1623-yilda esa Qum qal’asi yaqinida Arab Muhammadxon xotinlari, yosh o'g'illari va ikkita nabirasi bilan o'g'illari Habash va Elbars Sulton tomonidan o'ldirildi. Isfandiyor Eronga (garchi unga Makkaga borishga ruxsat berilgan bo’lsa-da), Abulg'oziy esa Buxoroga qochib, jon saqladilar. 1623-yilda otasining qatl ettiriIganligini eshitgan Isfandiyorxon Durun shahri, Abdulxon tog'alari, turkmanlarning taka, yovmut, sariq urug'laridan qo'shin to'plab Urganchga yurish boshladi. Urganch yaqinida Isfandiyorxon va Habash - Elbars qo'shinlari о rtasida 23 kun davom etgan jangda birlashgan aka-ukalar qo'shinlari lsfandiyor qo'shini tomonidan tor-mor etildi. Elbars qo'lga olinib, qatl etildi. Habash Sirdaryo bo‘ylaridagi qoraqalpoqlardan najot so'radi. Ammo u bu yerdan boshpana topolmadi. Shundan so'ng u navkarlari bilan qo'lga olinib, Isfandiyorxonga topshirildi. Oxir-oqibatda ularning barchasi qatl etildi. 1623—1643-yillar davomida Xiva xonligi taxtini Isfandiyorxon boshqardi. O'zining yigirma yiilik davlat boshqaruvini Isfandiyorxon turkman qabila boshliqlariga tayanib olib bordi. Xonlikning yuqori lavozimlariga turkmanlar tayinlanib, ularga katta imtiyozlar berildi. Natijada o'zbek urug'larning Isfandiyorxon siyosatiga qarshi noroziligi kuchayib bordi. Isfandiyorxon taxtga o'tirgan yiliyoq nayman urug'Iarini qirg'inbarot qildi. Xonlikdagi o'zbek urug'lari uch bo'lakka bo'linib, Movarounnahr yerlariga ko'chib ketishdi. Oradan ко’p о’tmasdan о’z yurtiga qaytib kelgan o'zbeklar Isfandiyorxon tomonidan qilichdan o'tkazildi. E’tiboriningiz uchun rahmat Isfandiyorxon xonligi davrida ham Xorazmda tinchlik va osoyishtalik o‘rnatilmadi. Toj-u taxt uchun kurashlar ilgarigi davrlardagidek davom etdi. Xonlikdagi siyosiy hokimiyatni turkmanlar qo'liga berib qo'ygan Isfandiyorxondan norozi bo'lgan kuchlar safi ortib bordi. Shuningdek, Amudaryoning Orolga qo'yilish joyida (Orol bo'yida) istiqomat qilgan o'zbeklar (bu yerda o'zbek qo'ng'irotlari katta siyosiy mavqega ega edilar) xonlikning siyosiy hayotiga ta’siri kuchayib bordi. Isfandiyorxon xonligi davrida ham Xorazmda tinchlik va osoyishtalik o‘rnatilmadi. Toj-u taxt uchun kurashlar ilgarigi davrlardagidek davom etdi. Xonlikdagi siyosiy hokimiyatni turkmanlar qo'liga berib qo'ygan Isfandiyorxondan norozi bo'lgan kuchlar safi ortib bordi. Shuningdek, Amudaryoning Orolga qo'yilish joyida (Orol bo'yida) istiqomat qilgan o'zbeklar (bu yerda o'zbek qo'ng'irotlari katta siyosiy mavqega ega edilar) xonlikning siyosiy hayotiga ta’siri kuchayib bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |