Urganch davlat universiteti X. R. Matyoqubov, J. K. Tojiyev texnologiya va dizayn



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/136
Sana11.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#352246
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   136
Bog'liq
texnologiya va dizayn amaliy mashgulotlar uslubiy qollanma

Yog`ochning yoriluvchanligi

Yoriluvchanlik  deganda  yog`ochning kuch  ta‘sirida tolalari bo`ylab  darz  ketish 
xossasi tushuniladi. Yog`ochning yorilishi kuchning ta‘sir etishi va xarakteriga ko`ra 
tolalarga  ko`ndalang  cho`zilishni  eslatadi  hamda  yog`och  uzunligi  bo`yicha 
tolalarning  bo`sh  birikishi  kabi  tushuntiriladi.  Yog`ochning  bu  xususiyati  amaliy 
ahamiyatga ega, chunki bir qator yog`ochlarning sortimenti (bochka taxtasi, gardish, 
kegay,  rezgi  taxta)  yorib  tayyorlanadi.  Sinash  uchun  kir  kisqichga  o`xshash 
namunadan foydalaniladi.  
Yog`och  radil  va  tangensial  tekisliklarda  yorilishi  mumkin.  Yaproqli  daraxt 
turlarida  radial  tekislik  bo`yicha  yorilishga  qarshilik  tangensialga  nisbatan  kamroq. 
Bunga  sabab  (eman,  shamshod,  grabdagi)  o`zak  nurlarining  ta‘siridir.  Nina  bargli 
daraxtlarda,  aksincha,  radial  tekislikka  qaraganda  tangensial  tekislikda  yorilish 
qiyinroq.  Nina  bargli  daraxt  turlarida  tangensial  tekislikda  yorilganda  ajralish 
mustahkamligi kech yetilgan yog`ochlik mustahkamligidan ancha kichik bo`lgan erta 
yetilgan yog`ochlikdan boshlanadi.  


- 58 - 
 
Hozirgi  vaqtda  yorib  sinash  o`z  mohiyatini  yo`qotmoqda,  chunki  yorilgan 
sortimentlarning  ko`p  qismi  arralash  bilan  almashtirilmoqda.  Yog`ochning  yorilish 
xususiyatini  yog`och  elementlari  mix,  bolt  va  hokazolar  bilan  biriktirishda  xisobga 
olish kerak.  
Yog`ochning  yorilishga qarshiligi  GOST  16483. 22 – 73  ga binoan  aniqlanadi. 
Hozirgi vaqtda qishloq xo`jaligi va sanoatning barcha tarmoqlarida xomashyo, yarim 
tayyor  mahsulot  sifatida  yog`ochning  roli  kundan-kunga  oshib  bormoqda. 
Yog`ochdan asosan tabiiy yoki qayta ishlangan holda foydalaniladi. Shu bilan ayrim 
turli-tuman  buyumlarning  asosi  yog`och  hisoblanadi.  Xalq  xo`jaligida  ishlatilish 
hajmi  va  turli-tumanligi  bilan  yog`och  boshqa  materiallarga  nisbatan  ko`proq 
ishlatiladi.  Yog`och  deganda,  biz  arralab  yiqitilgan  va  ildiz  hamda  shox- 
shabbalardan  tozalangan  daraxt  tanasini  tushunamiz.  Yog`ochdan  qurilishda  rom, 
eshik,  pollar  qurishda  keng  foydalaniladi.  Undan  shuningdek,  mebel,  idishlar, 
shpallar,  sport  inventari  ko`prik  va  kemalarning  elementlari,  musiqa  asboblari  va 
hokazolar 
yasashda 
foydalaniladi. 
Tabiiy 
va 
presslangan 
yog`ochdan 
mashinasozlikda  foydalaniladi.  U  kon  sanoatida  mahkamlash  materiali  sifatida 
ishlatiladi. Yog`och sellyuloza-qog`oz sanoatida, oziq achitqilari olishda, kord (shina 
sanoatida),  viskoza  tolasi  (to`qimachilik  sanoatida),  furfurol  (plastmassa,  sintetik 
tolalar) ishlab chiqarishda asosiy xomashyo bo`lib xizmat qiladi.  
Respublikamizda  mavjud  bo`lgan  tabiiy  va  sun‘iy  o`rmonzorlar  yog`ochninig 
qimmatbaho xomashyo bazasi hisoblanadi. Shuning bilan birgalikda yog`ochning bir 
qismi chetdan, masalan, Rossiyadan keltirilardi.  
Yog`ochning  ko`p  ishlatilishiga  sabab,  uning  yuqori  fizika-kimyoviy  xossalari, 
yaxshi  ishlanuvchanligi,  shuningdek,  kimyoviy  va  mexanikaviy  ishlov  berish  yo`li 
bilan yog`ochning ayrim xossalarini samarali o`zgartirishning usullari mavjudligidir. 
Yog`och  oson  ishlanadi  va  issiqlik  o`tkazuvchanligi  past,  yetarli  darajada 
mustahkam,  zarba  hamda  tebranish  nagruzkalariga  yaxshi  qarshilik  ko`rsatadi. 
Yog`och  quruq  sharoitda  uzoq  vaqt  chidaydi,  shu  bilan  birgalikda  yog`ochning 
kamchiliklari  ham  mavjud,  u  yonadi,  chiriydi,  hashorat  va  zamburug`lar  ta‘sirida 
yemiriladi. Gikroskopligi sababli shishadi va quriydi egiladi va yoriladi.  
Yog`ochdan  buyumlar  tayyorlashda  yelimlar,  lak,  bo`yoqlar,  pardozlash 
plyonkalari,  plasmassalar  va  boshqa  materiallardan  ham  foydalaniladi.  Yog`ochning 
xossalari hisobga olingan holda undan qishloq xo`jaligi va sanoatning turli sohalarida 
foydalaniladi.  

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish