6.2. Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini
tavsiflovchi ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi.
Mehnat resurslari qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda faol ishlab
chiqarish resursi sifatida katta ahamiyatga ega. Chunki ular boshqa ishlab
chiqarish omillarini bir-biri bilan bog'laydi. Ishlab chiqarishning pirovard
natijasi mehnat resursiga bevosita bog‘liqdir. Shunday ekan, ulardan yil
davomida to‘liq, samarali foydalanishga erishish lozim. Buning uchun mehnat
resurslaridan foydalanishning holati va samaradorligini aniqlash va unga ko‘ra
tegishli choralar ko'rib borilishi kerak.
Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslaridan foydalanish holati va
samaradorligiga baho berishda quyidagi ko'rsatkichlardan foydalaniladi:
a)
mehnat resurslari
bilan
ta'minlanganlik darajasi.
Ushbu
ko'rsatkichni aniqlash uchun xo'jalikda mavjud bo‘lgan mehnat resurslari soni
qishloq xo'jalik yerlari miqdoriga bo'linadi. Uni aniqlash uchun quyidagi
formuladan foydalaniladi:
MRtJ=
MRus
QXY
Bunda:
MRus —
mehnat resurslari umumiy soni, kishi;
QXY
- qishloq xo‘jalik yerlari, ga.
117
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ushbu ko‘rsatkich qishloq xo‘jalik korxonasi ixtisoslashuvidan kelib
chiqqan holda ilmiy asoslangan me’yorlar darajasiga imkon qadar yaqin
bo‘lishi keralt.
b) mavjud mehnat resurslaridan foydalanish koeffitsiyenti. Ushbu
ko'rsatkichni aniqlash uchun mehnat resurslarining o‘rtacha yillik soni mehnat
resurslarining umumiy soniga bo‘linadi. U quyidagi formula
yordamida
aniqlanadi:
MRJk =
MRo'ys
MRtis
Bunda:
MRo ‘ys
- mehnat resurslarining o‘rtacha yillik soni, kishi;
MRus
- mehnat resurslarining umumiy soni, kishi.
Bu ko‘rsatkichning darajasi birga yaqin bo‘lgani maqsadga
muvofiqdir. Shunda mavjud mehnat resurslaridan foydalanish darajasi yuqori
bo'lganligidan dalolat beradi.
d)
mehnat resurslarining xo‘jalik faoliyatida qatnashishi. Ushbu
ko'rsatkich xo‘jalik faoliyatida jami sarflangan vaqtni mehnat resurslarining
umumiy soniga taqsimlash orqali aniqlanadi, bunda quyidagi formuladan
foydalanish mumkin:
MRxfq =
MRsv
MRus
Bunda:
MRsv
- mehnat resurslarining jami sarflagan vaqti, kishi-kuni,
kishi-soat.
Bu ko‘rsatkichning mutlaq miqdori aniqlanayotgan davrdagi (oyda,
yilda) bir kishining ish vaqti fondidan yuqori bo‘lmaydi. Mehnat resurslarining
har bir guruhi uchun amaldagi qommlarda yillik yoki oylik ish vaqti fondi
belgilanadi. Uning miqdorini bir yildagi kalendar kunlar miqdoridan barcha
turdagi bayram (agar u qonun bo‘yicha dam olish kuni hisoblansa), dam olish
hamda ta'til
kunlarini ayirish orqali aniqlanadi. Respublikamizda bir
xodimning yillik o‘rtacha ish vaqti fondi 285 kun miqdorida belgilangan. Bu
iqtisodiy faol mehnat resurslarining yillik ish vaqti fondi hisoblanadi. 0 ‘smirlar
uchun bu fond ulami ijtimoiy jihatdan himoya qilgan holda belgilangan. Xuddi
shunday imtiyozlar inson salomatligi uchun zararli ishlami bajaruvchilar uchun
ham o‘matilgan. Mehnat resurslarining xo‘jalik faoliyatida qatnashishi
ko‘rsatkichi imkon qadar ushbu me'yorga yaqin bo'lishi kerak.
e)
belgilangan ish vaqti fondidan foydalanish koeffitsiyenti. U bir
ishchi yoki xizmatchining ishlab chiqarishda haqiqatda ishlagan vaqtini (kishi-
kuni, kishi-soat) qonunda belgilangan miqdorda ishlashi lozim bo‘lgan vaqtga
taqsimlash natijasida aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish
mumkin:
118
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bunda:
Do'stlaringiz bilan baham: |