Toshkent davlat yuridik universiteti
2-kurs JHF Apotok 2-guruh talabasi
Qo’ldoshev Sherzod Mansur o’g’lining
“Urush qahramonlari xotirasi abadiydir” mavzusida
yozgan maqolasi.
1939-yil 1-sentabr Germaniyaning Polshaga hujumi bilan insoniyat boshiga mislsiz kulfatlar keltirgan Ikkinchi jahon urushi boshlandi. 1941-yil 22-iyun tongida Gitler fashistlar armiyasi SSSR hududiga bostirib kirdi. Natijada yurtimiz hududiga ham urush nafasi yetib keldi. Ikkinchi jahon urushi frontlariga yuborilgan bir yarim milliondan ko’proq o’zbekistonlik askarlar dushmanga qarshi mardona jan qildilar. O’zbekistonliklar Ikkinchi jahon urushining qaysi frontida bo’lmasin shu tariqa mardlarcha jang qildilar.
Xalqimiz urush maydonlarida, balki front ortida ham mardona mehnat qildilar. O’zbekiston frontni zarur qurol=yarog’, oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan ta’minlab turdi. Aholidan yig’ilgan pul mablag’lari mamlakat mudofaa jamg’armasiga topshirildi. O’zbekistonlik ishchilarning fidokorona mehnatlari evaziga ko’chirib keltirilgan korxonalar qisqa muddatlarda qayta qurildi va front uchun zarur mahsulot ishlab chiqara boshladi. O’zbekiston fabrikalari esa askarlarni issiq kiyim-kechaklar bilan ta’minlash ishiga katta hissa qo’shdi.
O’zbekistonning qishloq aholisi es fontni zarur oziq-ovqat va kiyim-kechak ilan ta’minlashda ulkan fidoyilik ko’rsatdi. Erkaklar urushga safarbar etilgani uchun qishloq xo’jaligida ishchi kuchi yetishmay qoldi. Ularning o’rnini ayollar va bolalar egallashdi. Qishloq mehnatkashlari og’ir qiyinchiliklarni mardona yenga oldilar. Xalqimiz ana shunday o’g’ir vaziyatda kunni kun, tunni tun demasdan, mashaqqatli mehnat qilib, front uchun , g’alaba uchun munosib hissa qo’shdilar.
Gitlar Germaniyasiga qarshi kurashda O’zbekiston aholisi ham ulkan saxovat ko’rsatdi. Mamlakat mudofaa jamg’armasiga xalqimiz pul, tilla va boshqa qimmatbaho buyumlar topshirdilar. Sobiq Sovet Ittifoqi hukumati mamlakat hududining urush harakatlari ketayotgan joylarida yashoovchi tinch aholining bir qismini mamlaat ichkarisiga ko’chirdi. Shulardan bir milliondan ortig’I O’zbekistonga keltirildi. Ko’chirilganlarning 200 ming nafari bolalar edi.
O’zbekiston xalqi ularni do’stona kutib oldi. Ularga g’amxo’rlik ko’rsatdi va yashash uchun o’z uyidan joy berdi. Oziq-ovati va kiyim-kechagini ular bilan baham ko’rdi. Ko’chirib kelingan bolalarning besh yarim mingdan ortig’ini esa bag’rikeng, saxovatpesha o’zbek xonadonlari farzandlikka oldilar. Bunday saxovatpesha o’zbek xonadonlaridan biri toshkentlik Shomahmudovlar oilasi edi. Bu oila turli millatga mansub 16 nafar bolani farzandlikka oldi. Ularni parvarishlab, tarbiyalab voyaga yetkazdi. Bu hodisa o’zbek xalqi bag’rikengligi, saxovatpeshaligining yorqin namunasi edi.
O’zbekistonliklar Ikkinchi jahon urushi frontlarida olib borilgan ayovsiz janglarda faol qatnashib, qahramonlik va mardlik namunalarini ko’rsatdilar. Eng so’nggi tarixiy tadqiqotlarda keltirilishicha, urush yillarida 1,5 million o’zbekistonliklar fashizmga qarshi olovli janglarda qatnashgan edi. 1939-yilda respublika aholisi 6,5 mln bo’lgan. Demak, har to’rt o’zbekistonlikning bevosita bittasi harakatdagi armiya safida xizmat qilgan. Ulardan 500ming kishi jang maydonlarida halok bo’lgan yoki bedarak yo’qolgan.
O’zbek snayperchi qizi Zebo G’aniyeva mardligi va jasorati uchun Qizil Bayroq ordeni bilan mukofotlandi. “Moskva mudofaasi uchun” maxsus medali bilan mukofotlanganlar orasida O’zbekiston jangchilaridan 753 kishi bo’lgan. 1942-yil 27-martda SSSR Oliy Soveti Prezidiumining farmoni bilan 26 nafar ofitser va oddiy askarlarga Sovet Ittifoqi Qahramoni yuksak unvoni berildi. Ular safida birinchi o’zbek qahramoni andijonlik Qo’chqor Turdiyev ham bor edi.
Dnepr ucun olib borolgan janglarda qahramonlik ko’rsatgani uchun 26 nafar o’zbek yigitiga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi. O’zbekistonlik jangchilarning 1706 nafari “Berlinni ishg’ol etganligi uchun” jangovar medali bilan taqdirlandi.
O’zbekiston o’g’lonlari va qizlarining jangovar frontlarda ko’rsatgan mislsiz mardlik va jasorati SSSR va yevropadagi ko’plab mamlakatlar hukumatlari tomonidan yuksak taqdirlandi. O’zbekistonlik jangchilardan 120ming nafari turli sovet orden va medallari bilan taqdirlandi. O’zbekistonlik 280 nafar jangchi Sovet Ittifoqi Qahramoni yuksak unvoniga sazovor bo’ldi, ulardan 75 nafari o’zbek edi. 52 nafar o’zbekistonlik jangchilar uchala darajadagi “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlandilar.
Ikkinchi jahon urushida fashistik Germaniya va militaristic Yaponiya ustidan erishilgan buyuk g’alaba taraqqiyparvar insoniyatga juda qimmatga tushdi. Rasmiy ma’lumotlarga qaragnda, Ikkinchi jahon urushida 50 mln nafardan ziyod kishi halok bo’ldi. Bu urushda eng katta talafotga uchragan SSSR bo’lib, u 27 mln kishidan ajraldi. Vayronagarchilikdan ko’rilgan zara va urush olib boorish uchun sarflangan mablag’ar miqdori 4 trillion dollarni tashkil qiladi.
Bu mash’um urush tufayli Vatanimizda to’rt yuz ming oila bevosita ayriliq azobida duchor bo’lgan. Agar qarindosh-urug’larni hisoblasak, butun mamlakat aholisi motam libosini kiygan.
Ikkinchi jahon urushiga qanday qaralmasin, bu urush qaysi g’oya ostida va kimning izmi bilan olib borilgan bo’lmasin, o’z vatani, el-yurtining yorug’ kelajagi, beg’ubor osmoni uchun jang maydonlarida halok bo’lganlarni, o’z umrlarini bevaqt xazon qilgan insonlarni doimo yodda saqlaymiz.
O’zbek xalqi fashizmni tor-mor etishga, olamshumul ahamiyatga molik ulkan hissa qo’shdi. Urush davri O’zbekiston tarixining uzviy bir qismi, uni biz uni unutolmaymiz.
O’zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgach, 1995-yili 33 jildli “Xotira “kitobi (keyinchalik unga qo’shimcha tarzda yana 2 jild chiqqan) va O’zbekiston xalqining urush yillarida front ortidagi jasoratlari bayon etilgan umumlashma maxsus jild o’zbekcha va ruscha nashr etildi.
Toshkentda 1999-yil may oyida Xotira va Qadrlash maydoni barpo etilib, unda “Motamsaro ona “ haykali hamda xiyoboonning shimoliy va janubiy tomonida qad ko’targan ayvonlar tokchalarida Ikkinchi jahon urushida halok bo’lgan o’zbekistonlik barcha jangchilarning ism-sharifi bitilgan metal tokchalar o’rnatildi.
Gap shundaki, mustaqillikka qadar barcha viloyat va tuman markazlarida “Noma’lum soldat qabri” degan sun’iy nom ostidagi monumentlar barpo qilingan, odamlar shu joylarga o’zlari bilib-bilmasdan sig’inishar edi. Holbuki, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek urushga ketgan birorta odamning noma’lum bo’lishi, uning ismi-sharifi, u to’g’risidagi xotiralar yo’qolib ketishi aslida mumkin emas. Qolaversa, mustaqillik yillari olib borilgan jiddiy izlanishlar tufayli avval “bedarak yo’qolgan” deb hisoblangan minglab nafar marhum yurtdoshlarimiz taqdiri aniqlandi- ular qaysi jangda va qachon halok bo’lgani to’g’risidagi hujjatlat topildi.
Bir so’z bilan aytganda, inson bolasi izsiz yo’q bo’libketishi, “noma’lum soldat”ga aylanishi mumkin emasligi isbotlandi.
Haykalda urushda o’z farzandini yo’qotgan onaning g’am-g’ussasi aks etgan. Haykal yonida urushda halok bo’lganlar xotirasi uchunmangu olov yonib turadi.
G’alaba bayrami nishonlanadigan 9-may sanasi Xotira va Qadrlash kuni deb e’lon qilinib, Toshkentdan tashqari, Qoraqalpog’iston Respublikasi, barcha viloyatlar markazlari va tumanlarda Xotira maydonlari barpo etilib, bu maydonlarda ham “Motamsaro ona “ haykali o’rnatildi.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari bilan poytaxtimizda ulkan “ G’alaba bog’i” bunyod etilmoqda. Qarshi shahrida “Vatanparvar” bog’I bunyod etildi. Urush faxriylariga har yili respubliamizning so’lim sanatoriy-kurortlarida depul dam olish va davolnish huquqi taqdim etildi. Urush faxriylari bir nafar hamrohi bilan davlat hisobidan bepul Haj safariga yuborildi. Oila a’zolariga navbatsiz avtomashina olish huquqi taqdim etildi. 9-may kuni poytaxtimizda, viloya markazlarida g’alaba salyutlari otilmoqda. Yaqinda qabul qilingan Prezident farmoni bilan urush faxriylariga bir martalik 10 mln so’m pul mukofotlari beriladigan bo’ldi. Urush faxriylari holidan muntazam xabar olinmoqda.
Urushda qurbon bo’lganlarni xotirlash, biz bilan hozirgi kunlarda yonma-yon yashayotgan urush faxriylarini qadrlash, e’zozlash, hurmat-izzatini jo’yiga qo’yishdek ulug’vor insoniy ishlar yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda, mustaqil O’zbekistonning milly xavfsizligini mustahkamlashda katta ahamiyatga egadir.
“Biz “O’zbek xalqiga tinchlik va omonlik kerak” degan da’vatning mohiyatini chuqur anglagan holda, tinchlik uchun har birimiz mas’ul ekanligimizni anglamasdan, doimo hushyor va ogoh bo’lib yashashimiz kerak”.1
Xulosa qilib aytganimizda, mash’um urushda halok bo’lgan bobolarimiz va otalarimiz, qarindoshlarimiz, mahalladoshlarimizni eslash, urushdan omon qaytgan va kundan kunga safi siyraklashib borayotgan faxriylarning, mamlakat ichkarisida mehnat qilgan tabarruk qariyalarimizning holidan xabar olib turish siz bilan bizning zimmamizdagi muqaddas farz va qarz hisoblanadi.
Xotira bor ekan, tirikdir millat,
Tirikdir iftixor, tirikdir g’urur.
Xotira- elni xalq etguvci qudrat,
Xotira- ertani yoritguvchi nur.
Hatto maysaning ham xotirasi bordir,
Maysa xotirasi- nurga intilmoq.
Ko’karsa-ikkiga bo’lib tashlaydi,
Yo’lining ustida tursa hatto tog’
To quyosh osmonda porlab turarkan,
Osmonday mangusan, ey ona xalqim.
Har bir fojiaga, har bir sharafga,
Baho bermoqqa ham yolg’iz sen haqli.
Xurshid Davron.
Do'stlaringiz bilan baham: |