Urmaiov N. J



Download 21,58 Mb.
bet15/134
Sana31.05.2022
Hajmi21,58 Mb.
#621665
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   134
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

2.3. Qishloq xo‘jaligida mavjud tadbirkorlik shakllari va ularning paydo boiishi.

Respublikamiz qishloq xo‘jaligida 1991-yildan boshlab siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy ahamiyatga ega boigan tub agrar-iqtisodiy islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Davlat bosh islohotchi boigan bu jarayonda tarmoqdagi davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarishga, negizida xususiy mulkchilikni va shunga asoslangan tadbirkorlik shakllarini tashkil etishga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Bunda yerga umummilliy boylik sifatidagi davlat umumxalq mulkchiligi saqlab qolinmoqda. Boshqa mulklar esa daviat tasarrufidan bosqichma-bosqich chiqarilib, xususiylashtiriimoqda. 1990-yilda davlat mulkchiligiga asoslangan xo'jaliklar, ya’ni davlat xo‘jaliklari 1038 ta edi. Ular 0 ‘zbekistonda XX asming 30-yillarida tashkil etila boshlangan. Respublikaning Qarshi va Mirzacho‘l, Surxon-Sherobod, Markaziy Farg‘ona hududlarida yangi yerlami o‘zlashtirish natijasida keng miqyosda davlat xo‘jaliklari tashkil etildi. Davlat xo'jaliklarining tashkil etilishida davlat byudjetidan ajratilgan mablag1 evaziga ishlab chiqarishni tashkil etish hamda yuritish uchun zamr bo‘lgan barcha ishlab chiqarish vositalarini davlat tomonidan o‘rnatilgan baholarda sotib olinar edi. Ulardan foydalangan holda faoliyat yuritib, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarini davlat tomonidan belgilangan xarid narxlarida davlatga qarashli tayyorlov tashkilotlariga sotar edilar va olingan daromad davlat moliya organlari tomonidan o‘matilgan tartibda taqsimlanar edi. Bunda asosiy e'tibor davlat manfaatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, davlat xo'jaliklariga iqtisodiy erkinlik berilmagan edi. Shuning uchun ular yuqori tashkilotlar tomonidan belgilangan




24


qonun-qoidalarga bo'ysungan holda qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanar edilar. Ular asosan paxtachilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik, chorvachilikka ixtisoslashgan bo‘lib, respublikada yetishtirilayotgan mahsulotlaming sezilarli qismini ishlab chiqarardilar. Bu xo'jaliklaming respublikada yetishtirilgan yalpi qishloq xo'jalik mahsulotidagi ulushi 1990- yilda 37,5 foizni tashkil etgan. Lekin ular iqtisodiy negizi, faoliyat yuritish mazmuni bo'yicha erkin bozor iqtisodiyoti talablariga javob bermas edi. Shuning uchun ham davlat mulkchiligiga asoslangan xo'jaliklar negizida tashkiliy, iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishi zarar bo‘ldi. Islohotlar jarayonida ulaming negizida dastavval jamoa xo'jaliklari, keyinchalik shirkatlar hamda hozirgi vaqtda mustaqil fermer xo'jaliklari tashkil etildi.
Respublika hukumati qishloq xo‘jaligi oldidagi muhim vazifalarni e'tiborga olgan holda bir qancha muammolami o‘z zimmasiga olgan. Bunda davlat bosh islohotchi vazifasini bajarmoqda. Hozirgi davrda respublikamiz hukumati agrar siyosatning strategik yo‘nalishlarini belgilab, uni ta'minlash bilan bog'liq tadbirlami amalga oshirish choralarini ko'rmoqda. Hukumatning asosiy e'tibori qishloq xo‘jaligining barcha sohalari yagona fan-texnika siyosatiga asoslangan holda rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan. Bu nihoyatda muhim masala hisoblanadi. Chunki faqat ilm-fan, yangi, samarali texnika hamda ilg‘or texnologiya barcha yutuqlaming asosiy negizidir. Bu masalani hal etish maqsadida qishloq xo‘jaligida davlat xo‘jaliklari qisman saqlab qolingan. Ular asosan qishloq xo‘jaligida davlat ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining tajriba xo‘jaliklari, urug‘chilik va naslchilik xo‘jaliklari ko‘rinishida saqlanib qolgan. Hozirgi vaqtda markaz tarkibida 100 taga yaqin tajriba xo‘jaliklari faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Ular asosan davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘lar evaziga qishloq xo'jaligining rivojlanishini ta’minlaydigan ilmiy g‘oyalami yaratish, sinash asosida qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanmoqdalar. Ular faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar:
■ urag‘chilik, naslchilik va ko‘chatchilikni rivojlantirish, yangi, serhosil,
tezpishar navlar hamda mahsuldor zotlami yaratish;
■ qishloq xo'jaligiga fan yutuqlarini joriy etishni tashkillashtirish;
■ iqtisodiyotda erkin bozor iqtisodiyoti munosabatlarini yaratish va ulami chuqurlashtirish;
■ yangi texnika, ilg‘or texnologiyalami yaratish, agrotexnika tadbirlarini takomillashtirish va boshqalar.
Markaz tarkibidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida yaratilayotgan yangiliklar eng awalo tajriba xo‘jaliklarida sinalib, so‘ngra amaliyotga tatbiq etish uchun tavsiya qilinadi. Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilayotgan yalpi mahsulotning 1 foizini mazkur tajriba xo‘jaliklari bermoqda. Fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etishdagi o‘mini e'tiborga


25


olgan holda ulami saqlab qolish va faoliyatini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida o‘tgan asming 80-yillari oxiri va 90-yillari boshida 887 ta jamoa xo‘jaligi faoliyat ko'rsatib, respublikada yetishtirilayotgan yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotining 35 foizini berar edi. Ularning iqtisodiy negizini jamoa mulki tashkil etgan. Lekin mulkchilikning bu shakli uning haqiqiy mazmuni, mohiyatiga mos emas edi, chunki amalda ular davlat tasarrufida edi. Bunday hol bozor iqtisodiyoti talablariga to‘g‘ri kelmaydi. Shu bois bozor iqtisodiyotiga o'tish munosabati bilan tarmoqdagi davlat xo'jaliklari negizida jamoa xo‘jaliklari bosqichma-bosqich yangicha ko‘rinishda tashkil etila boshlandi.
Bu o‘rinda eslatib o'tish kerakki, jamoa xo‘jaliklari 1990-yillargacha qishloq xo'jaligini rivojlantirishga ma’lum darajada o‘z hissalarini qo'shganlar. Ular o‘sha yillarda tarmoqda yetishtirilayotgan paxtaning 41 foizini, g'allaning 37 foizini, sutning 36 foizini berar edi. Lekin ularning faoliyatlari ham davlat xo‘jaliklari kabi to'liq davlat tomonidan boshqarilardi, ya'ni ularda mahsulotlar yetishtirish jarayoni davlat mablag'lari hisobidan moliyalashtirilib, yetishtirilgan mahsulotlarni davlat o‘z tashkilotlari yordamida hukumat tomonidan belgilangan xarid baholarida sotib olar edi. Olingan daromad esa hukumat tomonidan belgilangan tartibda taqsimlanar edi. Bunda jamoaning erki, huquqi to‘liq e'tiborga olinmas edi. Demak, u xo‘jaliklarda amalga oshirilgan iqtisodiy munosabatlar bozor iqtisodiyoti munosabatlari talablariga mos emas edi. Bunday hollami bartaraf etish maqsadida avvalo jamoa mulkchiligiga asoslangan jamoa xo‘jaliklarida haqiqiy bozor iqtisodiyoti munosabatlarini barpo etishga alohida e’tibor berildi. Bunda respublikada amalga oshirilayotgan yer islohotiga asoslangan holda mavjud jamoa xo‘jaliklariga davlat mulki hisoblangan yer foydalanish uchun ijaraga berildi. Ular yerdan foydalanganlik uchun belgilangan muddatda ijara haqi to‘laydigan bo‘lishdi. Ijara haqi 1999-yildan boshlab yagona yer solig'i shaklida to'lanadigan bo‘ldi. Shu bilan birga «Mulk to‘g‘risida»gi qonun talabiga muvofiq u xo‘jaliklarda haqiqiy jamoa mulkchiligi tashkil etishga e'tibor berildi. Mulkchilikning bu shakli jamoa xo‘jaliklari negizida shirkat xo‘jaliklari tashkil etish orqali shakllantirildi. Uning huquqiy asoslari yaratildi. Oliy Majlis tomonidan 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan «Qishloq xo‘jalik kooperativlari (shirkatlar) to‘g‘risida»gi Qonun, uning hayotga tatbiq etilishini ta’minlash maqsadida Respublika Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-iyuldagi 229-sonli qarori qabul qilingan edi.
Shirkat xo‘jaligi - qishloq xo'jalik tovar mahsulotlari ishlab chiqarish va xizmatlami bajarish maqsadida fuqarolaming paychilikka asoslangan oilaviy pudrat asosida uyushib, erkin, mustaqil faoliyat ko‘rsatadigan, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan xo'jalik yuritish subyektidir. Ular o‘tish davrida qishloq


26


xo‘jaligida tadbirkorlikning yirik tovar ishlab chiqaruvchi shaldi sifatida uamoyon bo‘ldi. Ulaming ixtiyoriga qishloq xo‘jalik yerlarining asosiy qismi uzoq muddatga ijaraga foydalanishga berildi. Shirkat xo'jaliklarining iqtisodiy negizini, ya’ni mulkini pay (ulush) asosida tashkil etilgan paychilarning jamoaviy mulki tashkil etar edi. Shirkat xo‘jaliklarining barcha mulki (yerlaming qiymatini ham qo'shib) a'zolariga pay shaklida bo‘lib berildi. Shuning natijasida shirkat a’zolari mulk egasi bo‘ldilar. Bu hol ularga barcha inulkka birgalikda egalik qilish, foydalanish imkoniyatini berdi.
Shirkat xo‘jaliklarini faoliyat ko'rsatib turgan jamoa xo‘jaliklari
/aminida qayta tashkil etish nazarda tutilgan edi. Faoliyat ko‘rsatib turgan jamoa xo‘jaligini shirkat xo‘jaligiga aylantirish xo‘jalik a’zolarining umumiy majlisi qaroriga asosan amalga oshirilgan. Ushbu qaror o'zgartirilayotgan xo'jalikning kreditorlariga ham yozma ravishda yetkazilishi nazarda tutilgan. Shu qarorga asosan shirkat xo‘jaligiga aylantirilayotgan xo'jalik rahbarlari, mutaxassislari va a'zolaridan iborat komissiya tuziladi. Tuman hokimining qarori bilan komissiya ishida tuman hokimligi, moliya va soliq idoralari, banklar, kasaba uyushmasi vakillari ishtirok etadilar. Komissiya zimmasiga nihoyatda muhim masalalar yuklatilgan edi. Shu jumladan mazkur komissiya yangi tashkil etilayotgan shirkat xo‘jaligining Nizomi loyihasini ham tayyorlagan.
Mamlakatimizda tashkil etilgan shirkat xo‘jaliklari dehqonlaming inoddiy manfaatdorligini oshirgan bo‘lsada, bozor munosabatlari talablariga loTiq javob bera olmadi. Ayrim holatlarda esa shirkat xo‘jaliklarini tashkil ctishda tashkiliy-iqtisodiy tomondan ma’lum kamchiliklarga yo‘1 qo‘yildi. Shu sababli mamlakatimiz hukumati tomonidan qishloq xo‘jaligiga samarali, dehqonlarda haqiqiy mulkdorlik hissini uyg'otadigan, ulaming iqtisodiy ctkinligini ta’minlaydigan xo'jalik yuritish shakllarini joriy etishga e'tibor qaratildi. Awalo, dehqonning ishlab chiqarishga va mulkka egalik hissining ortishi, eikin iqtisodiy faoliyat yuritishi, daromad olishi, uni o‘z xohishiga kc‘ra inustaqil taqsimlash hamda tasarraf etish imkoniyati yaratildi. Respublika agrar sohasida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari boshqa subyektlarga nisbatan amaliyotda o‘zining bir qancha ijobiy ustunliklarini ko'rsatdi va shu sababli l'ermer xo‘jaliklariga istiqbolli xo'jalik yuritish shakli sifatida juda katta e’tibor qaratildi. 1998-yil 30-aprelda 0 ‘zbekiston Respublikasining «Fermer xo'jaligi to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilingan boTib, u 36 moddadan iborat. Ushbu qonunning yangi tahriri 2004-yil 26-avgustda qabul qilindi. «Fermer xo'jaligi to‘g‘risida»gi Qonunning 3-moddasida fermer xo'jaligiga quyidagicha ta’rif berilgan: fermer xo‘jaligi - ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektdir.
27


Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida fermer xo'jaliklari faoliyatining rivojlanishi hamda samaradorligining oshishi ta'minlanmoqda. Chunonchi, respublikamizda 2008-yiI 1-yanvar holatiga 217,1 mingta fermer xo'jaliklari faoliyat yuritgan boiib, ularda 1621,4 ming kishi band edi. Fermer xo'jaliklariga 5787,8 ming gektar yer uzoq muddatga ijaraga berilgan boiib, bir fermer xo‘jaligiga o‘rtacha 26,7 gektar yer to'g'ri kelar edi.
Mamlakatimizda fermer xo‘jaliklari faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari 2.1-jadvalda keltirilgan.
2.1-jadval

Download 21,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish