URGANCH SHAHAR XALQ TA’LIMI BO’LIMI
22-SON UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI
Urganch shahar 22-son umumta’lim maktabi ingliz tili fani o’qituvchisi Qalandarova Dilfuzaning Grammatik mashqlar mavzularida qo’llash uchun
“Ingliz tilida artikl va uning qo’llanilishi”
mavzusidagi ilg’or ish tajribasidan
Urganch shahar- 2020-yil
Tuzuvchi: D. Qalandarova - Urganch shahar 22-son umumiy o’rta
ta’lim maktabi ingliz tili fani o’qituvchisi
Taqrizchi: G. Quryazova - Urganch shahar22-son umumiy o’rta
ta’lim maktabi o’quv ishlari bo’yicha
direktor o’rinbosari
N. Sharipova – Urganch shahar xalq ta’limi bo’limi
xorijiy tillar metodisti
S. Qurbonova - Urganch shahr xalq ta’limi bo’limi tabiiy
fanlar metodisti
Urganch shahar xalq ta’limi bo’limi metodika kengashining 2020-yil ____martdagi _____ sonli qarori bilan tasdiqlangan
Izlanuvchan o’qituvchi
Qalandarova Dilfuza 1991-yl 17-iyunda Xorazm viloyati Urganch shahrida ziyolilar oilasida tavallud topgan. Muallimamiz 2012-yil UrDU Xorijiy tillar fakultetining ingliz tili yo’nalishini tugatgan. 2012-2013-o’quv yilida shahrimizdagi Urganch maishiy xizmat kasb-hunar kollejida ishlagan. 2014-o’quv yilidan shahardagi 22-sonli maktabda o’z faoliyatini boshlagan. Shu 5 yil davomida Qalandarova Dilfuza o’z ish faoliyatini shu maktabda olib borib, o’quvchilarga o’z bilimini samarali usullar yordamida berib kelmoqda.
U o’z faoliyati davomida o’quvchilarga bilim berishda ilg’or pedogogik texnologiyalardan, AKT vositalarini oqilona foydalana oladi. Mavzuga oid multimedia vositalarini darsda qo’llash orqali o’quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishini yanada oshirib kelmoqda. Ayniqsa ta’limga oid bo’lgan internet saytlaridan turli tuman qiziqarli, mavzuga oid tarqatma materiallarni va qo’llanmalarni izlab topadi va ular ko’magida o’z darslarini yanada qiziqarli bo’lishini ta’minlaydi.
Shu sababdan o’qituvchi tayyorlagan o’quvchilar shahar miqiyosidagi turli tanlov va olimpiada musobaqalarida munosib ishtirok etib, faxrli o’rinlarni egallamoqda.
Shuningdek, dars mashg’ulotlaridan so’ng “Magic English” to’garagiga ingliz tiliga qiziquvchi o’quvchilarni jam qilib, ularga qo’shimcha bilim berib kelmoqda.
Iqtidorli ustoz 2019-yil “Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi” respublika ko’rik tanlovinig Urganch shahar bosqichida faxrli II o’rinni egalladi.
Bugungi kunda Qalandarova Dilfuzaning ilmiy maqolalari nafaqat respublikamiz, balki xalqaro nashrlarda ham chop etilib kelinmoqda.
Birinchi toifali o’qituvchimiz haqiqiy insoniy fazilatga boy bo’lgan, yosh avlodga ta’lim berishda o’zining kuch-g’ayratini ayamaydigan haqiqiy ijodkor, izlanuvchan muallimadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |