Urmaiov N. J



Download 21,58 Mb.
bet59/134
Sana31.05.2022
Hajmi21,58 Mb.
#621665
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   134
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

7.5-chizma.

Aholi turmush darajasini oshirish va farovonligini yuksaltirishda ijtimoiy infratuzilma xizmatlarining ham roli beqiyosdir. Shvmga ko‘ra, mamlakatimizda ushbu sohani rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Keyingi yillarda respublikamizda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish borasida ahamiyatli yutuq va muvaffaqiyatlarga erishilmoqda.


2009-yilda qishloq joylarda infratuzilmaning rivojlantirilishi bo‘yicha ijobiy ishiar amalga oshirildi (7.3-jadval).
7.3-jadvaI
2009-yilda qishloq joylarda infratuzilmaning rivojlantirillshi
Ko‘rsatkich Reja Amalda Bajarilishi, foizda
Tabiiy gaz ta'minoti, km 180,4 197,2 109,3 Ichimlik suv tarmoqlari quvurlarini
qurish, km 1168 1665 142,6
QAP ichimlik suv ta’minoti obyektlarini
rekonstruksiya qilish, QAP 304 366 120,4
Obodonlashtirish boshqarmalarini
maxsus texnikalar bilan jihozlash. dona 2086 2100 100,7
1991-yilgacha qurilgan ko‘p qavatli
uylami mukammal ta'mirlash, dona 125 134 107,2


152


Jadval ma’lumotlaridan ko'rinadiki, 2009-yil davomida qishloq joylarda 197,2 km uzunlikdagi tabiiy gaz, 1665 km uzunlikdagi ichimlik suv tarmoqlari quvurlarini tortish, 366 ta qishloq aholi punktlarida (QAP) ichimlik suv ta'minoti obyektlarini rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish boshqarmalarini 2100 dona maxsus texnikalar bilan jihozlash, 134 ta ko‘p qavatli uylami inukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.
Mamlakatimizda elektr ta'minoti tizimini rivojlantirish bo'yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2009-yilda bir nechta kichik stansiyalami o‘z ichiga olgan “Yangi Angren-0‘zbekiston“ elektr uzatish liniyasi va “G‘uzor-Surxon” yuqori voltli elektr uzatish liniyasini qurish bo'yicha strategik investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida mamlakatimizda yagona elektr tizimini tashkil etish ishlari yakunlandi.
Aholining turmush farovonligi uchun zarur ijtimoiy infratuzilma obyektlaridan biri - bu aloqa xizmatidir. “0 ‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida bir qator ibratli ishlami amalga oshirdi. Jumladan, tespublikamiz hududlaridagi 72 ta analog qishloq telefon stansiyalari rekonstmksiya qilinib, mavjud ijtimoiy muassasalar to‘liq telefonlashtirilishi ko‘zda tutilgan. Hozirda mamlakatimizdagi shifoxonalarning 96,8 foizi, akademik litseylaming 98,4 foizi, kasb-hunar kollejlarining 92,6 foizi, maktab va bolalar bog‘chalarining 70,0 foizi zamonaviy aloq tizimidan samarali foydalanmoqda. Kompaniyaning “Qishloq joylarida simsiz aloqadan foydalanish tarmog‘ini kengaytirish” loyihasi doirasida respublikamiz shimoliy hududlarida qo‘shimcha ravishda 20 ta baza stansiyasi ishga tushirildi.
Aholi turmush farovonligini oshirishning muhim ko‘rsatkichlaridan biri sifatida uy-joylami qurish va foydalanishga topshirish ishlarining jadallashuvi natijasida yillar davomida umumiy uy-joy fondi hajmi oshib bormoqda. 2002- yil holatiga uy-joy fondi 360,9 mln. kv.m dan iborat bo‘lsa, 2006-yilga kelib bu ko‘rsatkich 386,9 mln. kv.m ga, o'rtacha har bir yashovchiga hisoblaganda esa 14,3 kv.m dan 14,6 kv.m ga qadar oshgan.
Ijtimoiy soha obyektlari qatorida ta'lim muassasalarining ham ahamiyati katta. Mamlakatimizda ta'lim muassasalarini rivojlantirish, ulaming mazmunini sifat jihatidan takomillashtirish borasida ahamiyatli ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bundan tashqari, dunyoning hech qaysi mamlakatida kuzatilmaydigan uch bosqichli sport musobaqalari tashkil etilgan bo‘lib, bu o‘quvchi va talabalami, umuman yoshlarimizni sportga ommaviy jalb etishda yuqori samara beruvchi tizimga aylandi. Shu maqsadlarda ko‘p!ab sport inshootlari barpo etilmoqda. Qishloq joylarida ta’lim tizimi va bolalar sporti moddiy-texnik negizini mustahkamlash maqsadida ko'plab obyektlar ishga tushirilmoqda. Bu esa qishloqlarimizdagi yoshlaming


153


keng va yorug* binolarda, zamonaviy jihozlar bilan ta'minlangan o‘quv xonalari va laboratoriyalarda bilim olishlari hamda sport bilan shug'ullanishlari uchun moddiy asos yaratadi.
2010-yilda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash, shuningdek, maktablaming moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish yakuniga yetkazildi.
Umuman olganda, 2005-2010-yillar davomida 7 ming 800 dan ortiq umumta’lim muassasasi, qariyb 1 ming 500 ta kasb-hunar kolleji va akademik litsey barpo etildi va rekonstruksiya qilindi. Faqat 2010-yilda maktablar, kasb- hunar kollejlari va litseylarda 2 ming 300 tadan ziyod kompyuter texnikasi va multimedia uskunasi o‘matildi.
Unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy jihatdan tarbiyalash va bolalar sportini rivojlantirishga qaratilgan dastumi amalga oshirish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirildi. Buning natijasida faqat 2010-yilning o‘zida 72 ta sport inshooti, 27 ta suzish havzasi foydalanishga topshirildi, umumiy qiymati 3 million AQSh dollariga teng bo'lgan sport inventarlari va uskunalar ioylarga yetkazib berildi.
Bugungi kunda umumta'lim maktablari o‘quvchilarining har uch nafaridan biri turli seksiya va to'garaklarda sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda.
2010-yilda yosh avlodning ijodiy qobiliyati va ma'naviyatini yuksaltirishga qaratilgan musiqa va san'at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha qabul qilingan dastumi amalga oshirish boshlandi. Agar 2009-yilda oltita musiqa va san’at maktabi qurilgan va rekonstruksiya qilingan bo‘lsa, 2010-yilda 46 ta ana shunday maktab foydalanishga topshirildi. Ulaming qurilishiga 51 milliard so'mdan ortiq kapital mablag‘ yo‘naltirildi.
Ma'lumki, 2008-yil 5-dekabr kuni 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 16 yilligi munosabati bilan o‘tkaziigan tantanali yig‘ilishda Prezidentimiz tomonidan 2009-yil «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» deb e’lon qilindi. Prezidentimiz o‘z ma'mzalarida qishloqda taraqqiyot va farovonlikni ta’minlashning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdilar:
- qishloqda turmush darajasini oshirish;
- qishloq ahlining manfaatlarini yanada to‘liq ta'minlashga qaratilgan huquqiy bazani mustahkamlash;
- qishloq joylardagi infratuzilma tarmoqlarini yanada rivojlantirish;
- qishloq hayotining saviyasi va madaniyatini yangi pog‘onaga ko‘tarish;
- qishloq aholisi, eng avvalo, yoshlami ish bilan ta'minlash, odamlaming daromadi va farovonligini oshirish;


154


- qishloq xo'jaligidagi islohotlami chuqurlashtirish, fermerlik harakatini qoilab-quwatlash;
- qishloqda mulkdorlar, tadbirkor va ishbilarmonlarning manfaatlarini himoyalash;
- yer, tuproq unumdorligini doimiy ravishda oshirish, yeming meliorativ holatini yaxshilash7.
Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha chora-tadbirlami izchil va tizimli amalga oshirish maqsadida «Qi$hloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturi ishlab chiqildi hamda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 26- yanvardagi PQ-1046 sonli Qarori asosida kuchga kiritildi. Dasturda o'tkaziladigan chora-tadbirlar, bajarilish muddatlari, xarajatlar va ulami moliyalashtirish manbalari, chora-tadbirlarni amalga oshirish shakllari, mexanizmlari va kutiladigan natijalar to‘liq ko‘rsatib berilgan. Dastuming asosiy yo'nalishlari 9 ta boiim , 105 ta bandda o'z ifodasini topgan.
«Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturining prinsipial ahamiyatga ega boigan asosiy yo‘nalishlariga biri —qishloqlarimizda hayot sifatini tubdan yuksaltirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlami amalga oshirishdir.
Qishloq joylarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va shu asosida qishloqlarimiz qiyofasini tubdan o‘zgartirish maqsadida 2009-yilning yanvar oyida 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qishloqlarimizning zamonaviy arxitektura nuqtai nazaridan rejalashtirilishi, qishloq joylarda uy-joy va ijtimoiy obyektlar qurilishini loyihalashtirish va bunyod etish tizimini takomillashtirish,
«Qishloqqurilishloyiha» institutini tashkil etish bo‘yicha qarori qabul qilindi.
«Qishloqqurilishloyiha» instituti tomonidan hozirga qadar 2 xonadan 5 xonagacha bo‘lgan zamonaviy uy-joylar, maishiy xizmat ko'rsatish obyektlarining namunaviy loyihalari ishlab chiqildi. Bu ishga respublikamizdagi ko'zga ko‘ringan, yuqori malakali mutaxassislar jalb etilib, yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi bo‘yicha 22 ta, ijtimoiy obyektlar bo‘yicha esa 16 ta namunaviy loyiha tasdiqlanib, qurilishga tavsiya qilindi.
Qurilish ishlarini amalga oshirish maqsadida «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi, ulami moliyalashtirish uchun zarur mablag'lami jalb etish maqsadida «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik-tijorat banki tashkil etildi. Qishloq joylarda qurilish ishlarini olib borish uchun 2009-yilning o‘zida mazkur bank orqali qariyb 60 milliard so‘m mablag* yo‘naltirilgan bo'lsa, 2010-yilda qo'shimcha ravishda yana salkam 530 milliard so‘m mablag' yo‘naltirish ko‘zda tutilgan edi.

' Prezident Islom Karimovning 2008-yil 5-dekabrdagi 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 16 yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilishda so'zlagan ma'ruzasi.


155


Bunday keng koiamli ishlami bajarish uchun 2009-yil davomida mamlakatimizda 906 ta ixtisoslashtirilgan qurilish-ta’mir!ash tashkiloti tuzildi va ular yuqori malaka va tajribaga ega boigan mutaxassis kadrlar bilan ta’minlandi.
Qishloqdagi qurilish sarf-xarajatlarining bir qismi uy-joylaming bo‘lg‘usi egalari mablagiari hisobiga, aksariyat qismi aholiga «Qishloq qurilish bank» tomonidan beriladigan uzoq muddatli (15 yilgacha) imtiyozli kredit hisobidan qoplanadi.
«Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat banki - qishloq qiyofasini va qishloq aholisining uy-joy sharoitlarini sifatli yaxshilash, qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, uy-joy qurilishini uzoq muddatli imtiyozli kreditlash tizimini keng joriy etish maqsadida hamda
«Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturiga muvofiq 2009-yil 30-
martda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq sobiq
«G‘allabank» aksiyadorlik tijorat binki negizida tashkil etildi.
Shimingdek, qishloqlarda bolalar bog'chalari, umumta’lim va musiqa maktablari, sport inshootlari, tibbiyot muassasalari, maishiy xizmat obyektlari, ravon yo'llar, zamonaviy turar-joy mavzelarini kompleks barpo etish rejalashtirilgan.
Qurilish ishlarini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish ko‘p jihatdan qurilish materiallariga bog‘liq. Shunga ko‘ra, 2009-yilda qurilish materiallaii ishlab chiqaradigan 31 ta ishlab chiqarish quvvati, jumladan, 2 million kvadrat metr zamonaviy tom yopish materiallari ishlab chiqaradigan 6 ta korxona, shuningdek, gips, alebastr, gipsokarton kabi qurilish va pardozlash materiallari, yig‘ma konstruksiyalar tayyorlaydigan yangi korxonalar foydalanishga topshirildi. Shular qatorida yiliga 81 million dona g'isht ishlab chiqarish quwatiga ega boigan 12 ta yangi zavod ishga tushirildi.
Ijtimoiy yo'naltirilgan davlat siyosatining bosh ustuvorligini inson manfaatlari tashkil etuvchi mamlakatimizda uy-joy qurilishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bunda davlatimiz rahbari Islom Karimovning 2009-yil 29- yanvarda qabul qilingan “Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha pudrat ishlarini kengaytirishni rag'batlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2009-yil 19-iyundagi “Devorbop materiallar ishlab chiqarishni kengaytirishni rag‘batlantirish va sifatini yaxshilash borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda 2009-yil 3-avgustdagi “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorlari muhim omil bo'lmoqda.
Qishloqda aholi joylari arxitekturasi va qurilishni loyihalashtirishni tubdan takomillashtirishda namunali qishloq uy-joylari va ijtimoiy obyektlarini


156


qurish loyihalarini tabiiy iqlim sharoitini hisobga olgan holda ishlab chiqish muhim hisoblanadi. Bu borada namunali uy-joylar loyihalarini eksperiment sifatida Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani, Andijon viloyatining Buloqboshi tumani, Qoraqolpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida yangi ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida amalga oshirilgani e’tiborga molikdir. 2009-yilning 7-10-sentabr kunlari Toshkent shahridagi
« 0 ‘zekspomarkaz»da qishloq aholisi uchun yakka tartibdagi uy-joylaming loyihalari va qurilish materiallarining ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi boTib o‘tdi. Mazkur ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma 0 ‘zbekistonning qurilish sanoatida ham yirik voqea boTib, unda qurilish materiallari va jihozlarini ishlab chiqaruvchilar, ulgurji va chakana savdo kompaniyalari, me'moilar, loyihachilar, mamlakatimizning qishloq tumanlari vakillari ishtirok etdi. Unda arxitektura va dizaynning eng ilg'or talablariga javob beradigan, hududlaming mahalliy sharoitlariga va an’analariga mos qishloq uylari, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari loyihalari namoyish etildi. Ular “Qishloqqurilishloyiha” loyiha-qidimv instituti mutaxassislari tomonidan zamonaviy qurilish materiallari va texnologiyalarini qoTlashni, shuningdek, hududning tabiiy-iqlim sharoitini va relyefini, mamlakat hududlari rivojlanishining ijtimoiy-demografik jihatlarini hisobga olgan holda ishlab cbiqilgan. Ko‘rgazma ishtirokchilari qishloqlami obodonlashtirishga doir loyihalami kreditlash, moliyalash va amalga oshirishning optimal mexanizmini joriy etish bilan shug‘ullanuvchi “Qishloq qurilish bank” ATB faoliyati bilan ham tanishdilar. Bunday ko'rgazmalar respublikamiz viloyatlarida ham tashkil etildi.
Uy-joy qurilishi ishlarini jadallashtirish, ulami izchil amalga oshirish
maqsadida xususiy qurilish uyushmalari faoliyatini tashkil etishni yoTga quyish muhim tadbirlardan hisoblanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy- joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstiuksiya qilish va ta'mirlash bo'yicha pudrat ishlarini kengaytirishni rag'batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2009-yil 29-yanvardagi 1051- sonli qarorini bajarish yuzasidan aholiga hamda foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida uy-joy fondi obyektlarini rekonstruksiya qilish, qurish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirayotgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlariga qulay sharoitlar yaratish, bozomi yanada kengaytirish hisobiga arzon narxlardagi qurilish materiallariga boTgan talabni qondirish maqsadida 2009- yil 28-martda 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Turar joy va kichik biznes obyektlari uchun qurilish materiallari sotish bo‘yicha firma do‘konlari tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi 87-sonli qarori qabul qilindi. Mahalliy xomashyolardan sifatli va arzon qurilish materiallari ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil etishga katta e'tibor berilmoqda. Shu asosda
157


qishloq joylarda bajariladigan qurilish-ta’mirlash ishlarining tannarxini arzonlashtirishga erishish, aholining ish bilan bandligini oshirish ko‘zlangan.
Bulardan ko'zlangan asosiy maqsad, ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar asosida qishloqlarimizda zamonaviy aholi turar joylari va boshqa obyektlar qurilishini amalga oshirish, qishloqlarimizning qiyofasini zamonaviylashtirish, qishloq aholisi uchun munosib turmush sharoitlari yaratib berish, qishloq infratuzilmasini rivojlantirishdir. Bu «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» davlat Dasturining asosiy yo‘nalishlaridan biridir.
2009- yilda respublikamiz bo'yicha qishloq xo'jaligi va o‘rm
yerlari toifasiga kirmaydigan 42 ta yer massivlari tanlab olindi va namtmaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilib, foydalanishga topshirildi. 2009-yilda namunaviy loyihalar bo‘yicha qishloq aholi punktlarida yakka tartibda uy-joy qurilishini kreditlash uchun 65,5 mlrd. so‘m ajratildi.
Surxondaryo viloyatida ham 2009-yilda 3 ta tanlab olingan yer massivlarida 60 ta yakka tartibdagi uy-joylar qurildi. Ushbu uylaming umumiy qiymati 3741550,0 ming so‘m bo‘lib, uning 935285,5 ming so‘mi 25 foizli dastlabki badal sifatida yakka tartibda uy-joy quruvchilar tomonidan to‘langan, 2260800,0 ming so‘mi esa imtiyozli bank krediti sifatida ajratilgan, yakuniy to‘lov esa 545464,5 ming so'mni tashkil etgan.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotganiga qaramasdan, 2010-yilda mamlakatimizning barcha 159 ta qishloq tumanida namunaviy loyihalar bo‘yicha tayyor holda topshirish sharti bilan 6800 ta uy-joy barpo etildi. Ushbu maqsadlarga qariyb 430 milliard so‘m miqdoridagi kapital qo'yilmalar, jumladan, 250 milliard so'mdan ortiq uzoq muddatli imtiyozli kreditlar yo‘naltirildi. Bu mablag1 2009-yilga nisbatan 9 barobar ko'pdir. Dasturni amalga oshirish boshlanganidan buyon yangi massivlarda qishloq aholisining qulay va munosib yashashi uchun zarur bo‘lgan 165 ta ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyekti barpo etildi. Ayni paytda yangitdan qurilayotgan turar-joy massivlarida zamonaviy turdagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari ham jadal bunyod qilinmoqda. 103 kilometrdan ortiq gaz, qariyb 100 kilometrlik suv tarmoqlari, 71 kilometrdan ziyod elektr uzatish liniyalari, shuningdek, umumiy uzunligi 85 kilometr bo'lgan ichki yo‘llar qurildi.
Ichimlik suvi, elektr va gaz ta'minoti, shuningdek, aholi punktlarining sanitariya ahvolini yaxshilash bo‘yicha yangi kommunal infratuzilma tarmoqlari va obyektlarini qurish, modernizatsiya hamda rekonstruksiya qilish ishlari tizimli asosda olib borilmoqda.
2010- yilda Surxondaryo viloyati hududida aholining talablarid chiqqan holda 15 ta qishloq tumanlari yer massivlarida jami 660 ta yakka tartibdagi uy-joylar qurildi. Ushbu uylarning umumiy qiymati 39579915,4 ming so‘m bo‘lib, uning 9894698,8 ming so‘mi 25 foizli dastlabki badal sifatida yakka tartibda uy-joy quruvchilar tomonidan to‘langan, 24868800,0


158


miiig so'mi esa imtiyozli bank krediti sifatida ajratilgan, yakuniy to‘lov esa 4816416,7 ming so'mni tashkil etgan.
Qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joylaming sifatini yaxshilash, uy- joylar narxini pasaytirish maqsadida viloyatda pishiq g‘isht ishlab chiqaruvchi korxonalar, eshik, deraza yasash korxonalari va boshqalarni tashkil etishga alohida e'tibor berilmoqda.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ- 1245-sonli qaroriga asosan «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi bilan namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylaming qurilishi uchun «tayyor holda topshirish» shartlarida shartnoma tuzgan barcha pudratchi tashkilotlar Pensiya jamg‘armasidan tashqari soliqlaming barcha turlarini toiashdan ozod etilganligi ham ularning faoliyatini rivojlantirishga ijobiy ta'sir ko‘rsatmoqda.
Hukumatimiz tomonidan namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uy-joylami yanada takomillashtirishga e'tibor berilmoqda. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 17-iyunda qabul qilingan “Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida xususiy uy-joy qurilishini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, uy-joylaming namunaviy loyihalariga o‘zgartirish va tuzatishlar kiritildi. Jumladan, qishloq joylarda har bir imorat quruvchiga shu paytgacha ajratib kelinayotgan 4 sotix o‘miga 6 sotix hajmida yer uchastkasi ajratish belgilandi. Davlatimiz rahbarining taklif va tavsiyalari asosida ilgari ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar “Qishloqqurilishloyiha” loyiha-qidimv instituti tomonidan har tomonlama tahlil qilindi. E'tibordan chetda qolgan tabiiy omillar - shamol yo‘nalishi, quyosh nurining tushishi kabi muhim imoratsozlik talablari yangi loyihalarda inobatga olindi. Shuningdek, xonalaming joylashtirilishi qayta ko‘rib chiqildi, xonalar kengaytirildi, devorlar balandligi 3 metrdan 3,2 metrga oshirildi. Takomillashtirilgan loyihada keksalar va bolalar uchun ham tegishli qulayliklar, darvozaxonada shaxsiy yengil mashinalar uchun maxsus joy nazarda tutilgan, xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, uyga taqab qurilgan suv isitish - qozonxona qurilmasi hovlining chetiga ko‘chirilgan.
Mamlakatimizda 2011-yilda ham uy-joy qurish koTamini kengaytirish va qishloqlami obodonlashtirish dasturini izchil amalga oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu borada 357 ta massivda 7400 ta uy-joy, shuningdek, ijtimoiy va kommunal xo‘jalik obyektlarini qurish moTjallanmoqda. Ushbu maqsadlar uchun 500 milliard so‘mdan ortiq mablag1, jumladan, davlat byudjetidan 140 milliard so‘m ajratish va Osiyo taraqqiyot bankining 100 million dollardan kam boTmagan imtiyozli kredit liniyalarini jalb qilish rejalashtirilgan.
2011 -yilda Surxondaryo viloyatining barcha tumanlaridagi 36 ta massivda 675 ta namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurish rejalashtirilgan


159


bo‘lib, ular uchun 33571125,0 ming so‘m imtiyozli bank kreditlari ajratish nazarda tutilgan.
Ijtimoiy infratuzilmaning tarkibiy qismi bo‘lgan tibbiyot muassasalari ham aholining turmush farovonligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Qishloqda turmush darajasini yuksaltirish ko‘p jihatdan aholining sog‘lig‘ini saqlash, madaniyatini oshirish, ta’lim tizimi sifatini yanada ko‘tarish bilan bog'liqdir. Bu esa, birinchi navbatda, investitsiya dasturlari asosida sog‘liqni saqlash muassasalarini tibbiyot texnikasi va jihozlar bilan ta'minlashni taqozo etadi. Hukumatimiz tomonidan qishloq joylarida ham tibbiy xizmat sifatini oshirish, qishloq vrachlik punktlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda 3164 ta qishloq vrachlik punktlari mavjud. Ular zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan bo'lib, aholining sog'ligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega, ya’ni qishloq aholisi uzoq tuman markazlariga bormasdan sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lmoqdalar. Tibbiyot sohasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ham alohida e'tibor berilmoqda. Jumladan, xususiy tibbiy muassasalar tashkil etilgandan 5 yil muddatga soliqlardan ozod etilgan, 2015-yilgacha olib kelinadigan zamonaviy tibbiyot uskunalari boj to‘lovlaridan ozod etilgan.
2010-yilda sog'liqni saqlash sohasini isloh qilish va ushbu tizimda sifat o‘zgarishlarini amalga oshirishni ta'minlash borasidagi ishlar davom ettirildi. Hozirgi kunda mamlakatimizda sifat jihatidan yangi, eng yuksak talablarga javob beradigan va respublika hamda viloyatlar shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish markazlarini o‘z ichiga olgan tibbiyot muassasalari tarmog‘i shakllandi.
Barcha viloyatlar markazlarida kattalar va bolalar uchun ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari, har bir tumanda eng zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan qishloq vrachlik punktlari faoliyati yoiga qo‘yildi. Ushbu qishloq vrachlik punktlarining soni 2000-yilga nisbatan 2 barobar ko'payib, 3 ming 200 tadan oshdi.
2010-yilda statsionar tibbiyot muassasalarida qo‘shimcha ravishda 1630 ta yoki 2009-yilga nisbatan qariyb 2,5 marta ko‘p davolanish o‘rinlari foydalanishga topshirildi.
2010-yilda sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish uchun jami 2 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo'naltirildi, buning 1 trillion 700 milliard so‘mi byudjet mablag'laridir.
Bozor infratuzilmasining tarkibiy qismlaridan yana biri bo‘lgan banklami rivojlantirish bo‘yicha ham mamlakatimizda juda ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jahonning ko'plab mamlakatlarini qamrab olgan moliyaviy-iqtisodiy inqirozga qaramay, 0 ‘zbekiston bank tizimi ishonchliligi va barqaror rivojlanayotgani, xorijiy moliyalashtirish manbalariga qaramligi


160

www.ziyouz.com kutubxonasi



yo'qligi va tashqi inqiroz holatlarining salbiy ta'siriga berilmaslik xususiyatlari bilan ajralib turibdi.
Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan tadbirlar
qatorida moliya-bank tizimini mustahkamlash masalasiga alohida e'tibor qaratilib, bu borada ta'sirchan tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan:
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 28-iyuldagi 1166- sonli Qaroriga asosan pul massasining maqsadli parametrlaridan kelib chiqqan holda va tijorat banklari tomonidan uzoq muddatli depozitlar jalb qilishni rag‘batlantirish maqsadida 2009-yilning 1-sentabridan boshlab tabaqalashtirilgan majburiy zaxiralar normasi joriy etildi;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi 4057- sonli Farmoniga muvofiq, fuqarolaming tijorat banklari depozit hisobvaraqlaridagi omonatlari ulaming miqdoridan qat'iy nazar to‘liq qaytarilishining davlat tomonidan kafolatlanganligi aholining bank tizimiga bo'lgan ishonchi yanada mustahkamlanishiga xizmat qildi va bu jismoniy shaxslarning banklardagi omonatlari hajmining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi;
- Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-fevraldagi 1-sonli majlis bayoni talablaridan kelib chiqqan holda, aholining bo‘sh pul mablag‘larini banklardagi omonatlarga jalb qilinishida hamda omonatdagi mablag‘larni ulaming birinchi talabiga ko‘ra berilishida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, omonatchilarning haq-huquqlari himoya qilinishini ta'minlash borasida tizimli chora- tadbirlaming amalga oshirilishi va banklaming mazkur faoliyatlari ustidan nazoratning yanada kuchaytirilganligi ham aholi bo‘sh pul mablag‘larini bank omonatlariga jalb qilishni yanada jadallashtirdi;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 6-apreldagi 1090- sonli «Tijorat banklari depozitlariga aholi va xo‘jalik subyektlari bo‘sh pul mablagTarini jalb etishni yanada rag‘batlantirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori hamda mazkur qaror bilan tasdiqlangan «Tijorat banklari depozitlariga aholi va xo‘jalik subyektlari bo‘sh pul mablagTarini jalb etishni yanada rag‘batlantirish qo‘shimcha chora-tadbirlari kompleksi» doirasida bank tizimida bu borada olib borilayotgan ishlar yanada faollashdi.
Bugungi kunda mamlakatimizda 30 turdagi bank faoliyat ko‘rsatib, shundan 3 tasi davlat banklari, 13 tasi aksiyadorlik tijorat banklari, 9 tasi xususiy banklar, 5 tasi xorijiy kapital ishtirokidagi banklar hisoblanadi (7.6- chizma).
Keyingi yillarda tijorat banklari faoliyatining kengayib borishi o‘z navbatida ular tomonidan berilayotgan kreditlar, banklardagi depozitlar va umumiy kapital hajmiga ham sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. Xususan, 2005- 2009-yillar mobaynida tijorat banklari kreditlari hajmi 2,2 marta, depozitlari hajmi 5,2 marta, umumiy kapitali 3,2 marta oshgan.
161

www.ziyouz.com kutubxonasi



O‘zbekiston Respublikasidagi banklarning tarkibi (2010-yil 1-yanvar holatiga)

Xorijiy kapital •.»v; - t-


ishtirokidagi banklar
Xususiy banklar
Aksiyadorlik tijorat 1- 3, h- •• .
banklari |v . . . . f » |i t v . .. r-" j
1
Davlat banklari '1 ' i . 1
: ■ • _J 1
0 2 4 6 8 10 12 14
dona



Download 21,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish