278
14.5-jadval
2008-yilda barcha turdagi xo‘jaliklarda tuxum yetishtirish
_________ to‘g‘risida ma’lumot______________________
T uxum
V ilo y a tlar 2 0 0 7 - y il holatiga D ehqon
M ln . d ona n isb a tan , foiz x o ‘ja lik la r i u lushi,
foiz
R esp u b lik a b o 'v ic h a jam i 2429 ,0 109,7 61 ,8
Q o ra q a lp o g ' iston 38 ,7 120,2 70 ,6 R esp u b lik asi
A ndijon 182,7 103,4 95 ,8
B uxoro 150,9 106,7 59 ,7
Jizzax 84,8 106,0 84 ,7
Q ash q ad ary o 156,3 112,9 89 ,0
N av o iy 115 ,8 114,0 59 ,7
N am an g an 70 ,6 113,3 85 ,9
S am arqand 4 89 ,6 118,8 46 ,8
S u rxondaryo 131 ,4 104,0 70 ,9
S irdaryo 42 ,8 102,2 95 ,7
T o sh k en t 654 ,4 107,4 40 ,2
F a rg 'o n a 135 ,0 109,9 78 ,5
X orazm 176,0 103,8 76 ,8
Manba: Davlat statistika qo'mitasi axborotnomasi ma'lumotlari.
Ushbu jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, Toshkent va Samarqand viloyatlarida yirik parrandachilik komplekslari mavjudligi sababli tuxum yetishtirish hajmi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga erishilgan. Aholining oqsilga boigan ehtiyojini toiiq qondirish, shu orqali aholi salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish maqsadida hududlar bo'yicha aholi soniga mutanosib ravishda parrandachilikni rivojlantirish lozim.
Dehqon xo‘jaliklarida chorvachilik yuqoriroq sur'atlarda rivojlanmoqda. Fermer va dehqon xo'jaliklarida ishlab chiqarish xususiy mulkka asoslanganligi uchun ular xarajatlarni imkoniyat darajasida tejashga, sifatli mahsulot yetishtirib, yuqori baholarda sotishga intiladilar. Shuning uchun ham bu xo'jaliklarda chorvachilik tarmoqlarining rentabellik darajasi tobora oshmoqda.
Chorvachilik tarmoqlarining rivojlanishini, ishlab chiqarish faoliyati
samaradorlik darajasini quyidagi ko'rsatkichlar ifodalaydi:
a) chorva hayvonlari bosh sonining o'zgarish dinamikasi. Uni aniqlash uchun hisobot davridagi chorva mollari bosh sonini taqqoslanayotgan davrdagi chorva mollari bosh soniga taqsimlash lozim:
279
ChSo'd HDs
TDs
Bunda: ChSo ‘d — chorva hayvonlari sonining o‘zgarish dinamikasi;
HDs - hisobot davridagi chorva mollari bosh soni;
TDs — taqqoslanayotgan davrdagi chorva mollari bosh soni. Bu usuldan foydalangan holda yetishtirilayotgan chorvachilik mahsulotlari miqdori o‘zgarishi dinamikasini ham aniqlash mumkin. Ushbu
ko'rsatkichlar koeffitsiyentda yoki foizda aniqlanishi mumkin.
Korxonadagi chorva mollarining barcha turlari bo‘yicha umumiy sonini topish uchun turli chorva mollari sonini umumlashtirishda shartli qoramol o‘lchov birligidan foydalaniladi. Chorva mollarini shartli qoramolga aylantirishda quyidagi koeffitsiyentlardan foydalaniladi:
- naslli buqa, sigir, ot, tu y a- 1,0;
- yosh o‘suvchi qoramollar - 0,6;
- qo‘y va echkilar -0 ,1 ;
- chochqalar - 0,3;
- parrandalar - 0,002.
b) chorva hayvonlarining mahsuldorligi. Bu ko‘rsatkich yetishtirilgan mahsulot miqdorining (turlari bo‘yicha) shu mahsulotni bergan hayvonlar bosh soniga nisbati bilan aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
ChHm - Mm
ChHs
Bunda: ChHm - chorva hayvonlarining mahsuldorligi;
Mm - yetishtirilgan mahsulot miqdori (sentner, ming dona);
ChHs - chorva hayvonlarining bosh soni.
d) chorva hayvonlarining sutkalik o‘rtacha o‘sish vazni. U c hayvonlarining ma'lum muddatdagi o‘sgan vaznini shu o‘sishni ta'minlagan muddatga nisbati bilan aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
HO'V
So'=
s v
Bunda: So - chorva hayvonlarining sutkalik o‘sishi (grammda);
HO ‘V- hayvonlaming ma'lum muddatdagi o‘sgan vazni (kg);
SV— vazn o‘sishi uchun sarflangan sutkalar soni.
e) chorvachilik mahsulotlarining 1 sentnerini yetishtirish sarflangan ozuqa birligi. Uni aniqlash uchun sarflangan ozuqa birligi miqdorini shu ozuqa evaziga yetishtirilgan mahsulot miqdoriga (turlari bo‘yicha) taqsimlash lozim. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
280
Bunda: OBs - chorvachilik mahsulotlarining 1 sentnerini yetishtirish uchun sarflangan ozuqa birligi;
SOB - sarflangan ozuqa birligi miqdori;
YM— shu ozuqa evaziga yetishtirilgan mahsulot miqdori.
f) chorvachilik tarmoqlaridagi mehnat unumdorligi. Ush ko‘rsatkich mahsulot yetishtirish uchun sarflangan vaqt miqdorining shu vaqtda yetishtirilgan mahsulotga nisbati bilan yoki aksincha aniqlanadi. Bunda quyidagi formulalardan foydalanish mumkin:
Bimda: MUch - chorvachilik tarmog'idagi mehnat unumdorligi;
SV - mahsulot yetishtirish uchun sarflangan vaqt;
YM - yetishtirilgan mahsulot miqdori.
g) chorvachilik mahsulotlarining tannarxi. Ushbu ko‘rsatkic aniqlash uchun biror turdagi chorvachilik mahsulotini yetishtirish uchun qilingan xarajatlar ushbu mahsulotning umumiy miqdoriga bo‘linadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Bunda: Tchm - chorvachilik mahsulotlarining tannarxi;
X — biror turdagi chorvachilik mahsulotini yetishtirish uchun qilingan xarajatlar;
M M - shu xarajat evaziga yetishtirilgan mahsulot miqdori.
h) chorvachilik tarmog‘ining yoki turlari bo'yicha chorvach mahsulotlarining rentabellik darajasi. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun tarmoq faoliyatidan olingan sof foydani mazkur tarmoq uchun qilingan jami ishlab chiqarish xarajatlariga boiish va natijani 100 ga ko‘paytirish orqali yoki
biror chorvachilik mahsulotini yetishtirishdan olingan sof foydani ushbu mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga boiish va natijani 100 ga ko‘paytirish orqali aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Rch - SF Tchm
Bunda: Rch - chorvachilik tarmogining yoki turlari bo‘yicha chorvachilik mahsulotlarining rentabellik darajasi;
SF - tarmoq faoliyatidan olingan sof foyda;
Tchm - mazkur tarmoq uchun qilingan jami ishlab chiqarish
xarajatlari.
Chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirishda yuqoridagi ko‘rsatkicblar orqali tarmoqdagi mahsulot yetishtirish holati va samaradorligi tahlil qilinadi hamda mavjud kamchiliklar o‘z vaqtida aniqlanib, ulami bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |