M ulkdan foydalanish - mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki
ijtimoiy hayotda qo‘llanishi, ya'ni uning nafli jihatlarining bevosita iste'mol
qilinishi.
Mulkni ta sa rru f etish - mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish.
Oilaviy biznes - tadbirkorlik faoliyatining o'zaro qon-qardoshlik aloqalari
bilan bog‘liq bo'lgan kishilar guruhi (asosan oila a'zolari) tomonidan birgalikda
yuritishga asoslangan shakli.
Ozuqa birligi - 1 ozuqa birligi sifatida 1 kg sulining to‘yimlilik qiymati
asos qilib olingan.
Preferensiya - shartnoma bo'yicha beriladigan ustunlik,
imtiyozli shart-
sharoitlar.
Proteksionizm - davlatning milliy iqtisodiyot va mahalliy ishlab
chiqaruvchilami xorij raqobatidan himoya qilish siyosati. Bunda mamlakatga
olib kelinayotgan ayrim tovarlarga yuqori bojlar belgilanadi, ba'zi tovarlami
olib kelish cheklanadi yoki umuman ta'qiqlanadi.
Ratsion - mollaming fiziologik holatini hisobga
olgan holda bir sutkada
beriladigan yem-xashak miqdori.
R enta - yer egalarining qishloq xo‘jaligi yerlarini foydalanishga berishdan
oladigan pul mablag‘lari. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan
yaratilgan qo‘shimcha mahsulotning bir qismi yer egalari tomonidan
o‘zlashtiriladi. Yer rentasi yerga mulkchilikning paydo bo'lishi bilan
shakllangan. Monopol, differensial va absolyut rentalar mavjud.
Rekultivatsiya - holati yomonlashgan
yer maydonining barcha
xususiyatlarini qayta tiklash.
Rekreatsiya m aqsadlariga mo‘ljal!angan yerlar - aholining ommaviy
dam olishi va turizmni tashkil etish uchun tegishli muassasalar va tashkilotlarga
berilgan yerlardir.
R esurslar - 1) imkoniyat, boylik manbai, vosita; 2) ishlab chiqarishni
ta'minlaydigan omil va vositalar. Iqtisodiy resurslar quyidagilami o‘z
ichiga
oladi: moddiy (xomashyoviy, tabiiy), mehnat, kapital va information resurslar.
Retsessiya — uzluksiz ikki chorak davomida aniqlanadigan inqiroz,
ishchanlik faolligining pasayishi. Real yalpi milliy mahsulotning kamayishi,
iqtisodiy tushlcunlik.
Sekyuritizatsiya - qimmatli qog'ozlardan ssuda kapitali harakatini
ta’minlash maqsadida foydalanishni kengaytirish jarayoni bo‘lib, boshqa
moliyaviy instrumentlarga an'anaviy qimmatli qog‘ozlar shaklini berish.
Servitut - o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan
tarzda foydalanish
huquqi bo‘lib, qo‘shni bo‘lgan bir yoki bir necha yer uchastkalaridan
cheklangan tarzda foydalanish huquqidir. Servitut quyidagi maqsadlarda
belgilanishi mumkin: o‘zganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda
o‘tish; o‘zganing yer uchastkasida drenaj ishlari o'tkazish; o‘zganing yer
294
www.ziyouz.com kutubxonasi
uchastkasidan elektr uzatish,
aloqa liniyalari va quvurlar, irrigatsiya,
muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar o'tkazish va ulardan
foydalanish; o‘zganing yer uchastkasidan ekinzor va mollami sug‘orish uchun
suv olish; mollami o'zganing yer uchastkasi orqali haydab o‘tish; o‘zganing yer
uchastkasidan qidimv, tadqiqot va boshqa ishlami bajarish uchun vaqtincha
foydalanish; o'zganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni
muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etish. Servitut, uni
belgilashni talab qilgan shaxslar bilan o‘zga
yer uchastkasining egalik
qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi va mulkdori o‘rtasidagi kelishuvga
muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qaroriga
binoan belgilanadi.
Shartli qoramol - xo‘jalikdagi chorva mollari jami bosh sonini
hisoblashda
qo‘llaniluvchi o'lchov birligi bo'lib, chorva mollarini shartli qoramol
oMchovida ifodalash uchun tegishli koeffitsiyentlardan foydalaniladi.
Subvensiya - hukumat mahalliy organlariga yoki xo'jaliklaming turli
bo‘g‘inlariga davlat tomonidan beriladigan moliyaviy yordam turi.
Subsidiya - bahoni quwatlash usuli, davlat baholar o'rtasidagi farqni
to‘laydi; pul yoki naturako‘rinishidagi yordam, nafaqa.
Sug‘orish me’yori - bir marta sug‘orish uchun kerak bo‘ladigan suv
miqdori.
T adbirkorlik faoliyati - shakli, turi va sohasidan qat'i nazar, foyda
olish va
uni ko‘paytirish maqsadida amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyat.
Talab
-
ma'lum
vaqt
oralig‘ida,
narxlaming
mavjud
darajasida
iste’molchilaming tovar va xizmatlar maTum turlarini sotib ohshga qodir boTgan,
pul bilan ta’minlangan ehtiyoji.
Tender
- 1) bozorda obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlami taklif etish
vositasi; 2) xalqaro savdo shakli; 3) tanlov, talabgorlar o'rtasidagi raqobat.
Do'stlaringiz bilan baham: