Izogeneratasimonlar ajdodi (sinfi) – Isogeneratophyceae
Bu sinfning tipik vakillaridan biri ektokarpus (Ectocarpus) bo’lib, u qo’ng’irtoifa suvo’tlari ichida eng primitiv tuzilishga ega. -
8-rasm Izogeneratasimonlar ajdodi
Ektokarpusning sporofit va gametofit tallomlari substrat bo’ylab yozilgan iplardan va ulardan o’sib chiqqan bir qator hujayralardan tashkil topgan hamda ko’pincha rangsiz hujayralardan iborat tuklar hosil qiluvchi vertikal iplarni vujudga keltiradi. U bir necha sm uzunlikdagi kichik tallomli bo’lib, dengiz va okeanlarda keng tarqalgan. Jinssiz ko’payishida bir uyachali zoosporangiylarda gaploid zoosporalar, iqlim sharoiti o’zgarganda esa ko’p uyachali zoosporangiylarda diploid zoosporalar hosil qilishi mumkin. Ko’p uyachali zoosporangiyda hosil bo’lgan zoosporalar yana sporafitni, bir uyachali zoosporangiylarda yuzaga kelgan zoosporalar esa gametofitni hosil qilib, izogamiya yo’li bilan ko’payadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |