Urganch shahar 8-sonli o’rta ta’lim maktabi Boshlang’ich ta’lim metod birlashmasi №1-yig’ilish bayonnomasi



Download 105,5 Kb.
bet1/6
Sana16.06.2022
Hajmi105,5 Kb.
#678011
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bosh.10 ta yig‘ilish


Urganch shahar 8-sonli o’rta ta’lim maktabi Boshlang’ich ta’lim metod birlashmasi №1-yig’ilish
BAYONNOMASI.
13.08.2020-yil. 8-MAKTAB BINOSI

Yig’ilish raisi: Hayitboyeva N


Kotiba: Palvanova S
Yig’ilishda 20 nafar o’qituvchi qatnashdi.


KUN TARTIBIDA:
1. Boshlang’ich ta’lim metod birlashmaning 2019-2020-o‘quv yilida amalga oshirgan ishlari yuzasidan tahliliy hisobotlar va yangi o‘quv yilidagi vazifalarni belgilash.
2. Boshlang’ich ta’lim metod birlashmaning yillik ish rejasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash.
3. O‘qituvchilar o‘rtasida O’zbekiston Respublikasi XTVning 2020-yil 25-fevraldagi 52-sonli buyrug’iga muvofiq 2020-2021-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejani ishlab chiqish, taqvim-mavzu rejalari, dars soatlarini taqsimoti va sinf xonalarini tavsiya asosida jihozlanganligi to‘g‘risida tahliliy ma’lumotlar tayyorlash
4. 2020-2021 o‘quv yili davomida metodbirlashmada o‘tkaziladigan ochiq darslar va tadbirlar jadvalini tasdiqlash.
5. Boshlang’ich ta’lim fan oyligida amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar va ochiq darslar rejasini tuzish va tasdiqlash.
1. Kun tartibidagi birinchi masala: Boshlang’ich ta’lim metod birlashmasi rahbari Hayitboyeva Nilufarning so’zi:
Hurmatli o’qituvchilar, o’tgan 2019-2020 – o’quv yilida Boshlang’ich ta’lim metod birlashmasida belgilangan reja asosida bir qancha ishlarni amalga oshirdik. Jumladan fanlardan zamonaviy pedagogic texnologiyalarni qo’llash, darslarda AKT dan samarali foydalanish bo’yicha ishlar olib borildi. O’quvchilarning bilim samaradorligini oshirish maqsadida fanlardan turli tanlovlar va kechalar tashkil qildik. 2-4-sinf o’quvchilari o’rtasida Kichik fan olimpiadalarini o’tkazdik. Tajriba almashish va metod o’rganish maqsadida ochiq darslar uyushtirdik. Fan oyliklari doirasida belgilangan ishlarni amalga oshirdik.
Shu masala yuzasidan 2-“B” sinf rahbari Palvanova S muzokaraga chiqib, o’tgan o’quv yilida metod birlashma tomonidan amalga oshirgan ishlar va yo’l qo’yilgan kamchiliklar bo’yicha Hayitboyeva Nilufar so’zini maqulladi.
2. Kun tartibidagi ikkinchi masala: Boshlang’ich ta’lim metod birlashmasi rahbari Hayitboyeva Nilufarning so’zi:
Hurmatli o’qituvchilar, kelayotgan yangi o’quv yilida Boshlang’ich ta’lim o’qituvchilarining ish samaradorligini oshirish uchun uslub birlashmaning yillik yig’ilish va ish rejalarini tuzib olishimiz kerak.Yig’ilish rejasida Boshlang’ich ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan bo’lishi lozim. Jumladan metod birlashmaning choraklar mobaynida amalga oshirgan ishlarini muhokama qilish, fan o’qituvchilarining darslarda va sinfdan tashqari amalga oshirgan ta’limiy ishlari muhokama qilinishi lozim.
Shu masala yuzasidan 3-“A”-sinf rahbari Aripova Gulnora muzokaraga chiqib, Boshlang’ich ta’lim metod birlashmasida yangi o’quv yili mobaynida o’tkaziladigan yig’ilishlar rejasi bo’yicha takliflar bildirildi va Hayitboyeva N so’zini maqulladi.
3. Kun tartibidagi uchinchi masala: Boshlang’ich sinflarda DO’ Kenjayeva Muyassar ning so’zi:
Hurmatli ustozlar, karantin qoidalariga amal qilgan holda ishlarni tashkil qilib borishimiz kerak.O’zbekiston Respublikasi XTV ning 2020-yil 25-fevraldagi 52-sonli buyrug’iga muvofiq 2020-2021-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv reja bilan tanishib, uni ishlab chiqishimiz kerak. Fanlardan Respublika ta’lim markazi tomonidan ishlab chiqilgan taqvim-mavzu rejalari bilan tanishib chiqib, muvofiqligini aniqlab olishimiz kerak. Sinflarda dars soatlarini munosib taqsimoti va sinf xonalarini tavsiya asosida jihozlab, yangi o’quv yiliga tayyor holatga keltirishimiz kerak. Boshlang’ich sinflarda bilim samaradorligini oshirish uchun fanlar o’qitilishini mutaxasis hamda malakali o’qituvchilarga berishimiz kerak. O’quvchilarning darslik va zarur o’quv qurollari bilan ta’minlanganligini nazorat qilishimiz kerak.
Maktabimizda boshlang’ich sinflarimiz uchun ajratilgan Sinf va fan xonalarini DTS talablari asosida zamonaviy qilib jihozlashimiz kerak.Mavjud multimediya va elektron vositalardan samarali foydalanishimiz lozim.
Shu masala yuzasidan 4-“A”-sinf rahbari Jumaniyazova M va 3-“B sinf o’qituvchisi Sapoyeva M muzokaraga chiqib, yangi o’quv yili uchun taqvim-mavzu rejalar va tayanch o’quv reja bilan tanishib chiqqanligi va sinfxonalarini tayyorlash va dars taqsimoti bo’yicha takliflar bildirishdi.
4. Kun tartibidagi to’rtinchi masala: Boshlang’ich ta’lim metod birlashmasi rahbari Hayitboyeva Nning so’zi:
2020-2021-o‘quv yili davomida metodbirlashmada o‘tkaziladigan ochiq darslar va tadbirlar jadvalini tasdiqlab olishimiz kerak. O’qituvchilarning darsdagi faoliyatii bilan yaqindan tanishib chiqish maqsadida Ochiq darslar uyushtirishimiz va uning jadvalini tuzib olishimiz kerak.Yil davomida bo’lib o’tadigan fan oyliklarini hisobga olgan holda tuzishimiz kerak.
Ushu masala yuzasidan 2-“B”-sinf rahbari Palvanova S muzokaraga chiqib, takliflar bildirib, yuqoridagi fikrlarni bir ovozdan ma’qullashdi.
5. Kun tartibidagi masala: Boshlang’ich ta’lim metod birlashmasi rahbari Hayitboyeva N so’zi:
Boshlang’ich ta’lim fan oyligida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlarning tadbir rejasini tuzib olishimiz kerak.
Fan oyligi doirasida samarali ishlar olib borishimiz kerak. Buning uchun Uslub birlashmaning malakali o’qituvchilari bilan birgalikda tuzilgan ushbu Boshlang’ich ta’lim uslub birlashmasining ish va yig’ilish rejasi loyihasini korib chiqishlaringizni so’rayman.
Ushbu masala yuzasidan uslub birlashma a’zolaridan Qalandarova Poshhsajonlar o’z fikrlarini aytib yuqoridagi takliflarni bir ovozdan qo’llab quvvatladilar.

Download 105,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish