Urganch davlat universiteti xorijiy filologiya fakulteti gid hamrohligi va tarjimonlik yo



Download 1,18 Mb.
bet4/13
Sana08.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#756480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Imom al buxoriy hadislari va maqbarasi haqida (2)

Imom al-Buxoriy asarlari

Imom al-Buxoriy avlodlarga boy va qimmatli ilmiy meros qoldirgan boʻlib, u yozgan asarlarning soni yigirmadan ortiqdir. Ulardan “Al-jomeʼ as-sahih”, “Al-adab al-mufrad”, “At-taʼrix as-sagʻir”, “At-taʼrix al-avsot”, “At-taʼrixal-kabir”, “Kitob al-ilal”, “Barr ul-volidayn”, “Asomi us-sahoba”, “Kitob al-kuna” va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Buyuk allomaning eng muhim asari, shubhasiz, “Al-jomeʼ as-sahih”dir. Bu asar “Sahiyh al-Buxoriy” nomi bilan ham mashhur. Uning gʻoyat ahamiyatli tomoni shundaki, Imom al-Buxoriygacha oʻtgan muhaddislar oʻz toʻplamlariga eshitgan barcha hadislarini tanlab oʻtirmay qatorasiga kiritaverganlar. Imom al-Buxoriy esa turli roviylardan eshitgan hadislarni tabaqalarga boʻlib, ularning ishonchlilarini ajratib, alohida kitob yaratdi.
Alloma ibn Salohning taʼkidlashicha, al-Buxoriyning bu asariga kiritilgan ishonchli hadislarning soni takrorlanadiganlari bilan birga 7275 ta boʻlib, takrorlanmaidigan holda esa 4000 hadisdan iborat.
Imom Buxoriyning asarlari orasida eng mashhur bo‘lgani “Al-jome’ as-Sahih”dir. Undan tashqari tarixiy voqealar va shaxslarni chuqur tahlil qiladigan, hadis ilmining asoslaridan bo‘lgan ilmlarga oid bir qator o‘ta ahamiyatli kitoblar yozdi. Imom Buxoriyning ilmiy ahamiyati yuksak bo‘lgan bir nechta asarlar tasnif qildi: «Al-jome’ as-sahih», «Al-adab al-mufrad», «At-tarix al-kabir», «At-tarix as-sag‘ir», «At-tarix al-avsat», «At-tafsir al-kabir» «Birrul volidayn», «Asmo as-sahoba», «Kunyalar» va boshqalar. Ular orasidagi «Al-jome’ as-sahih» asari islom olamida Qur’ondan keyingi eng muhim manba sifatida e’zozlanuvchi manba hisoblanadi. Imom Buxoriyning hadislar to‘plash borasidagi qo‘ygan shartlari boshqa muhaddislarning shartlaridan ko‘ra aniqroq bo‘lgani sababli «Al-jome’ as-sahih» asari «Eng ishonchli hadislar to‘plagan» nomiga sazovor bo‘lgan. Muhaddislar hadislarning roviylarini o‘zaro uchrashganlari ehtimoli mavjud bo‘lsa shunga kifoyalanishgan, ammo Imom Buxoriy eshitgan hadislarining roviylari o‘zaro uchrashganini alohida ko‘rgan guvohning e’tirofini ham shart qilib qo‘ygan. Bunday shart boshqa muhaddislarda uchramaydi. Hofiz ibn Xajar al-Askaloniyning hisobiga ko‘ra «Al-jome’ as-sahih»dagi hadislarning soni 7397 tani tashkil etadi. Bular orasida takrorsizlari 2602 tani tashkil qiladi. Izohlar, roviylarning ixtilofi va ilovalarni qo‘shilsa kitobda keltirilgan hadislar soni 9082 taga yetadi. Aynan Imom Buxoriy tufayli Movarounnahr hududida IX-XII asrlarda ko‘plab hadisshunoslik maktablari shakllandi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi. Hozirgi kunda olimning asarlari dunyoning o‘nlab tillariga tarjima qilingan va islom dunyosida uning ijodidan ko‘plab ilmiy tadqiqotlarda foydalanib kelinadi . Xorijiy yurtlardagi safardan keyin Buxoroga qaytgach, hadis ilmini targ‘ib etishga kirishadi. Ul zotning bu saʼyu ko‘chishlari bu vaqtda Buxoroda hisoblanadi. Bu asar Hindiston va Qohirada chop etilgan. Buxoriy yaratgan
„Kitob alfavoid“ („Foydali ashyolar haqida kitob“),
„AlJomi’ alkabiyr“ („Katta tayanch“),
„Xalq af’ol alibod“, („Alloh bandalari ishlarining tabiati“),
„AlMusnad alkabiyr“ („Katta tayanch“),
„Attafsir alkabiyr“ („Katta tafsir“),
„Kitob alxiba“ („Xayrehson haqida kitob“) va boshqa asarlarning baʼzilari bizgacha yetib kelmagan, baʼzilari jahonning turli mamlakatlari kutubxonalarida saqlanayotganligi haqida maʼlumotlar bor. Buxoriyning boshqa asarlari orasida „Tafsir al-Qur’on“ („Qur’on tafsiri“) kitobini ham alohida taʼkidlash kerak. Buxoriy asarlari musulmon dunyosining barcha Madrasa va dorilfununlarida payg‘ambar (alayhisallom) sunnatlari bo‘yicha asosiy darslik, qo‘llanma hisoblanadi. Jamoat arboblari, olimu ulamolar va din peshvolari Buxoriy asarlariga tayanib ish tutadilar.
Bu sharafli ishni birinchi al-Buxoriy boshlab bergan boʻlib, keyin qator olimlar unga taqlid qilib, shu zaylda hadislar toʻplamini yaratganlar. Imom al-Buxoriyning ushbu yirik asari yozilganiga taxminan 1200 yil boʻldi, oʻsha davrdan boshlab toki shu vaqtgacha u islom taʼlimotida Qurʼondan keyingi ikkinchi oʻrinda turadigan muhim manba sifatida yuqori baholanib kelinmoqda. Imom al-Buxoriyning ushbu asarining koʻplab nusxalari turli shaharlarda tarqalgan. Hatto oʻrta asrlarda yashagan baʼzi adib va xattotlar uchun bu asar nusxalarini koʻchirish tirikchilik manbai ham boʻlgan. Jumladan, taniqli adib va tarixchi an-Nuvayriy (1332 yilda vafot etgan) al-Buxoriyning ushbu asaridan sakkiz nusxa koʻchirib, har birini ming dirhamdan sotgan. 1325 yilda koʻchirilgan sakkiz jilddan iborat goʻzal bir nusxasi hozir Istanbulda saqlanmoqda. “Al-Jomeʼ as-sahih”ga koʻpdan-koʻp sharhlar bitilgan boʻlib, muhim manba sifatida u qayta-qayta nashr ham qilingan. Imom al-Buxoriy toʻplamlariga kiritilgan hadislar mehr-muhabbat, saxiylik, ochiq koʻngillik, ota-ona, ayollar va kattalarga hurmat, yetim-yesirlarga muruvvat, faqir bechoralarga himmat, vatanga muhabbat, mehnatsevarlik va halollikka daʼvat etish kabi haqiqiy insoniy fazilatlar va namunali tartibotlar majmuasidir. Unda nima yaxshi, nima yomon, nimani qilish kerak, nimadan oʻzni tiyish lozimligi haqida hozirgi jamiyatimiz ahli, ayniqsa, yosh avlod uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega yoʻl-yoʻriqlar, pand-nasihat va oʻgitlar aks ettirilgan.

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish