Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


Qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslaridan foydalanish



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/178
Sana10.02.2022
Hajmi10,95 Mb.
#441774
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   178
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

4.4. Qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslaridan foydalanish
samaradorligini oshirish yo‘IIari.
Qishloq xo'jaligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash 
maqsadida kimyoviy vositalami, jumladan, mineral o‘g‘itlami sotib olishga 
alohida e'tibor berilmoqda. Chunki ular tuproq unumdorligini oshirib, ekinlar 
hosildorligi yuksalishini, yowoyi o‘tlar hamda zararkunandalami kamaytirib, 
mehnat va mablag* sarflari tejalishini, mahsulot sifati yaxshilanishini 
ta’minlaydi.
Korxonalar o‘zIariga kerak bo‘lgan moddiy-texnika resurslarini sotib 
olishlari, o'zlari qurishlari hamda ta'mirlashlari mumkin. Masalan, bino- 
inshootlami o‘zlari qurishlari yoki pudratchilar orqali qurishi, mashina, traktor, 
kombaynlami o‘zlarida yoki ixtisoslashgan korxonalarda ta’mirlashlari 
mumkin. Yangi qishloq xo'jalik texnikalari, kimyoviy vositalar, yoqilg‘i va 
ozuqalami ishlab chiqamvchi korxonalardan bevosita o‘zlari yoki birjalar, 
auksionlar orqali sotib olishlari mumkin.
Qishloq xo'jaligi korxonalari o‘z mablag‘lari hamda chetdan jalb 
etilgan sarmoyalar hisobidan moddiy-texnika resurslarining ba’zi turlarini 
qurishlari, ta’mirlashlari, sotib olishlari, ijaraga olishlari, ayrimlarini esa 
parvarish qilib, barpo etishlari mumkin.
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik 
subyektlariga 
o‘zlarining 
moddiy-texnika 
bazasini 
mustahkamlashiga 
ko'maklashish bo'yicha ishlar izchil amalga oshirilmoqda. Qishloq xo‘jalik 
texnikasini lizing asosida olish bo‘yicha maxsus tashkil etilgan Fond hisobidan 
ushbu maqsadlar uchun 2008-yiIda 43 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ 
ajratilgan bo‘lsa, 2009-yilda 58 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan. 
Davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan ana shunday e’tibor va amaliy yordam 
tufayli qishloq xo‘jalik korxonalarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanib
88
www.ziyouz.com kutubxonasi


bormoqda. Fermer xo‘jaliklari uchun qishloq xo‘jalik texnikalarini lizing 
asosida olish shartlarining qulay ekanligi, hukumatimiz tomonidan lizing 
muddatining 7 yildan 10 yilga uzaytirilganligi, boj to‘lovlari bo‘yicha 
imtiyozlar berilganligi ham ulaming moddiy-texnika resurslari bilan 
ta'minlanganlik darajasining oshishiga olib kelmoqda.
Qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun uning moddiy-texnika bazasini 
talab darajasida shakllantirish lozim. Bu masalaga bozor munosabatlari 
sharoitida har bir korxonaning o‘zi katta e’tibor berishi kerak.
Qishloq xo'jaligining mustahkam moddiy-texnika bazasini yaratish 
bilan birgalikda ulardan to‘liq va samarali foydalanishga erishish lozim. 
Demak, tarmoq korxonalarida ulardan foydalanilayotganlik darajasini aniqlash 
maqsadga muvofiq. Buning uchun yuqorida ta'kidlangan ko‘rsatkichlardan 
foydalanish mumkin. Lekin o'tish davrining hozirgi bosqichida ulardan 
foydalanish talab darajasida emas. Chunki mashina, traktor, kombaynlaming 
ishga yaroqlilik holati yuqori darajada emas. Bunday holat mashina, traktor 
hamda kombaynlaming ishga yaroqliligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan 
butlovchi vositalar yetishmasligi, baholarining yuqoriligi, ulami sotib olish 
uchun esa qishloq xo‘jalik korxonalari moliyaviy resurslarining kamligi tufayli 
sodir boimoqda.
2010-yil holatiga mamlakatimizdagi chopiq traktorlarining 55 foizdan 
ortig'i va yer haydaydigan traktorlaming 46 foizi 15 yildan ortiq vaqt 
mobaynida ishlatilayotgan texnikalardir. Boshqacha aytganda, ular belgilangan 
foydalanish muddatini allaqachon o‘tab bo‘lgan, quvvati, ish unumi va yoqilg‘i 
iste'mol qilish bo‘yicha zamonaviy standartlarga javob bennaydigan eski 
texnikalardir.
Qishloq xo‘jalik texnikalarini yangilash bo'yicha avvalo chet elning 
ilg'or kompaniyalari bilan hamkorlilaii mustahkamlash talab qilinadi. 
Hukumatimiz bu borada Germaniyaning «Klaas» kompaniyasi bilan 
zamonaviy, ish unumi yuqori bo'lgan traktorlar, g‘alla o‘rish kombaynlari va 
boshqa qishloq xo'jaligi texnikasini ishlab chiqarish bo'yicha hamkorlikni 
yanada kengaytirishga e'tibor qaratmoqda. Xorijdagi boshqa mashhur firmalar 
bilan ham aloqalami yo‘lga qo'yish, birinchi navbatda, zamonaviy melioratsiya 
texnikasini ishlab chiqarish va ta'mirlashni tashkil qilish masalalarida 
hamkorlik qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Qishloq 
xo‘jalik 
korxonalarining 
moddiy-texnika 
ta'minotim 
yaxshilashning asosiy yo'nalishlari quyidagilar:
• har bir qishloq xo'jaligi mintaqasiga mos keladigan, iqtisodiy jihatdan 
samarali bo'lgan texnikalar bilan kompleks mexanizatsiyalashtirishga 
asoslangan tizimni yaratish;
• ishlab 
chiqarishni 
avtomatlashtirish vositalaridan keng 
ko‘lamda 
foydalanish;
89
www.ziyouz.com kutubxonasi


• qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida o‘g‘itlardan foydalanishni to‘g‘ri 
tashkil etish va ekologik jihatdan qulay bo‘lgan biologik vositalarga 
yondashish;
• hududda mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bozor iqtisodiyoti 
talablariga mos keladigan qayta ishlash korxonalarini kengaytirish;
• ishlab chiqarish binolari va inshootlari qurishni keng ko‘lamda avj oldirish 
va qurilishni takomillashtirish;
• yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va qishloq xo‘jaligining suv bilan 
to‘liq ta'minlanishiga erishish hamda sug‘orishning ilg‘or texnologiyalarini 
qo‘llash;
• chorvachilikda mahsuldor zotli hayvonlar bilan ta’minlanganlik darajasini 
oshirish;
• qishloq xo'jaligi ekinlarining kasalliklarga chidamli, yuqori hosilli, 
tezpishar urug‘ navlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish;
• xizmat 
ko‘rsatuvchi 
korxonalaming 
moddiy-texnika 
bazasini 
mustahkamlash.

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish