166
www.ziyouz.com kutubxonasi
8-BOB
QISHLOQ XO‘JALIGIDA INVESTITSIYALAR
VA ULARNINGIQTISODIY SAMARADORLIGINI
OSHIRISH YO‘LLARI
♦ Qishloq xo‘jaligida investitsiyaning mohiyati va ahamiyati.
♦ Qishloq xo‘jaligiga investitsiyalarni jalb etish yo‘llari.
• Investitsiyalardan foydalanish samaradorligini tavsiflovchi ko'rsatkichlar va
ulami aniqlash tartibi.
• Qishloq xo‘jaligiga investitsiyalami jalb etish ko'lamini va samaradorligini
oshirish yo'Ilari.
8.1. Qishloq xo‘jaligida investitsiyaning mohiyati va ahamiyati.
“Investitsiya” atamasi lotincha “invest” so'zidan olingan bo'lib, “pul
sarf qilmoq”, “pul qo‘ymoq” kabi ma'nolami anglatadi. Investitsiya faoliyati
subyektlari investitsiya loyihalarining barcha qatnashchilari: investorlar,
investitsiya faoliyati obyektlaridan foydalanuvchilar, banklar, sug‘urta
kompaniyalari, vositachi tashkilotlar, investitsiya fondlari va boshqalar
hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish vositalariga sarflanadigan barcha
mablag'lar investitsiyalar deb ataladi. Ular qishloq xo‘jaligi korxonalarining
moddiy-texnik bazasini mustahkamlaydi va ishlab chiqarish jarayonlarini
mexanizatsiyalashtirish, kimyolashtirish, elektrlashtirish, avtomatlashtirish
natijasida mehnat unumdorligi oshadi, xarajatlar esa tejaladi. Natijada
yetishtiriladigan mahsulotlar hajmi ko‘payadi va sifati yaxshilanadi, olinadigan
foyda summasi oshadi. Bu investitsiyalami amalga oshirishning tub
maqsadidir.
Shulami e’tiborga olgan holda respublikada barqaror investitsion
siyosat ishlab chiqilgan. U 0 ‘zbekiston Respublikasining «Investitsiya faoliyati
to‘g‘risida»gi (04.12.1998) va «Chet el investitsiyalari to‘g‘risida»gi
(30.04.1998) Qommlari hamda boshqa me'yoriy hujjatlar asosida amalga
oshirilmoqda.
Barcha sohalar singari qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda ham
investitsiyalaming ahamiyati juda katta. Chunki tarmoqni ustuvor shaklda
rivojlantirish uchun uning moddiy-texnika bazasini mustahkam ravishda barpo
167
www.ziyouz.com kutubxonasi
etish zarur. Buning uchun uni zamonaviy bino-inshootlar, barcha turdagi zarur
texnikalar, qishloq xo'jalik mexanizmlari, ichki irrigatsiya va melioratsiya
inshootlari, serunum, tezpishar navlar, mahsuldor chorva mollari zotlari hamda
aylanma vositalar va boshqa ishlab chiqarish vositalari bilan ta'minlash lozim.
Hozirgi davrda investitsion m ablagiar yangi, samarali texnologiyaga
hamda intellektual mulkni barpo etishga sarflanishi maqsadga muvofiqdir. Bu
masalaning to‘g‘ri, samarali hal etilishi m aium miqdordagi investitsiyalar
sarflanishini obyektiv ravishda talab etadi. Demak, investitsiya mablagiari
tarmoqda doimiy va o‘zgaruvchan kapitalni hamda intellektni barpo etish va
ulami rivojlantirish hamda yuksaltirish uchun sarflanadi. U uzoq hamda qisqa
muddatlarga m oijallab sarflanishi mumkin. Qishloq xo'jaligining asosiy
vositalarini sotib olishga, qurishga hamda ulami kapital ta'mirlashga sarflansa,
unda bu sarflar uzoq muddatga moijallangan boiadi. U asosiy kapitalga
sarflangan investitsiyalar deb ataladi. Shu bilan birgalikda investitsiyalar
qishloq xo'jaligining aylanma vositalariga ham sarflanadi, ular odatda qisqa
muddatga sarflanadi. Demak, investitsiyalar natijasida qishloq xo‘jaligining
ishlab chiqarish vositalari barpo etilib, ulaming ishga yaroqliligi tubdan
yaxshilanadi.
Investitsiyalar maqsad va vazifalariga ko‘ra quyidagi turlarga
bo‘linadi:
- kapital investitsiyalar;
- innovatsion investitsiyalar;
- ijtimoiy investitsiyalar.
Asosiy va aylamna fondlami barpo etishga va ulami takror ishlab
chiqarishga, shuningdek, moddiy ishlab chiqarishning barcha shakllarini
rivojlantirishga sarflangan investitsiyalar kapital investitsiyalar deb ataladi.
Texnika va texnologiyalaming yangi avlodini yaratish, mavjudlarini
takomillashtirish va ulami o‘zlashtirishga sarflangan investitsiyalar innovatsion
investitsiyalardir.
Inson salohiyatini, malakasini va ishlab chiqarish tajribasini
oshirishga,
shuningdek,
nomoddiy
ne'matlaming
boshqa
shakllarini
rivojlantirishga sarflanadigan mablagTar ijtimoiy investitsiyalar deb ataladi.
Investitsiyalarni real va moliyaviy investitsiyalarga ham boTish
mumkin. Moddiylashgan asosiy va aylanma vositalarga sarflangan mablagTar
real investitsiyalarni tashkil etadi. Real investitsiyalar kapital qo'yilmalar deb
ham ataladi. Kapital qo‘yilmalar yalpi va sof kapital qo'yilmalarga boTinadi.
Real investitsiyalaming umumiy summasi yalpi kapital qo‘yilmalarni tashkil
etadi. Real investitsiyalami sarflash natijasida ishga tushirilgan qismi sof
kapital qo'yilmalardir. Sof kapital qo'yilma yalpi kapital qo‘yilma summasiga
teng yoki kam boTishi mumkin. Qishloq xo'jaligi, jumladan, korxonalar
miqyosida yalpi kapital qo'yilmani sof kapital qo'yilmaga aylantirishga alohida
168
www.ziyouz.com kutubxonasi
c'tibor berilishi lozim. Sarflanayotgan real investitsiyalar moddiylashtirilishini,
ya'ni ishga tushirilishini ta'minlash zarur.
Qimmatli qog‘ozlami (aksiya, obligatsiya, sertifikat va hokazo)
shakllantirishga
sarflangan
mablag'lar
esa
moliyaviy
investitsiyalar
hisoblanadi.
Mamlakatimiz qishloq xo'jaligida moliyaviy investitsiyalar ko‘lamini
kengaytirish
maqsadga
muvofiqdir.
Jumladan,
fermer
xo‘jaliklari,
agrofirmalarda qimmatli qog‘ozlar chiqarib, sotilishini yo‘lga qo‘yish lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsion siyosatni shakllantirishda
quyidagilarga alohida e'tibor berish kerak:
- tender asosida raqobatbardosh loyihalami tanlash. Bu qishloq xo'jaligida
investitsion loyihalar bozori barpo etilishini ta'minlaydi;
- qishloq xo'jaligi uchun mo'ljallangan investitsiyalaming iqtisodiy jihatdan
asoslanganligi. Qishloq xo'jaligi tabiiy-iqtisodiy omillarining xususiyatlarini
hisobga olgan holda loyihalaming iqtisodiy-ijtimoiy natijalari aniqlangan
bo‘lishi zarur. Chunki, ayrim hollarda loyihada belgilangan mablag‘Iar ko‘zda
tutilgan tadbirlami bajarish uchun yetmaydi va oqibatda ko‘zlangan maqsadga
erishilmaydi. Bu hol investitsion loyihalar uzoq muddatga cho‘zilishiga olib
keladi;
- chet el investorlarini va ulaming investitsiyalarini qishloq xo‘jaligiga jalb
etish. Buning uchun xorijlik tadbirkorlami mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida
mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlar va ular uchun yaratilgan imkoniyatlar
bilan tanishtirish, reklamani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish hamda investitsion muhitni
yanada yaxshilab borish lozim va boshqalar.
Barcha omillami e'tiborga olgan holda sarflanadigan investitsiyalar
qishloq xo‘jaligining mustahkam moddiy-texnika bazasini barpo etadi, qishloq
xo‘jaligi zamonaviy mashinalar, traktorlar, kombaynlar, bino-inshootlar bilan
ta'minlanadi, bog‘lar, uzumzorlar barpo etiladi, chorva hayvonlarining
mahsuldor zotlari yaratiladi va hokazo. Ular yangi ish o'rinlari barpo etilishini
ham ta'minlaydi, qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan tadbirkorlaming bilitnlarini,
malakalarini yuksaltiradi, bozor munosabatlarini shakllantiradi. Ulaming
uyg‘unlashishi natijasida tarmoqda yetishtiriladigan mahsulotlar hajmi
ko'payib, raqobatbardoshligi oshadi. Bu, o‘z navbatida, aholi va qayta ishlash
tarmoqlarining talabi qondirilishini ta'minlaydi, fuqarolaming turmush
darajasini yuksaltiradi. Bulaming hammasi investitsiyalaming iqtisodiy-
ijtimoiy ahamiyati katta ekanligidan dalolat beradi.
Investitsiyalaming mamlakat iqtisodiyoti va qishloq xo'jaligidagi
ahamiyati ulkan.
Do'stlaringiz bilan baham: |