Bog'liq Qurilish materiallari va konstruksiyalari ishlab chiqarishda sifat nazoratini tashkil qilish
2. TNB funksiyasi va tuzilishi Tayyor mahsulot sifatini tekshirish va uni me’yoriy hujjatlarda keltirilgan talablarga mos kelishini nazorat qilish texnik nazorat bo‘limi (TNB) ga yuklatiladi. Bu bo‘lim korxonani boshqarishda boshqa bo‘limlar bilan bir qatorda turadi.
TNB tuzilishi va uni xodimlari soni korxonaning ish hajmi, texnologik jarayonga bo‘lgan talab, ITX va xizmatchilar soni va ishlab chiqarishni tashkil qilishni konkret sharoitlaridan kelib chiqib belgilanadi.
Texnik nazorat bo‘limi tarkibiga quyidagilar kiradi: TNB boshlig‘i, laboratoriya mudiri, laborantlar va nazoratchilar. TNB boshlig‘i fakat zavod direktoriga hisobot beradi.
TNB boshlig‘i materiallar ishlab chiqarish sohasida yuqori malakali muxandis bo‘lishi va ishlab chiqarishni shu sohasida kamida 5 yil ishlagan bo‘lishi lozim.
TNB ning assosiy vazifasi texnologik jarayonning barcha bosqichlarida domiy faoliyat ko‘rsatadigan ishlab chiqarish nazoratini tashkil qilish, yaroksiz mahsulot chiqarishga va belgilangan texnologik jarayonni buzilishiga olib keluvchi sabablarni bartaraf qilishdan iborat.
TNB o‘z ishi davomida chiqarilayotgan mahsulotga qo‘yiladigan texnik shartlar va DAST talablariga asoslanadi. Bu talablar buzilgan hollarda yoki belgilangan texnologik rejimdan chetlashilsa TNB alohida agregatlar yoki texnoligik liniyani to‘xtatib qo‘yishga to‘la haqqi bor. SHu bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchilikka javobgar shaxslarni direktor orqali javobgarlikka tortishi mumkin.
TNB ni faoliyati barcha ishlab chiqarish uchastkalari bilan bevosita bog‘liq holda amalga oshiriladi.
TNB topshirig‘i bilan zavod laboratoriyasi kelayotgan mahsulotlardan o‘z vaqtida namunalar olishi, bu namunalar orqali materiallarni fizik-mexanik xossalarini aniqlashi, tayyor mahsulotlarni naturaviy sinovini o‘tkazishi va ularga pasport tuzishi, hamda barcha turdagi o‘tkazilgan sinovlarni qayd etib borishi lozim.
Zavod qoshidagi laboratoriya sinov o‘tkazish uchun lozim bo‘lgan, barcha turdagi kerakli o‘lchov priborlari va sinov uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
TNB tarkibiga kiruvchi nazoratchilar faqat TNB boshlig‘iga bo‘ysinadi va ular materiallar sifatiga, ishlab chiqarish jarayoniga va tayyor mahsulot sifatiga qo‘yladigan barcha talablarni bajarilishini kuzatib borishlari lozim. Texnologik jarayondan chetlashish yoki uni buzish hollari aniqlanganda zudlik bilan TNB boshlig‘iga, smena masterlariga va sex boshlig‘iga xabar berishi lozim.