Articles
For the 9th grade pupils
Noaniq artiklning qo'llanish holatlari(Revision)
His-hayajon gaplarda birlikdagi otlar oldidan noaniq artikl qoʻllaniladi. Odatda bunday gaplar 'what' so'roq olmoshi bilan boshlanadi.
What a pity/a shame/ a disgrace! (Qanday achinarli/uyat/sharmandalik!)
What a beautiful garden!
What a pleasure!
Koʻplikdagi otlar his-hayajon gaplarda artiklsiz qoʻllaniladi.
Ingliz tilida quite/rather/such soʻzlaridan keyin birlikdagi sanaladigan ot kelganda:
It is rather a complicated question.
too/so soʻzlaridan keyin sifat+a/an+birlikdagi ot qurilmasini ham bilish lozim.
It is not so simple a problem as it seems.
It is too urgent a matter to postpone.
Qisqartma otlar oldidan noaniq artikl qoʻllashning ham oʻziga xosligi bor. Qisqartma otlarda harflar alifbodagidek oʻqilgani sababli koʻpgina qisqartma otlar oldidan noaniq artikl keladi.
an MP (em pi) - parlament deputati
an FBI (ef bi ai) agent - FBR agenti
LEKIN a NATO general - (neito bir soʻz sifatida oʻqiladi)
Using definite article in our speech
Aniq artiklning atoqli otlar bilan qo'llanishi (I qism)
Atoqli otlar (joy, tashkilot, davlat nomlari) oldidan artikl qoʻllanishi yoki qoʻllanilmasligi masalasi juda murakkab boʻlib, oʻrganishda sabr va qunt talab qiladi. Albatta, bu yerda geografiya fanini bilish ham muhim ahamiyatga ega, chunki atoqli otlarning qaysi guruhga (daryo, kanal, ko'l va hakozo) mansub ekanlginini bilish lozim. Quyida aniq artikl bilan qoʻllanadigan atoqli otlarning bir guruhi berilgan.
✳Tashkilotlar: The United Nations, The BBC (lekin✖️ NATO)
✳Kema nomlari: The Titanic, The Mary Jane, The Endeavor, The Queen Elizabeth
✳ Davlat organlari va idoralari: the police, the government, the army
✳ Tarixiy hujjatlar: The Magne Carta, The Constitution
✳ Tarixiy voqealar : The French Revolution, The American Revolution
✳ Ba’zi san’at asarlari nomlari: The Odyssey, the Mona Lisa
✳ Rasmiy unvonlar : The President, the King, the Queen, the Prime Minister
✳ Siyosiy partiyalar: The Labour Party, The Republican Party
✳ Gazeta nomlari (agar ularning nomlari ingliz tilida yozilgan boʻlsa): The Economist, The Times, The Moscow Times, The Sun, The Daily Mirror, The Washington Post, The New York Times
Ammo: Gazeta nomlari boshqa tilda berilsa, artikl qoʻllanilmaydi: ✖ Le Monde (fransuz gazetasi), ✖Der Spiegel (nemis gazetasi), ✖Darakchi (oʻzbek gazetasi)
✳ Oila nomlari: The Browns, the Wilsons, the Usmanovs
✳ Okean, dengiz, daryo, kanal va ko'llar guruhlari nomlari: The Pacific Ocean, The Indian Ocean, The Black Sea, The Dead Sea, The Mediterranean (Sea), The Thames, The Amudaryo, The Panama Canal, The Suez Canal, The Great Lakes
✳ Choʻllar nomlari: The Sahara (Desert), The Gobi
✳ Bay(qoʻltiq); gulf (koʻrfaz); strait (boʻg'ozlar) nomlari : The Persian Gulf, The Bering Straits, The Bosphorus
✳ Tog' tizmalari va orollar guruhi nomlari : The Swiss Alps, The Rocky Mountains, The Pamirs, The Himalays, The Azors, The Bahamas, The British Isles
Lekin birlikdagi orollar va tog'lar (choʻqqilar) oldidan artikl qoʻllanilmaydi: ✖️\Ben Nevis, ✖(Mount) Everest, ✖Corsica, ✖Malta
Kingdom/union/united/republic/federation soʻzlari qatnashgan davlatlar nomlari oldidan : The United Kingdom, The United States, The Republic of China, The Russian Federation, The Republic of Uzbekistan
Ba'zi davlat va shahar nomlari oldidan (istisno sifatida) : The Ukraine, The Crimea, The Congo, The Netherlands, The Caucasus, The Sudan, The Yemen,The Lebanon, The Transvaal, The Hague, The Vatican, The Bronx
✖Argentina oldidan hech qanday artikl qoʻllanilmaydi.
Ba'zi dunyo mintaqalari nomlari oldidan: The Middle East, The Far East, The Arctic, The Balcans, The Antarctic
✖Central Asia, ✖Central Europe birikmalarida artikl qoʻllanilmaydi.
Teatr/muzey/galeriya/kinoteatr/restoran/kafe/bar/tungi klub/mehmonxona nomlari oldidan: The Globe, The British Museum, The Tate Gallery, The Odeon, The Cafe Royal, The Hilton, The Hermitage, The Louvre
✳ Ba'zi koʻcha nomlari oldidan: The Mall, The Strand, The High Street, The Arbat
✳ Ba'zi bino va inshootlar nomlari oldidan: The Lincoln Memorial, The Albert Hall, The Carnegie Hall, The White House, The Royal Palace, The Empire State Building, The Acropolis, The Eiffel Tower, The Pyramids, The Kremlin
✳ Tarixiy davrlarni bildiruvchi ba'zi atamalar oldidan: The Dark Ages, The Bronze Age, The Middle Ages, The Third Millennium
✳ noun+ of + noun sifatida qoʻllanilgan atoqli otli birikmalarida: The Tower of London, The Great Wall of China, The University of Cambridge, The Castle of York
✳ Dunyo taraflari joy, hududni bildirib kelganda: the south of England , the west of China, the south, the north
Davlat yoki qit'a nomini bildirib kelgan birikmalarda North/South/East/West soʻzlari artikl olmaydi.
✖ South Africa, ✖North America, ✖South America
▪north/south/east/west soʻzlariga sifat yasovchi -ern qoʻshimchasi qoʻshilsa, artikl qoʻllanilmaydi (northern/southern):
✖northern Spain, ✖western India
Dunyo taraflari (north/south/east/west) yoʻnalishni bildirib, ravish sifatida fe'l bilan ishlatilsa artikl olmaydi: to sail ✖ north/ from ✖east to ✖west
Yer yuzi yarim sharlari va qutblar oldidan: The Western Hemisphere, The Eastern Hemisphere, The Northern Hemisphere, The Southern Hemisphere, The North Pole, The South Pole
Koʻl nomlari oldidan artikl qoʻllanilmaydi: ✖Lake Baikal / Baikal, ✖Lake Victoria, ✖Lake Superior, ✖Lake Huron, ✖Lake Michigan, ✖Lake Erie, ✖Lake Ontario, ✖Crater Lake, ✖Utah Lake, ✖Lake Geneva, ✖Great Pond
Lekin: The Great Salt Lake, The Great Lakes
Aniq artiklning otlar bilan qo'llanishi (III qism)
The+birlikdagi sanaladigan ot birikmasi shu turdagi predmetlarning umumiy nomini (turini) bildirib keladi.
The rose is my favourite flower. (Atirgul - mening sevimli gulim.)
The giraffe is the tallest animal in the world. (Jirafa dunyodagi eng baland hayvon.)
The computer has changed our life completely. (Kompyuter bizning hayotimizni butunlay oʻzgartirib yubordi.)
The telephone was invented in 1876. (Telefon 1876 yil kashf qilingan.)
Yuqoridagi misollardan koʻrinib turibdiki, 'the telephone' deganda biz bir aniq telefonni emas, shu predmetning umumiy turini nazarda tutamiz. Bu yerda otning birlikda ishlatilishi juda muhim.
The + sifat yoki sifatdosh birikmasida sifat otlashadi va shu xususiyatga ega boʻlgan insonlar guruhini bildirib keladi, tabiiyki, bu birikma koʻplikdagi fe'lni talab qiladi.
the poor - kambag'allar
the deaf - karlar
the sick – kasallar
the rich - boylar
the blind - koʻzi ojizlar
the unemployed – ishsizlar
the disabled - nogironlar
the elderly - qarilar
the injured - jarohatlanganlar
The legendary Robin Hood robbed the rich and gave the money to the poor. (Afsonaviy Robin Gud boylarni talagan va pullarni kambag'allarga bergan)
Life isn't easy for the unemployed. (Ishsizlarga hayot oson emas)
The injured were taken to hospital by ambulances. (Jarohatlanganlar tibbiy yordam mashinalarida olib ketildi)
The +millat nomi birikmasi butun bir millatni bildirib keladi va koʻplikdagi fe'lni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |