Urganch Davlat Universitetining Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya kafedrasi 18 guruhi talabasi Botanika fanidan tayyorlagan Kurs ishi Topshirdi: Qabul qildi: ­­­ Mavzu: Qo’ng’ir suv o’tlar. Reja


II.2. Qo’ng’ir suvo’tlarning o’ziga xos xususiyatlari



Download 1,18 Mb.
bet6/13
Sana23.01.2022
Hajmi1,18 Mb.
#403591
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
qo\'ng\'ir suv o\'tlar222222222222222222

II.2. Qo’ng’ir suvo’tlarning o’ziga xos xususiyatlari.

Qo’ng’ir suvo’ttoifalar uchun xromatoforalarining qung’ir rangda bo’lishi xosdir. Unda xlorofill ‘‘a’’ va «s», beta karotin, qo’ng’ir ksantofillar, ayniqsa, fukoksantinlarni izlari bor. Zahira holda laminarin polisaxaridi, olti atomli manit spirti va moy xloroplastlaridan tashqarida sitoplazmada to’planadi. Monad hujayralari (zoosporalar, gametalar) noksimon shaklda bo’lib, ko’zcha va xivchin uchraydi. Ularning biri silliq (akronemali), ikkinchisi esa 2 qator tukli (mastigonemali yoki plevronemali) ko’rinishda. Istisno tariqasidagi ayrim vakillaridan tashqari qo’ng’irtoifa suvo’tlarining hammasi dengiz va okeanlardagi sho’r suvlarda hayot kechiradi. Ayniqsa, ular Shimoliy va Janubiy yarimsharlarning sovuq suvlarida keng tarqalgan. Tallomining morfologik differensiatsiyasi bo’yicha ular barcha suvo’tlariga nisbatan murakkabroq tuzilishga ega. Jumladan, ularning ichida bir hujayrali, kolonial, shoxlanmagan yoki oddiy shoxlangan ipsimon vakillari uchramaydi. Eng oddiy tuzilgan qo’ng’irtoifa suvo’tlari har xil ipsimon (geterotrixial), ko’pchiligi esa plastinkasimon tuzilgan. Qo’ng’ir suvo’ttoifalar vakillarining


hujayra devori kuchli shilimshiqlanish xususiyatiga ega bo’ladi. Hujayrasida bitta yadro, bir yoki bir nechta vakuola, turli shakldagi doimiy xromotoforalar mavjud.

Ko’payishi vegetativ, jinsiy va jinssiz yo’llar bilan amalga oshadi. Vegetativ ko’payish tallomining mexanik ravishda bo’laklarga bo’linishi natijasida yoki ayrim vakillarida (masalan, sfatsillariyada) maxsus uzilib tushuvchi kurtaklar hosil qilib amalga oshadi. Qo’ng’irtoifa suvo’tlarining jinssiz ko’payishi sistematik guruhlariga qarab har xil bo’lishi mumkin. Ko’pchilik vakillarida jinssiz ko’payish zoosporalar vositasida amalga oshib, ular diploid o’simliklarda yuzaga keluvchi bir uyachali zoosporangiylarda hosil bo’ladi. Diktiotalar qabilasiga kiruvchi vakillarining bir uyachali sporangiylarida to’rttadan aplonasporalar (tetrasporalar) yuzaga keladi. Zoosporalar va tetrasporalar hosil bo’lishidan oldin reduksion bo’linadi va ulardan jinsiy bo’g’in –gaploid gametafit o’sib chiqadi. Lekin ayrim qo’ng’irtoifa suvo’tlarida (masalan,

6-rasm diktiota

diktiotada) ham bir uyachali, ham ko’p uyachali zoosporangiylar yuzaga kelib, ko’p uyachali zoosporangiyda hosil bo’lgan zoosporalar reduksion bo’linmaydi va diploid zoosporadan yana diploid sporofit o’sib chiqadi. Jinsiy ko’payish qo’ng’irtoifa suvo’tlarining nisbatan primitiv tuzilgan vakillarida izogamiya yo’li bilan amalga oshib, gametalar ko’p uyachali gametangiylarda hosil bo’ladi. Qo’ng’irtoifa suvo’tlarining ayrim vakillarida esa jinsiy ko’payish geterogamiya usulida borib, ular ham ko’p uyachali gametangiylarda yuzaga keladi. Lekin ba’zi gametangiylarda maydaroq, ayrimlarida esa yirikroq gametalar paydo bo’ladi. Nisbatan yuksak tuzilgan qo’ng’irtoifa suvo’tlarida jinsiy ko’payish oogamiya usulida amalga oshadi. Odatda, oogoniy va anteridiylarida bittadan gametalar hosil bo’ladi. Lekin fukus turkumli turlarining har bir anteridiysida 64 tadan spermatozoid, oogoniylarida esa 8 ta tuxum hujayra yuzaga keladi. Qo’ng’irtoifa suvo’tlarining ayrim vakillarida ko’payish a’zolarining yig’ilgan to’plamlari vujudga kelib, ular sorus deb ataladi. Masalan, diktiotada oogoniy va anteridiylar sorusi, laminariyada esa zoosporangiylar sorusi vujudga keladi. Shuningdek, ayrim vakillarining tallomi ustida maxsus shoxlangan nasl shoxchalari yuzaga kelib, ular retseptakullar deb ataladi. Retseptakullar jinsiy a’zolarning hosil bo’luvchi o’rni bo’lib, ko’pinchalik noksimon chuqurchada (skafidiyada) tuxum hujayra va spermatozoidlarni vujudga keltiradi (masalan, fukusda).



7-rasm skafidiya

Qo’ng’irtoifa suvo’tlarining ko’pchilik vakillarida jinssiz va jinsiy bo’g’inlar gallanib turadi. Gallanish izomorf (gametofit va sporofit bir xil tuzilishga va kattalikka ega) yoki geteromorf (gametofit va sporofit har xil) bo’lishi mumkin. Ushbu bo’limga mansub suvo’tlarda nasllarning gallanishi sistematik guruhlarga bo’linishi uchun asos qilib olingan. Izomorf gallanishga ega bo’lgan vakillari izogeneratasimonlar, geteromorf gallanib ko’payuvchilar geterogeneratasimonlar, faqat jinsiy ko’payish xususiyatiga egalari esa siklosporasimonlar sinflariga biriktirilgan.

Hayotiy jarayonlari turli-tumanligiga qarab, qo’ng’ir suvo’ttoifalar 3ta ajdodga bo’linadi:


1) Izogeneratsimonlar - Isogenerathophyceae

2)Geterogeneratsimonlar - Geterogenerathophyceae

3)SiklosporasimonlarCyclosporophyceae


Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish