43
www.ziyouz.com kutubxonasi
3-BOB
QISHLOQ XO'JALIGIDA YER VA SUV RESURSLARI, ULARDAN SAMARALIFOYDALANISH YO‘LLARI
• Yer va suv resurslarining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati va o‘ziga xos xususiyatlari.
• Yer va suvdan foydalanish holati va samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar, ulami aniqlash tartibi.
• Yer to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatlar. Yer monitoringi va davlat yer kadastri.
• Yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari.
3.1. Yer va suv resurslarining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati va o‘ziga xos xususiyatlari.
Yer tabiat mahsuli bo‘lib, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida muhim ahamiyatga ega. Chunki u mazkur tarmoqning eng asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi. Yerga urug‘. ko‘chat ekib, ishlov berish natijasida turli xildagi mahsulotlar yetishtiriladi. Demak, tarmoqda yetishtiriladigan barcha turdagi mahsulotlar yerdan, suvdan foydalangan holda olinadi. Ingliz iqtisodchisi Uilyam Petti yer resursiga «yer barcha boyliklaming onasidir» - deb ta’rif bergan.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi asosan sug'oriladigan yerlarda olib boriladi. Sug‘oriladigan yerlar umumiy yer maydonining 9,6 foizini tashkil qilib, qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining 95 foizdan ortig‘i shu yerlarda yetishtiriladi. Respublikamiz dehqonchiligi sug‘orishga asoslanganligi sababli suv ham yer resursi kabi qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida muhimdir. Qayta ishlovchi sanoat tarmoqlarining xomashyoga, aholining esa oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talahi qondirilishida yer va suvning ahamiyati juda katta. Yer va suvdan qanchalik oqilona, samarali foydalanilsa, ishlab chiqariladigan mahsulotlar hajmi shunchalik ko'payadi. Natijada yuqorida ta’kidlangan talablaming qondirilish darajasi ortadi.
Yerdan foydalanishda uning quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olish maqsadga muvofiqdir:
44
a) yeming tabiat mahsuli ekanligi. Boshqa asosiy vositalar, ya’ni binolar, inshootlar, kombaynlar, traktorlar va boshqalar inson mehnatining mahsulidir. Zaruriyat bo‘lganda ular inson tomonidan ishlab chiqarilishi mumkin, lekin yemi inson yarata olmaydi;
b) yer maydonining cheklanganligi va takror ishlab chiqarilmasligi. Ona zamin tabiatan cheklangan, uning maydonini inson kengaytira olmaydi. Chunki u tabiat mahsuli hisoblanadi. Boshqa asosiy vositalami, masalan traktorlami, mashinalami talabni qondirish maqsadida ko‘plab ishlab chiqarish mumkin;
d) yer - qishloq xo'jaligining abadiy ishlab chiqarish vositasidir. Respublika hududida mavjud bo‘lgan yerlardan qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirishda bizdan oldingi avlodlar foydalangan, hozirgi davrda biz foydalanmoqdamiz, kelajakda esa avlodlarimiz foydalanadi. Jamiyat rivojlanishi natijasida ayrim ishlab chiqarish vositalari takomillashtirilishi natijasida o‘z o‘mini boshqasiga bo‘shatib beradi. Masalan, bir paytlar yerni shudgorlashda qoramollar va omochdan foydalanilgan bo‘lsa, keyinchalik fan- texnika taraqqiyoti natijasida qudratli traktorlar va pluglar ulaming o‘mini egalladi. Lekin yer qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish vositasi sifatida abadiy qolaveradi, chunki uni boshqa vosita bilan almashtirib bo‘lmaydi;
e) yemi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib bo‘lmasligi. Yerdan joylashgan o‘mida oqilona foydalanish mumkin. Lekin mashina va traktorlarni talab etilgan joyga olib borib, turli xildagi ishlami amalga oshirish, bino-inshootlami ham talab etilgan joyga qurish mumkin;
f) yeming yuqori qatlami hisoblangan tuproq unumdorligining mavjudligi. Tuproq unumdorligi tabiiy, sun’iy va iqtisodiy unumdorliklarga boTinadi. Asrlar davomida tashqi ta'sirlar, ya'ni quyosh nuri, yog‘ingarchilik, chirindilar tushishi va boshqalar ta'sirida shakllangan unumdorlik yeming tabiiy unumdorligi deyiladi. Tuproqning tabiiy unumdorligi - tabiat mahsulidir. U tabiatning ta'siri natijasida uzoq yillar mobaynida shakllanadi. Uning holati quyosh nuri hamda yog'ingarchilik miqdoriga, shamol va suvlaming ta'siriga bogTiqdir. Ulaming ijobiy ta'sirida tuproq tabiiy unumdorligi yaxshi boTadi. Sayyoramizdagi yerlaming tabiiy unumdorlik darajasi turlicha boTadi. Insonlar ta'sir etishi, ya'ni tekislash, shudgorlash, mahalliy va ma’danli o‘g‘itlar berish, mehnat, mablag' sarflash, yerlaming meliorativ holatini yaxshilash va boshqalar ta'sirida shakllanadigan unumdorlik sun’iy unumdorlik deyiladi. Agar yerga to‘g‘ri munosabatda boTinsa, uning unumdorlik darajasi ortib borish xususiyatiga ega. Darhaqiqat, tuproqqa vaqtida ishlov berilsa, o‘g‘itlansa, uning unumdorligi oshib borishi mumkin. Lekin boshqa asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi oqibatida jismoniy jihatdan eskiradi. Ular vaqt o‘tishi bilan fan-texnika taraqqiyoti natijasida ma'naviy
45
jihatdan ham eskiradi. Lekin yerga e'tibor berilsa, undan fan-texnika yutuqlarini joriy etgan holda oqilona, samarali foydlanilsa, u yaroqsiz holga kelmaydi, unumdorligi oshib borishi mumkin. Ammo bu, uning unumdorligi cheklanmagan, degani emas. Shunday ekan, yerning unumdorligidan tadbirkorlik bilan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
1998-yil 30-aprelda qabul qilingan Yer Kodeksining 8-moddasiga ko‘ra 0 ‘zbekiston Respublikasida yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga ko‘ra quyidagi toifalarga bo‘linadi:
1) qishloq xo'jaligiga moMjallangan yerlar - qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga mo‘ljallangan yerlar. Qishloq xo‘jaligiga mo'ljallangan yerlar sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko‘p yillik mevali dov- daraxtlar va tokzorlar egallagan yerlarga boiinadi;
2) aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari - shaharlar va posyolkalar, shuningdek qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlar;
3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moijallangan yerlar - ko'rsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar;
4) tabiatni muhofaza qilish, sogiomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moijallangan yerlar - alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, tabiiy davolash omillariga ega boigan yerlar, shuningdek ommaviy dam olish va turizm uchun foydalaniladigan yerlar;
5) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar - tarixiy-madaniy yodgorliklar joylashgan yerlar;
6) o‘rmon fondi yerlari - o‘rmon bilan qoplangan, shuningdek o'rmon bilan qoplanmagan boisa ham, o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar;
7) suv fondi yerlari - suv obyektlari, suv xo‘jaligi inshootlari egallagan yerlar va suv obyektlarining qirg'oqlari bo'ylab ajratilgan mintaqadagi yerlar;
8) zahira yerlar.
0 ‘zbekiston Respublikasi yer fondi 0 ‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi tomonidan har yili 1-yanvar holati bo‘yicha korxona, muassasa va tashkilotlaming yerlaridagi barcha o'zgarishlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar, xo‘jalikl£ir tomonidan yer hisobi hujjatlari asosida tuzilgan hamda tuman, shahar va viloyat hokimlarining qarorlari bilan tasdiqlangan yillik yer hisobotlarini respublika bo‘yicha umumlashtirish natijasida tuziladi.
0 ‘zbekiston Respublikasining ma’muriy chegarasidagi yer maydoni 44896,9 ming gektami tashkil qiladi. 2009-yil 1-yanvar holatiga 0 ‘zbekiston Respublikasi korxona, tashkilot, muassasa va fuqarolari foydalanishidagi yerlar
46
www.ziyouz.com kutubxonasi
jami 44410,3 ming gektarni, sug'oriladigan yerlar esa 4303,0 ming gektami yoki umumiy maydonning 9,6 foizini tashkil qiladi. Mamlalcatimiz yer fondining toifalari bo'yicha tarkibi 3.1-jadvalda keltirilgan.
3.1-jadval O'zbekiston Respublikasi yer fondining 2009-yil 1-yanvar holatiga toifalar
bo‘yicha taqsimlanishi
Shundan
Yer fondining toifalari Jami maydon sug'oriladigani
JN s ming ga foiz ming ga foiz
1 . Qishloq xo‘ialigiga mo‘liallangan verlar 22338,3 50,3 4206,8 94,7
2. Aholi punktlari yerlari 236,3 0,53 48,8 0,11 .
3. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va
boshqa maqsadlarda foydalanila-digan 1955,5 4,4 11,7 0,03 yerlar
4. Tabiatni muhofaza qilish,
sogTomlashtirish, rekreatsiya 72,5 0,2 0,6 0,002 maqsadlarida foydalaniladigan yerlar
5. Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik 0,3 0,00 - - yerlar 1
6. 0 ‘rmon fondi yerlari 8562,3 19,2 26,3 0,6
7. Suv fondi yerlari 827.2 1,86 4,3 0,01
8. Zahira yerlar 10417,9 23,4 4.5 0.01
Jami yerlar 44410,3 100 4303,0 100
Manba: O'zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo'mitasi ma'lumotlari.
2009-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlari yerlaming umumiy maydoni 22338,3 ming gektami yoki yer fondining 50,3 foizini tashkil qiladi.
Mamlakatimizda ekin maydonlarining boshqa maqsadlarga ajratilishi natijasida ulaming umumiy maydonida kamayish kuzatilgan. 2000-yilda barcha turdagi xo‘jaliklarda umumiy ekin maydoni 3778,3 ming gektami tashkil etgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2008-yilda 3609,3 ming gektami va 2009-yilga kelib 3608,5 ming gektami tashkil etgan.
3.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |