8.4. Qishloq xo‘jaligiga investitsiyaiarni jalb etish ko‘lamini va samara- doriigini oshirish yo‘Ilari.
Agrar sohaga jalb qilingan investitsiyalar samaradorligini oshirish qishloq infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va aholi turmush farovonligini oshirish imkonini beradi. Buning uchun agrar sohaga jalb qilinadigan investitsiyalami moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish talab etiladi. Mamlakatimizdagi va chet ellik iqtisodchi olimlar tomonidan agrar sohani investitsiyalash samaradorligini oshirish masalalari tadqiq qilingan. Agrar sohadagi investitsiyalami moliyalashtirish va kreditlash mexanizmining ayrim nazariy va amaliy jihatlari iqtisodchi olimlarimizdan AAvliyaqulov, A.Boymuratov, A.Vahabov, D.G‘ozibekov, S.Umarov, E.Shodmonovlarning ilmiy izlanishlarida tadqiq qilingan. A.Vahobov ilmiy tadqiqotlariga asoslangan holda, agrar sohani investitsiyalash jarayoni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quwatlanishi shart degan xulosaga kelgan. E.Shodmonov esa, qishloq xo‘jaligi korxonalari moliyaviy holatining beqarorligi, investitsion xarajatlami moliyalashtirish manbalaridan foydalanish imkoniyatining cheklanganligi sharoitida lizing asosida investitsiyalami moliyalashtirish amaliyotini kuchaytirish maqsadga muvofiqligini asoslab bergan. Xorijlik iqtisodchi olimlardan A.Yemelyanov agrar sohaga sarflangan investitsiyalar samaradorligiga salbiy ta’sir etuvchi asosiy omil sifatida baholar o‘rtasidagi nomutanosiblikni ko‘rsatadi. Uning fikriga ko‘ra, qishloq xo'jalik mahsulotlari baholarining o‘sish sur’ati agrar soha ehtiyojlari uchun zamr bo'lgan resurslar baholarining o‘sish sur’atidan sezilarli orqada qolayotganligi investitsiyalash uchun zarur bo‘lgan mablag‘lami jamg‘arish imkonini bermayapti.
179
Respublikamizdagi siyosiy-iqtisodiy barqarorlik qishloq xo‘jaligiga investitsiyalar jalb etilishiga imkoniyat bermoqda. Uning rivojlanishini ta’minlash maqsadida investitsion siyosatning huquqiy asoslari ham barpo etilgan. Ulaming mavjudligi so'nggi yillarda tarmoqqa ma'lum miqdorda investitsiyalar sarflanishini ta’minlamoqda.
So‘nggi yillarda respublika iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan investitsiyalaming 3-4 foizi qishloq xo‘jaligiga sarflangan. Bu mavjud imkoniyatlarga nisbatan lcarn. Shuning uchun kelajakda bu investitsion holatni qishloq xo‘jaligi foydasiga o‘zgartirish maqsadga muvofiqdir. Xuddi shunday holatni xorijiy investitsiyalami jalb etish jarayonida ham kuzatish mumkin. Chet el investitsiyalarini qishloq xo‘jaligiga jalb etish bo‘yicha ham holat talab darajasida emas. Bu boradagi ishlami jonlantirish va shu orqali qishloq joylarda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan qayta ishlovchi korxonalar sonini ko‘paytirish maqsadga muvofiqdir. Bu orqali nafaqat tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmi ortadi, balki qishloq aholisini ish bilan ta'minlashga ham erishiladi.
Investitsiyalami amalga oshirishda xo'jaliklaming o'zlari tomonidan sarflangan mablag'lar ham muhim ahamiyatga ega. Ulaming mablagiari hisobidan qishloq xo‘jaligiga sarflanayotgan investitsiyalaming 35-40 foizga yaqini shakllantirilmoqda. Bu bozor iqtisodiyoti talabiga mosdir. Xo‘jaliklar investitsiyalarni amalga oshirish uchun bank kreditlarini ham keng miqyosda jalb etmoqda.
Davlat byudjetidan ham qishloq xo‘jaligini investitsiyalashga mablag‘lar sarflanmoqda. Bunda “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” davlat Dasturi, 2008-2012-yillarga moijallangan yerlaming meliorativ holatini yaxshilash dasturi va boshqa shu kabi dasturlar shaklida byudjetdan mablagiar ajratilmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat ahamiyatiga molik boigan yo'nalishlarni rivojlantirishda davlat byudjetidan ajratiladigan mablagiaming ahamiyati katta. Masalan, respublikamizdagi jami sug'oriladigan yerlaming 49 foizga yaqini turli darajada sho‘rlangan. Kelajakda yerlaming holatini yaxshilash uchun davlat byudjetidan investitsiyalar koiamini kengaytirish maqsadga muvofiqdir. Sarflanadigan investitsiyalar natijasida yerlaming meliorativ holati yaxshilanib, suv bilan ta'minlanganlik darajasi yuksalmoqda, ishlab chiqarishning mexanizatsiyalashtirilishi, kimyolashtirilishi tufayli ekinlar hosildorligi oshmoqda. Natijada ekinlaming yalpi hosili ham ko‘paymoqda. Bu hol qishloq xo'jaligi yalpi mahsuloti miqdori hamda qiymati oshishini ta'minlamoqda. Bulaming hammasi qishloq xo‘jaligiga sarflanayotgan investitsiyalaming iqtisodiy samaradorligi yuksalishini ta'minlamoqda.
Kelajakda qishloq xo'jaligining moddiy-texnika bazasini talab darajasida barpo etish, mehnat resurslarining bilimlarini, malakalarini, tajribalarini oshirish uchun investitsiyalar sarflashni izchil davom ettirish lozim.
180
Qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun, avvalo, davlat hamda mahalliy byudjetlardan ajratilayotgan investitsion mablag‘lami o‘z vaqtida o‘zlashtirishga erishish kerak. Shu bilan birga tarmoq, koi-xonalar iqtisodiyotini yuksaltirish orqali ulaming faoliyatini kelajakda investitsiyalash uchun ko‘proq mablag' ajratilishini ta’minlashga alohida e'tibor berish maqsadga muvofiqdir. Bunda korxonalar ixtiyoridagi fondlaming mablag'laridan ham oqilona foydalanishga harakat qilish kerak. Chunki ular investitsiyalar ko'lamini kengaytirishning real manbalari hisobanadi.
Qishloq xo‘jaligiga talabni qondiradigan darajada investitsiyalar sarflanishini kelajakda ishonchli ta’minlash uchun investitsiyalami amalga oshiruvchi yuridik hamda jismoniy shaxslar ko‘lamini kengaytirish talab etiladi. Ular respublikamiz yoki chet davlatlardan bo'lishi mumkin, ulami qishloq xo'jaligidagi investitsion jarayonga faolroq jalb etishga alohida e’tibor berish lozim.
Ma'lumki, jahon andozalariga javob beradigan va dunyo bozorlarida xaridorgir mahsulot ishlab chiqarish uchun xorijiy investitsiyalami, birinchi navbatda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalami jalb etish bo'yicha qulay shart- sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur vazifalami amalga oshirishda esa erkin iqtisodiy zonalar yetakchi o‘ringa ega. Zero, bunday erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish innovatsion faoliyatni qo‘llab-quwatlash, ilg'or texnologiyalami joriy qilish, eksport faoliyatini kengaytirish uchun qulay infratuzilma yaratish, transport va telekommunikatsiya inftatuzilmasini jadal rivojlantirishda ham ayni muddaodir. Shu boisdan bugungi kunda dunyoning aksariyat davlatlari, xususan Xitoy, AQSh, Fransiya, Janubiy Koreya, Meksika, Vengriya, Bolgariya kabi mamlakatlarda hududiy-geografik va boshqa qulayliklardan kelib chiqqan holda, erkin iqtisodiy zonalami tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Birgina o‘tgan asr 90-yillarining o'rtalarida dunyoda 1200 ga yaqin erkin iqtisodiy zonalaming har xil turlari faoliyat ko‘rsatgan. Chunki bunday erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishdan asosiy maqsad - mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el investitsiyasini, istiqbolli texnologiya hamda boshqamv tajribasini jalb etish orqali uning sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport-tranzit va ijtimoiy sohani rivojlantirish barobarida, zamonaviy bozor infratuzilmalarini tashkil etishdan iboratdir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-dekabrdagi “Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etildi. Mazkur Farmonda erkin industrial-iqtisodiy zonada xo‘jalik yurituvchilarga tatbiq qilinadigan alohida bojxona, valyuta va soliq rejimlari, 0 ‘zbekiston Respublikasi hududiga norezident fuqarolaming kirishi, hududda bo‘lishi va chiqib ketishining, shuningdek, ular tomonidan mehnat faoliyatining amalga
181
oshirilishi uchun ruxsatnomalar olishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilishi nazarda tutilgan. Ushbu erkin industrial-iqtisodiy zonaning faoliyat ko‘rsatish muddati 30 yilni tashkil etadi va bu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin. Bundan tashqari, erkin industrial-iqtisodiy zonada ro'yxatdan o‘tgan xo'jalik yurituvchi subyektlar ularga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmiga qarab soliq bo'yicha va boshqa imtiyozlarga ega.
Mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish va ular faoliyatiga doir munosabatlar esa 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi. Ushbu qonunga 2009-yil 23-sentabrda ayrim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Mazkur qonunning “Erkin iqtisodiy zonani tuzish” deb nomlangan 3-moddasida erkin iqtisodiy zona 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etilishi, erkin iqtisodiy zonaning maqomi, shuningdek, uning qancha muddatga tashkil etilishi mazkur hujjat bilan belgilanishi, erkin iqtisodiy zonaning chegaralari 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi, erkin iqtisodiy zonaning faoliyat ko'rsatish muddatini uzaytirish belgilangan muddat tugashidan kamida 3 yil oldin 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshirilishi ko'rsatib o‘tilgan. 4-moddaga binoan esa, erkin iqtisodiy zonaning maqomi uni tashkil etish to‘g‘risidagi qarorda belgilangan muddat tugaganda hamda unda nazarda tutilgan maqsad va vazifalar bajarilmaganda tugatilishi belgilangan. Ushbu qonunning 6-moddasiga muvofiq, erkin iqtisodiy zonalar mamlakatimizda erkin savdo zonalari, erkin ishlab chiqarish zonalari, erkin ilmiy-texnikaviy va boshqa zonalar tarzida tuziladi. Qonunning 7-moddasiga ko‘ra, erkin ishlab chiqarish zonalari - tadbirkorlikni rag'batlantirish, iqtisodiyotning ustun tarmoqlariga chet el investitsiyalarini jalb etish, istiqbolli texnologiyalami jalb etish maqsadida xo'jalik-moliyaviy faoliyatning alohida tartiboti joriy etiladigan hududlar bo‘lib, u o‘z ichiga eksportga moijallangan ishlab chiqarish zonalarini, agropolislami, tadbirkorlik zonalarini va boshqa erkin zonalami qamrab oladi. Albatta, erkin ishlab chiqarish zonalarida iqtisodiyotning ustun tarmoqlariga chet el investitsiyalarini jalb qilish orqali istiqbolli texnologiyalar joriy etiladi, pirovardida mahalliy xomashyolar asosida eksportbop mahsulotlar ishlab chiqariladi. Erkin iqtisodiy zonaning mazkur turi bugungi kunda Osiyoning 20 ga yaqin davlatida, Lotin Amerikasidagi aksariyat davlatlarda, shuningdek, Vengriya, Ruminiya, Buyuk Britaniya va AQShda uchraydi.
Mazkur Farmonga asosan erkin iqtisodiy zona mamlakatimizda ilk
marotaba industrial-iqtisodiy zona ko‘rinishida tashkil etildi. Eng muhimi, uning hududidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining asosiy yo‘nalishi
- zamonaviy xorijiy yuqori unumli asbob-uskunalar va texnika, texnologik liniyalar hamda modullar, innovatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga
182
yuqori texnologiyali, jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlami keng ko‘lamda ishlab chiqarishdan iborat etib belgilangan. Shu boisdan qonunning 7-moddasida erkin industrial-iqtisodiy zona ham erkin ishlab chiqarish zonalar turlaridan biri sifatida nazarda tutildi. Qonunning “Erkin iqtisodiy zonaning boshqamv organlari” deb nomlanadigan 20-moddasida bu hudud faoliyati erkin iqtisodiy zonaning ma'muriy kengashi tomonidan muvofiqlashtirilishi hamda zona direksiyasi erkin iqtisodiy hududning operativ boshqamv organi ekanligi ko'rsatib o'tilgan. “Erkin iqtisodiy zonaning ma'muriy kengashi” nomli 21- moddasida esa ma’muriy kengash 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tuzilishi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Ma'muriy kengashning vakolatlari qatoriga erkin iqtisodiy zonada joylashtirish uchun investorlar tanlovini amalga oshirish ham kiritilgan.
Investitsiyalami amalga oshirishda banklarning ko‘lamini kengaytirishga erishish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun zarur barcha huquqiy, iqtisodiy shart-sharoitlar yaratib berilgan. Shu bilan birga qishloq xo'jaligi korxonalari tomonidan tuziladigan turli birlashmalar, jumladan agrofirmalar, kredit uyushmalari va boshqa shu kabilaming ham imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadga muvofiq. Chunki, bir nechta fermer xo‘jaliklari birikib agrofirma tashkil etishi ulaming investitsion imkoniyatlarini kengaytiradi.
Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligini investitsiyalash jarayoniga turli xildagi banklaming, investitsiya, lizing va sug‘urta kompaniyalarining, ishlab chiqarish konsemlarining, savdo va boshqa korxona hamda tashkilotlaming mablag'larini jalb etish lozim. Buning uchun ularga davlat hamda qishloq xo‘jaligi tomonidan ma’lum darajada iqtisodiy imtiyozlar yaratilishi zarur. Shundagina ular o‘z mablag‘larini qishloq xo‘jaligigayo‘naltirishi mumkin.
Qishloq xo'jaligiga xorijiy investitsiyalami jalb qilishda quyidagilarga e’tibor berish lozim:
- qishloq hududlarida investitsiya infratuzilmasini rivojlantirish - avtomobil va temir yo'llari, uzluksiz elektr, gaz va suv ta'minoti, sifatli aloqa xizmati, banklar, sug‘urta kompaniyalari va boshqa shu kabilar faoliyatini rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ulaming ishtirokini samarali yo‘lga qo'yish;
- qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning biznes ko‘nikmalari, shu jumladan, investitsiya loyihalari bilan ishlash tajribasini shakllantirish va huquqiy bilimlarini oshirish - hududlarda konsalting, marketing va yuridik xizmat ko‘rsatuvchi markazlar tashkil etish va faoliyatini rivojlantirish;
- qishloq xo‘jaligida investitsiya takliflari va loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslarini sifatli ishlab chiqishga e'tibor berish - tadbirkorlarga investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda tijorat banklari, hududlardagi savdo-sanoat
183
palatasi va boshqalar tomonidan amaliy yordam ko'rsatilishini mahalliy hokimliklar tomonidan tashkil etish va doimiy nazoratga olish;
- xorijiy investorlami mamlakatimiz qishloq xo'jaligi to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar bilan ta'minlashni tashkil etish - xorijiy investorlami to‘laqonli ravishda axborot (investitsiya loyihalari va biznes takliflar bazasi, turli bukletlar, hududiy matbuot nashrlari, xomashyo va mehnat salohiyati to‘g‘risidagi hamda yaratilgan imkoniyatlar haqidagi ma'lumotlar) bilan ta'minlash, maxsus veb-portal tashkil etish, shuningdek, investitsiya faoliyatiga oid konferensiyalar, seminarlar va respublika hududida hamda xorijiy mamlakatlarda taqdimotlar o‘tkazish.
Barcha manbalardan shakllanayotgan investitsiya mablag‘larini qishloq xo‘jaligida quyidagilarga sarflash maqsadga muvofiqdir:
■ foydalanilayotgan yerlaming unumdorligi yuksalishini ta’minlaydigan tadbirlar majmuasini bajarishga;
» yangi yerlami kompleks o‘zlashtirishga;
» tarmoqda fan va samarali texnologiyalami rivojlantirishga;
■ irrigatsiya, melioratsiya inshootlarini qurishga, mavjudlarining ishga yaroqliligini ta'minlash maqsadida ta’mirlashga;
» sug‘orishning zamonaviy, tejamkor usullarini joriy etishga;
» yangi, samarali traktorlami, mashinalami, kombaynlami sotib olish va mavjudlarini ta'mirlashga;
■ ishlab chiqarish bino-inshootlarini qurishga, mavjudlarini ta'mirlashga;
» ko‘p yillik daraxtzorlar, bog‘zor, tokzorlar yaratishga;
■ mahsuldor chorva hayvonlarini talab darajasida ko'paytirishga;
» tarmoqni barcha ishlab chiqarish vositalari bilan ta'minlash, ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalashtirish, kimyolashtirishni hamda elektrlashtirishni ta’minlashga;
■ mehnat resurslarining bilimini, malakasini yuksaltirishga;
■ ijtimoiy sohalami rivojlantirish va boshqa shu kabilarga.
Barcha yo'nalishlar bo‘yicha qishloq xo‘jaligiga sarflanayotgan investitsiyalaming maqsadga muvofiq yo‘naltirilishi ta'minlanishi kerak. Shunda yalpi investitsiyalar sof investitsiyaga aylanadi. Ya'ni foydalanish mumkin boigan ishlab chiqarish resurslari ko‘payadi. Ulardan oqilona, samarali foydalanish natijasida qishloq xo‘jaligining yalpi mahsuloti, yalpi va sof daromadi ortadi. Bu investitsiyalaming iqtisodiy samaradorligi yuksahshini ta’minlaydi.
184
Qisqacha xulosalar
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish fondlari uchun sarflangan mablag‘lar investitsiya deyiladi. Ma’lum belgilariga qarab investitsiyalar turlarga ajratiladi.
Qishloq xo'jaligini ishlab chiqarish resurslari bilan talab darajasida ta'minlash, ularni takror ishlab chiqarish uchun investitsiyalar jalb etilmoqda.
Investitsiyalar tufayli tarmoqda fan-texnika taraqqiyoti jadallashmoqda, uning yutuqlaridan foydalanish jarayoni rivojlantirilib, ilg‘or texnologiyalar joriy etilmoqda. Investitsiyalar korxonalaming o‘z mablagiari hamda chetdan jalb etilayotgan mablagiar evaziga amalga oshirilmoqda. Mustaqillik yillarida qishloq xo'jaligiga jalb etilayotgan mablagiar summasi ortib bormoqda.
Investitsiyalardan foydalanishning mutlaq hamda qiyosiy samaradorligini tarmoq, korxona va yo'nalishlar bo'yicha aniqlash maqsadida muayyan ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish lozim.
Qishloq xo‘jaligiga jalb etilayotgan investitsiyalar miqdori, iqtisodiy samaradorligi mavjud imkoniyatlar darajasida emas. Kelajakda investitsiyalarni talab darajasida jalb etish va ulardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun investitsiyalar manbalarini kengaytirishga erishish, investitsiyalar jalb etishda zarur infratuzilmani rivojlantirish, xorijiy investitsiyalami keng jalb etish, investitsiyalardan maqsadga muvofiq, samarali foydalanishga erishish kerak.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Investitsiya deganda nimani tushunasiz?
2. Investitsiyaning kapital qo‘yilmadan qanday farqi bor?
3. Yalpi va sof investitsiya nima? Ular bir-biridan qaysi jihatlariga ko‘ra farqlanadi?
4. Investitsiyalar qanday turkumlashtiriladi?
5. Investitsiyalaming qanday manbalari mavjud?
6. Investitsiyalar qanday maqsadlarga sarflanadi?
7. Investitsiyalaming tarmoq va xo'jalik miqyosidagi mutlaq iqtisodiy samaradorligi qanday ko'rsatkichlaryordamida aniqlanadi?
8. Investitsiyalami joriy etishda erkin iqtisodiy zonalaming qanday ahamiyati bor?
9. Investitsion muhit nima?
10. Investitsiyalami qanday maqsadlarga yo‘naltirish maqsadga muvofiq?
11. Qishloq xo'jaligiga investitsiyalami jalb etishning qanday yo'nalishlari mavjud?
185
12. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida investitsiyalarni yanada kengroq jalb etish uchun qanday tadbirlar amalga oshirilmoqda?
Do'stlaringiz bilan baham: |