Ekish muddatlari ham urug’ sifatiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. ekish muddati o’simlikning me’yorida rivojlanishi, qishlab chiqishi uchun qulay sharoit yaratishi lozim. Bahori ekinlar tuproq yetilishi bilan ertaroq ekilsa, kechki bahori ekinlar yer muzlash xavfi tugashi bilan ekiladi.
O’g’itlashda o’simlik hamma oziqa elementlari bilan to’la ta’minlangan bo’lishi, yuqori sifatli urug’ yetishtirish kafolatlanishi zarur. Amaliyotning ko’rsatishicha azotli o’g’itlar hosildorlikni oshirsada don sifatini oshirmaydi (1000 urug’ massasi kamayadi, mayda, puch urug’lar ko’payadi). Fosforli o’g’itlar urug’ mahsuldorligini, urug’larning ekinboplik va hosildorlik sifatlarini oshiradi, noqulay omillarga chidamliligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Kaliyli o’g’itlar o’simlikning yotib qolishga, kasalliklarga chidamliligini oshiradi, urug’da kraxmal to’planishini, ekinboplik sifatlarini yaxshilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |