Urganch davlat universitetining tabiiy fanlar fakulteti «ekologiya va hayot faolyati xavfsizligi» kafedrasi


Tabiiy resurslarning klassifikatsiyasi



Download 0,5 Mb.
bet3/7
Sana19.05.2023
Hajmi0,5 Mb.
#941041
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish

Tabiiy resurslarning klassifikatsiyasi. Tabiiy resurslar ulardan foydalanish vaqtiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: real va potensial resurslar. Real resurslarga inson hozirgi vaqtda foydalanayotgan vositalar kiradi. Potensial resurslar esa inson ayrim sabablarga ko‘ra hozircha foydalanmayotgan, ammo kelajakda foydalanishi mumkin bo‘lgan resurslardir.
Tabiiy resurslar o‘zlarining tarkibiy tuzilishiga ko‘ra ham ikkiga bo‘linadi: elementar (sodda) va kompleks (murakkab) resurslar. Elementar resurslarga Mendeleevning davriy sistemasidagi barcha kimyoviy elementlarni, shuningdek shamol enyergiyasi va fazoviy nurlarni kiritish mumkin. Kompleks resurslarga kimyoviy elementlarning birikmalarini (mas., toshko‘mir, suv, havo, turli xildagi rudalar va h.k.) kiritish mumkin. Demak, kompleks resurslar elementar resurslardan tashkil topadi.
Elementar va kompleks resurslar tushunchasini jonli tabiatga nisbatan ham qo‘llash mumkin. Bu o‘rinda elementar resurslarga misol qilib ma’lum bir maydondagi o‘simlik yoki hayvon populyasiyasini olish mumkin. SHu maydondagi biotsenozni esa kompleks resurs deyish mumkin.
Tabiiy resurslar o‘zlarining chekli - cheksizligiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: tugaydigan va tugamaydigan resurslar.
1.Tugaydigan resurslar ikki xil bo‘ladi:
a) tiklanadigan resurslar - bularga tuproq, hayvonot va o‘simliklar olami misol bo‘ladi. Agar biror sababga ko‘ra bu resurslarga nisbatan ma’lum vaqt noto‘g‘ri munosabatda bo‘linsa, ular zaiflashib va kamayib qoladi, ammo keyinchalik to‘g‘ri munosabatda bo‘linganida esa ular son va sifat jihatidan qayta tiklanishi mumkin.
Savol: tiklanadigan resurslar tiklanmay, tugab qolishi mumkinmi?
Javob: bu muammoning qay darajada echilishi inson omiliga bog‘liq. Inson o‘z faoliyati bilan ularning tiklanishini tezlashtirishi, sekinlashtirishi yoki butunlay to‘xtatib qo‘yishi mumkin.
Tiklanish tezligi turli resurslarda turlicha bo‘ladi. Masalan, agar kesib tashlangan o‘rmonni qayta tiklash 60-80 yilni talab qilsa, unumdorligi yo‘qolib, kuchli zaharlangan yerning tuprog‘ini tiklash yuzlab, minglab yillarni talab qiladi. Extiyotsizlik qilinganda tiklanadigan resurslar tiklanmaydigan resursga aylanishi mumkin.
b) tiklanmaydigan resurslarga qazilma boyliklar misol bo‘ladi. Bularning tiklanish jarayoni ularni o‘zlashtirish tezligidan ming va million martalab sekin kechadi. SHuning uchun ham bu xildagi resurslardan foydalanishda ularning potensial miqdorini hisoblab chiqish va shunga qarab ish tutish lozim.
Tiklanadigan va tiklanmaydigan resurslardan foydalanish prinsipi bir-biridan tubdan farq qiladi. Tiklanadigan resurslardan foydalanganda ularni foydalanilgan joylarda ma’lum miqdorda qoldirish zarur, qayta tiklanmaydigan resurslardan foydalanilganda esa buning teskarisi, ya’ni kondagi boy va kambag‘al ma’danlarning barchasini qazib olib, qayta ishlash maqsadga muvofiqdir.
SHuni aytish kyerakki, konchilik sanoati va metallurgiyada olinayotgan xom ashyoning yo‘qotilish foyizi dunyo bo‘yicha yuqori. U qora va rangli metallarni olishda o‘rtacha 15-25 %, toshko‘mir shaxtalarida 40 % va neft konlarida 56 % ni tashkil qiladi. Qazib olish paytidagi yo‘qotishni kamaytirish maqsadida neft va gaz quduqlariga kuchli bosimda suv yuboriladi. Bu suv neft va gaz to‘plangan yer qatlamlariga kirib, ularni siqib chiqaradi. Nefti og‘ir va quyuq bo‘lgan qatlamlarga esa katta bosimda suv bug‘i yuboriladi.
2.Tugamaydigan resurslarga suv, iqlim, kosmik resurslar va suvning ko‘tarilib-tushish enyergiyasi kiradi. Tabiatda mavjud suvning miqdori qanday maqsadga va qancha foydalanishdan qat’iy nazar o‘zgarmaydi. Suv bir holatdan boshqa holatga o‘tib, yer va havo orasida aylanib yuradi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish