Yozma-og’zaki tarjima, ya’ni yozma matnning og’zaki tarjimasi: AMT yozma shaklda, TT esa og’zaki shaklda amalga oshadi. Tarjimaning bu turida ham ikki xil tarjimani farqlash mumkin: tarjima asl matn ichidan o’qish bilan bir paytda (xuddi sinxron tarjimadagidek) sodir bo’lishi mumkin yoki ketma-ketlilik bilan, butun matnni yoki har bir abzatsni o’qib bo’lgandan keyin amalga oshishi mumkin. Yozma-og’zaki tarjimaning birinchi xili “qog’ozga qarab tarjima qilish” (ruschasi “перевод с листа”) deb ham ataladi, ikkinchi xili esa “tayyorlanib tarjima qilish” (ruschasi “перевод с подгоовкой”) deb nom olgan. Albatta, bu nom shartli ravishda tushuniladi, chunki bu holda “tayyorgarlik” (asl matnni oldindan o’qib chiqish va tushunib olish) minimal bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |