dedi Shoikrom, gezarib ketgan lablari bilan onasining muzday yuzini o’pib.
-Zahar ichsam bo’lmasmidi, - dedi ukasi Shone’mat.
-Urush tamom bo’pti, eshitdingizmi?
Darsning uslubi: “Venn diagrammasi”, “Ikki qismli kundalik”, “Guruhlarda ishlash”, “Assesment”.
Darsning turi: Musobaqa.
Kutiladigan natija: Nutq so’zlash ko’nikmasini shakllantirish, o’z fikrini faol tarzda asosli dalillar orqali ifodalashga yo’naltirish, hikoyani tahlil qilish orqali matn mag’zini chuqur anglab olib, o’zi yashab turgan hayot bilan taqqoslab kerakli xulosalarnichiqara olishi.
Darsning blok chizmasi:
№
|
Darsning bosqichlari
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
1
|
2
|
Guruhlarga bo’lish
|
1
|
3
|
Guruhlarda ishlash
|
20
|
4
|
Guruh ishlarining yakunlari
|
18
|
5
|
Darsni yakunlash
|
3
|
6
|
Uyga topshiriq
|
2
|
Darsning borishi.
O’qituvchi oldindan tayyorlab qo’ygan kartochkalari asosida o’qituvchilarni guruhlarga bo’ladi. Kartochkalarda bugun o’rganilayotgan asar qahramonlarining nomlari: “Umri xola”, “Shoikrom”, “Xadicha” va ”Shone’mat” so’zlari yozilgan bo’ladi. O’quvchilar soni 5-7 o’quvchidan iborat bo’lgan guruhlar tashkil qilinadi. Guruhlarda sardorlar saylanadi. Guruh shiori o’quvchilarning o’zlari tomonidan ishlab chiqiladi. O’qituvchi darsning rejasi bilan tanishtiradi. Reja: 1.O’qituvchining kichkina ma’ruzasi. 2.“Venn diagrammasi” mashqi asosida E.Vohidov va O’.Hoshimov ijodini tahlil qilish 3.“Klaster” metodi asosida asar qahramonini tahlil qilish 4.“Assesment” mashqi bo’yicha asar qahramoni tahlili 5.Xulosa O’qituvchi: Hurmatli o’quvchilar siz o’tgan darsda O’tkir Hoshimovning ijodi bilan tanishdingiz. Bunga uning “Urushning so’ngi qurboni” asrini o’rganganmiz. Hozir siz darsimizning rejasi bilan tanishdingiz. Ko’rgazmali qurol asosida o’tgan mavzuni takrorlagan holda, kichik ma’ruza qiladi.
O’tkir Hoshimovning hayoti va ijodi
O O’tkir Hoshimov katta iste’dod egasi. Adib o’ndan ortiq roman va qissa ko’plab
ta’sirchan hikoyalar, bir necha sahna asarlari muallifi. U dastlabki yirik asarlari bilanoq
ulkan adibimiz Abdulla Qahhorning nazariga tushgan, allomadan “Sof, samimiy,
tabiiy, iliq, rohat qilib o’qiladigan asar” yozgani maqtov olgan yozuvchi
“Ikki eshik orasi” va “Tushda kechgan umrlar”
Romanlari Qissalari
“Nur borki, soya bor”
“Ikki karra ikki besh”
Odamlar nima
derkin”
Muhabbat
“Urushning so’ngi qurboni
Hikoyalari Drammalari
“To’ylar muborak” “Qatag’on”
“Inson sadoqati”
Birinchi topshiriq:
O’tkir Hoshimovning ijodi haqida olgan bilimlarimizni, yana bir eslab olsak, rejamizning 1-sahifasida “Venn diagrammasi” mashqi asosida Erkin Vohidov va O’tkir Hoshimovning ijodi taqqoslangan holda tahlil qilinadi. Guruhlardan bir kotib saylanadi. Kotib oq qog’ozga yozadi, guruhning qolgan o’quvchilari fikrlarini aytib turib yordamlashadi.
O’.Hoshimovning ifodiga tegishli ma’lumotlar
VENN DIAGRAMMASI
E.Vohidovning ijodiga tegishli ma’lumotlar
E.Vohidov va O’Hoshimovning o’xshash tomonlari
Hayotidan nolimadi
beparvo
befarq
ukasini har vaqt o’ylaydi
Xijolat tortadi
O’zini aybdor his qiladi
Bola ovozi yoqmaydi
Ko’ngli g’ash
Shoikromga ta’rif
Ikkinchi topshiriq: “Klaster” metodi asosida asar qahramonini tahlil qilish. Masalan, “Shoikrom” guruhining taqdimoti quyidagicha bo’lishi mumkin.
Uchinchi topshiriq:
“Assesment” mashqi bo’yicha asar qahramonitahlili.
Shoikrom timsolini “Assesment” mashqi asosida tahlil qilish.
Test:
1.”Ziqna bo’lmay o’l!-deb o’yladi”- Bu gap kimga tegishli?
A) Shone’mat B) Shoikrom
C) Xadicha D) Umri xola
2. Bir ahvolida yashab turib, o’n kundan beri ukasini holini so’ramagan qahramon kim?
A) Xadicha B) Umri xola
C) Shoikrom D) Shone’mat
|
Muammoli vaziyat : Asar qahramoniga tavsiya.
Urush tufayli hamma xonadonning kun kechirishi qiyin edi. Shunday ekan eng avvalo onasi va ukasi Shone’mat bilan birga yashashlarikerak edi. Buning uchun doimo g’ingshiydigan xotini Xadichaga yaxshilab tushuntirishi lozim. Oilaning tinchligi ko’pincha erkak kishining oilada o’rnatgan tartibiga bog’liq. Ayollar ko’pincha qiynalganlarida nolishdan tashkil taskin topsalar kerakki, Xadichaning nolishi Shoikromni o’ylamasdan qaltis ish qilib qoyishga undadi. Qadimdan yeti o’lchab, bir kes – degan naql bor. Shunga amal qilgan holda, har qanday vaziyatda shoshma – shosharlik yaxshi natija bermaydi. Qanchalik charchashmasin, jigarini, Shone’matni borib holini so’rashi shart edi. Mehr ko’zda deganlaridek, balki o’z ko’zi bilan ukasining qay holatda yotganini ko’rganda qulupnayni o’zi onasiga sutga almashtirish uchun terib bergan bo’lishi mumkin edi.
|
Simptomi (tashqi belgisi):
Asar davomida qahramonning tashqi belgilari:
Shoikromning chehrasi xomush, uyidagi tartibsizliklarga beparvolik bilan qo’l siltaydi-yu, lekin ko’ngli g’ash. Hayotning notinchligidan alamini xotini Xadicha va qizlaridan olganday ularga qichqirib turadi. Hatto chaqaloq yig’isi ham unga yoqmaydi. Chetdan jahldor ko’ringani bilan, ukasining holini so’ramaganidan afsuslanadi. Sigirini o’g’rilar olib ketgandan so’ng, xushyor bo’laman deb qulupnay o’g’risini tutish uchun titroq qo’llari bilan elektr tokiga ulangan simni qulupnayning pushtasiga tashladi. Kasal ukasiga qo’y suti olib beraman onasi Umri xola kechasi qulupnay olaman deb o’g’li qo’ygan tuzoqqa tushadi. Bu holatni ko’rgan Shoikromning bir lahza ko’zlari olayib qoldi, boshidan hushi uchib borayotganini his qilib o’zini yerga otdi, titroq qo’llari bilan loy changgallaganicha cho’kkalab ko’ksiga mushtlay ketdi. Vujudini larzaga soluvchi bir nido otilib chiqdi.
-Oyi! Oyijon!- dedi u gezarib ketgan lablari bilan onasining muzday yuzidan o’pib. U anchadan keyin o’ziga keldi. Odam ko’p edi.
Umri xolani go’ristonga qo’yishganidan so’ng, Urushning tamom bo’lganini Shoikrom eshtib qoldi.
|
Amaliy ko’nikma: O’quvchining asar tahlili asosida chiqargan xulosasi.
Hayot hamisha bir tekis kechmaydi. Qiyin vaziyatlarda oila a’zolari hamjihatlikda yashasalar tug’iladigan har qanday muammoning yechimini toppish yengilroq bo’ladi.
Masalan, Xadichaning o’zi 3 farzandning onasi lekin qaynonasi Umri xolaning dardiga befarq qarashi, menga yoqmadi.
-Payshanba kuni Komil tabibning uyiga boruvdim. Har kuni nahorga bir kosadan qo’y suti ichsa dard ko’rmaganday bo’lib ketadi, dedi Umri xola.
-Hozir qo’y suti qatta, - dedi Xadicha.
-Sigir suti otliqqa yo’g’u ….
Menimcha ota-onaning xohish – istagini farzandlar ularning hatti-harakatidan, ma’noli boqishlaridan harakat qilmog’imiz darkor. Chunki ota-onaning suyangan tog’I madadkori - farzandlari bo’ladi. Shu bilan birgalikda, yomonlik bilan yomonlarni jazolab bo’lmasligini angladim.Asarda ko’rsatilgnadek, Shoikrom o’g’rilarni jazolayman deb, onasining o’limiga sababchi bo’ldi. Bunday noxush voqeaning albatta eng asosiy aybdori urush bo’lgan. Tinch va farovon hayot kechirayotganimizdan xursandman.
|
Barcha guruhlarning taqdimoti o’tgach, o’quvchining dars yuzasidan xulosasi.
Davra suhbati. O’quvchilar davra bo’lib o’tiradilar. O’qituvchining savollari:
1.Nima sababdan Shoikromning ko’ngli g’ash edi?
2.Urush odamlarni o’zgartirib yuborganligi haqida asar yuzasidan misol keltiring.
3. Shoiikromni qotillikka undagan, ko’rinmas o’g’ridan o’ch olishga majbur qilgan, oqibatda o’z onasining o’limiga sabab bo’lgan narsa nima?
4.Umri xolaning harakatini o’g’irlik deb bo’ladimi?
Faol qatnashgan o’quvchilar va guruhlar rag’batlantiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |