Birinchidan,
investitsiyalar jami xarajatlaming asosiy qismi
hisoblanadi. Investitsiyalardagi o‘zgarishlar jami talabga yetarlicha ta'sir
169
www.ziyouz.com kutubxonasi
ko'rsatadi, shuningdek aholining bandligi va yalpi milliy daromad hajmining
ham o‘zgarishini ta’minlaydi.
Ikkinchidan,
investitsiyalar
korxonaning
asosiy
fondlari
jamg'arilishiga, ya’ni ko‘payishiga olib keladi. Bunda ishlab chiqarish
kuchlarini kengaytirishga sarf qilinganpul mablag‘lari boshlang‘ich bosqichda
korxona faoliyati natijalariga ta’sir etmasligi mumkin, lekin kelajakda iqtisodiy
o'sish uchun zarur bazani yaratadi.
Uchinchidan, investitsiyalaming noratsional sarf qilinishi ishlab
chiqarish resurslari, xarajatlar o'sishiga olib keladi, natijada yalpi milliy
daromad qisqaradi. Misol uchun, tugallanmagan qurilishning ko'payishi,
moddiy resurslar sarfi oshishi, toianadigan ish haqining ko‘payishi hamda
ishlab chiqarishning qisqarishi shular jumlasidandir. Ular sarflanayotgan
investitsiyalaming qiymati o‘sishiga hamda samaradorligi pasayishiga ta’sir
etadi.
Investitsiyalaming miqdori, dinamikasi va samaradorligi quyidagi
omillarga bogiiq:
• investitsiya amalga oshirilayotgan loyihaga;
• mamlakatdagi va koixona faoliyatidagi iqtisodiy o'zgarishlarga;
• davlatning soliq siyosati va banklaming foiz stavkasiga;
• tashqi savdo bo‘yicha yuritilayotgan siyosatga;
• valyuta kursi o‘zgarishiga;
• mamlakatning siyosiy hayotidagi barqarorlikka.
Investitsiyalar qishloq xo‘jaligining har tomonlama rivojlanishiga
ko'maklashadi, chunki ulaming evaziga tarmoqning moddiy-texnika bazasi
mustahkamlanadi. Ulardan to‘liq va samarali foydalanish natijasida jonli
mehnat xarajatlari qisqarib, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ko'payadi, sifati
yaxshilanadi. Bu hol qishloq xo'jalik mahsulotlariga bo‘lgan talab yanada
yaxshiroq qondirilishini ta'minlaydi. Shu bilan birgalikda sof foyda summasi
ko‘payadi. Natijada qishloq xo‘jaligini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish
asosida rivojlantirish imkoniyati paydo bo'ladi, aholining ijtimoiy-iqtisodiy
ahvoli yanada yuksaladi. Bular investitsiyalaming ijtimoiy va iqtisodiy
samaradorligi mavjudligidan dalolat beradi.
8.2. Qishloq xo‘jaligiga investitsiyalarni jalb etish yo‘llari.
Qishloq xo'jaligining barqaror rivojlanishi tarmoqda mavjud boigan
ishlab chiqarish vositalari oqilona tarzda takror ishlab chiqarilishini talab etadi.
Bu jarayon ishlab chiqarish vositalarini sotib olish, ta'mirlash, qurish,
innovatsion hamda ijtimoiy munosabatlar yig'indisidan tashkil topadi.
Barcha investitsiyalar quyidagi yirik ikkita manbadan shakllantirilib,
amalga oshiriladi:
170
www.ziyouz.com kutubxonasi
•
korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan;
•
chetdan jalb qilingan mablag‘lar orqali.
Korxonaning investitsiyalami shakllantirishda qo‘llaniladigan o‘z
mablagiariga quyidagilar kiradi:
- korxonaning sof foydasidan ajratilayotgan mablagiar;
- amortizatsiya fondidagi m ablagiar;
- asosiy vositalami tugatishdan, sotishdan kelib tushgan mablagiar;
- asosiy vositalami ijaraga berishdan tushgan mablagiar;
- qishloq xo‘jalik korxonalarining boshqa korxonalar qimmatli qog‘ozlarini
sotib olishi natijasida oladigan dividendlardan ajratilayotgan m ablagiar va
boshqa shu kabilar.
Investitsiyalami shakilantirishda chetdan jalb qilinadigan mablagiarga
quyidagilar kiradi:
- qishloq xo'jaligi uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablagiar;
- tijorat banklaridan olinadigan kreditlar;
- hamkorlardan olinadigan mablagiar;
- qimmatli qog'ozlar chiqarib sotish orqali jalb etiladigan mahalliy va xorijiy
korxonalar hamda fuqarolaming bo‘sh turgan mablagiari;
- xayriya fondlaridan, homiylar tomonidan ajratilayotgan m ablagiar va
boshqalar.
Chetdan jalb qilingan m ablagiar orasida bank kreditlari alohida o‘rin
tutadi. Ular ishlab chiqarish faoliyati natijalaridan qat'i nazar, alohida
korxonalar ehtiyojlarini hisobga olgan holda investitsiyalami amalga oshirishga
imkon beradi. Bank kreditlari korxona o‘z mablag‘larining investitsiya uchun
kerakli miqdorini yig‘masdan turib investitsiya jarayonini tezlashtiradi.
Kreditlar investitsiya manbai sifatida nafaqat kapital qurilishda, balki yangi
texnikani joriy qilishda ham ishlatiladi. Investitsiyalaming asosiy vazifasi -
tarmoq mahsulotini ko'paytirish va ishlab chiqarish samaradorligining o‘sish
sur'atlari tezlashtirilishini ta’minlashdir.
Yuqori rentabelli korxonalar ishlab chiqarish vositalarini yangilash
maqsadida kapital qo'yilmalami amalga oshirishda ko‘proq imkoniyatga ega
bo‘ladi.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, investitsiya qilishda korxona imkoni
boricha o‘z mablag‘laridan foydalanishi ikkita ustunlikka olib keladi:
korxonada tashqi qarzlar mavjud bo‘Imaydi (olingan kreditlar bo‘yicha foiz,
ijara haqi va hokazo), shuningdek, lcorxonani boshqarishda mustahlcam
pozitsiyani shakllantiradi.
Ayni paytda xo‘jaliklarga chetdan jalb qilinadigan mablag‘laming
manbalaridan biri xo‘jalik a'zolarining vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini
jalb etish hisoblanadi. Bunday investitsiyani amalga oshirish uchun korxona o‘z
ichida qisqa muddatli obligatsiyalami chiqarib, ulami a'zolariga ishonchli
171
www.ziyouz.com kutubxonasi
tarzda tarqatishi (sotishi) yoki huquqiy kuchga ega bo‘lgan ishonchli
dalolatnomalarni ham berishi mumkin. Xo‘jalik a’zolari esa muomalaga
berilgan mablag'larini ma'lum muddat o'tgandan so‘ng belgilangan foizi bilan
qaytarib olish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Bu turdagi
investitsiya
imkoniyatlaridan qishloq xo'jaligi korxonalarida unumli foydalanish kerak.
Xorijiy investitsiyalar chet mamlakatlardagi yuridik va jismoniy
shaxslarning mablag‘laridan tashkil topadi. Chet ellik investorlar tomonidan
foyda olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida
ta’qiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat obyektlariga qo‘shadigan barcha
turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan,
intellektual mulkka doir huquqlar respublika hududida chet el investitsiyalari
hisoblanadi. Ular 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi yo‘llar bilan
amalga oshiriladi:
• respublika qishloq xo‘jaligidagi yuridik hamda jismoniy shaxslaming
Nizom jamg'armalarida va boshqa mol-mulkida ulush qo‘shib qatnashish;
• tarmoqda chet ellik investorgarga to‘liq qarashli bo‘lgan xo'jalik
jamiyatlari va shirkatlari, bank, sug'urta va boshqa korxonalarni barpo etish va
rivojlantirish;
• mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlami, shu jumladan,
0 ‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz
mablag'larini sotib olish;
• intellektual mullka, shu jumladan, mualliflik huquqlari, patentlar, firma
nomlari va nou-xaularga, shuningdek, ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar
kiritish va boshqalar.
Ulami chet davlatlar yoki bu davlatlaming quyidagi hududiy organlari
amalga oshiradilar:
• davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan
yoki xalqaro ommaviy huquq subyektlari bo‘lgan xalqaro tashkilotlar;
• chet davlatlaming qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat
ko‘rsatib kelayotgan yuridik shaxslar, shirkatlar, uyushma va tashkilotlar;
• chet el fuqarolari bo‘ Imish j ismoniy shaxslar va boshqalar.
Hozirgi
davrda
mamlakat
qishloq
xo'jaligini
boshqarishni
takomillashtirishga va ishlab chiqarishini rivojlantirishga Jahon banki, Yevropa
tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot bankining respublikamizdagi
bo'limlari hamda AQSh, Germaniya, Isroil, Gollandiya, Fransiya va boshqa
davlatlarning vakolatxonalari investitsiyalami joylashtirish, sarflash orqali
muayyan darajada hissa qo‘shish ishlari bilan shug'ullanmoqda. Lekin ulaming
investitsiyalari mavjud imkoniyatlar darajasidan ancha pastdir. Shuning uchun
bu masalaga, ya'ni chet el investitsiyalarini jalb etish muammosiga kelajakda
alohida e'tibor berish maqsadga muvofiqdir. Jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozining barcha rivojlanayotgan mamlakatlar, jumladan respublikamiz
172
www.ziyouz.com kutubxonasi
uchun kutilayotgan ijobiy ta'siri - investitsiyalar oqimining ko‘payishidir.
Investorlar inqiroz kuchli ta'sir etayotgan mamlakatlardan o‘z sarmoyalarini
bo'shatib,
uni
barqaror
rivojlanayotgan
mamlakatlarga
yo‘naltirishi
kutilmoqda. Bundan foydalangan holda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligiga
investitsiyalami keng jalb etishga erishish lozim.
Chet el investorlarining investitsiyalari 0 ‘zbekiston Respublikasining
«Chet el investitsiyalari to‘g‘risida»gi Qonuni talablari asosida amalga
oshiriladi.
Qishloq xo'jaligiga jalb etilayotgan investitsiyalami boshqa tarmoqlar
bilan taqqoslaganda ulaming salmog‘i past darajani tashkil etadi. Prezidentimiz
I.Karimov tomonidan 2009-yiIning “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”
deb e’lon qilinishi va Davlat dasturining qabul qilinishi qishloq xo'jaligiga
sarflanadigan investitsiya hajmining keskin oshishiga olib keladi. Bunda
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug'ullanuvchilarning moddiy-texnika
bazasini mustahkamlash, yerlaming meliorativ holatini yaxshilash, issiqxonalar
tashkil etish, sug‘orishning zamonaviy usullarini joriy etish, qishloqlaming
qiyofasini zamonaviylashtirish, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish va boshqa
shu kabi maqsadlarga katta miqdordagi mablag‘lar sarflanmoqda va kelgusida
ham bu jarayon davom etadi. Bu kabi tadbirlar qishloq xo‘jaligiga kiritiladigan
investitsiyalar hajmining oshishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |