O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
URGANCH KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI TEXNIKUMI
“Kompyuter injiniringi” mutahasisligi
“Ofis texnikasiga xizmat ko`rsatish”fani
Mavzu: "Audio jihozlar"
Bajardi:
1-Kurs
02-20 Guruhi tolibi
Rustambekov Asadbek
Tekshirdi:
Reja:
Audio jihozlar. 2
Tovush adapterining asosiy razyomlari. 4
Tovush kolonkalarini xonada joylashtirish sxemasi 7
Audio jihozlar.
Bugungi kunda tarkibida tovush adapteri va akustik tizimlar bo‘lgan audio tizimlar deyarli istalgan kompyuter tizimlari konfiguratsiyasining ajralmas qismi bo‘lib qolgan.
Tovush adapteri
Biz bugungi kunda turli xil kompaniyalar o‘rtasidagi raqobat tufayli tovushni yuqori sifatli qayta ishlash va yangratish dasturlari va qurilmalaridan foydalanish imkoniyatiga egamiz. Tovush adapteri(tovush platasi) – bu kompyuterga tovushli axborotni yozish va eshittirishga imkon beruvchi qurilmadir. Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan deyarli barcha tizimli platalar tarkibida ko‘plab foydalanuvchilarning talablarini qondira oluvchi joylashtirilgan tovush platalari mavjud (integrallashtirilgan video karta bilan aynan bir xil). Yanada kuchli tovush adapter alohida kengaytirish platasi ko‘rinishida bo‘ladi (6.1-rasm).
Tovush adapterining ko‘rinishi.
Zamonaviy kompyuterlarda tovushni apparat darajasida quv-vatlash quyidagi shakllar dan birida amalga oshirilishi mumkin:
–PCI shinasi razyomiga o‘rnatiluvchi tovush pla tasi;
–Crystal, Analog Devices, Sigmatel, ESS va boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tizim platasidagi AC’97 mikrosxemasi; –tizimli plata mikrosxemalarining asosiy to‘plamiga integral-lash tirilgan tovush qurilmasi. Bunday imkoniyatlarga ega bo‘lgan arzon mikrosxema to‘plamlariga Intel, SiS, AOpen va VIA Technologies kompaniyalarining mahsulotlari taalluqlidir. Tovush platasini tanlashda quyidagi axborotlarni hisobga olish kerak. Tovush adapteri razyomlari– tovush adapteri qanday bo‘lishidan qat’iy nazar tizim blokining orqa tarafida rangli razyomlar mavjud Chiziqli chiqish(Line-out) – faol kolonkalar va naushniklar ulanadigan stereo chiqish. Bu razyom yordamida magnitofon kolonkasi yoki musiqiy markaz orqali musiqani eshittirish hamda unga yozish uchun kompyuterga har xil musiqiy jihozlarni (masalan, magnitofon yoki musiqiy markaz) ulash mumkin.
Line In
Mic In
Head Out
Line Out
MIDI/Game
Do'stlaringiz bilan baham: |