Bog'liq Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti
Ehtimoli bo`lgan salbiy omillar va holatlar:
mintaqa mehnat bozorida mehnat resurslari o`sib borishi natijasida vaziyatning murakkablashuvi;
yashirin ishsizlikning va ro`yxatga olinmagan bandlikning oshib boriishi;
ob’ektiv omillar ta’sirida ayrim sohalarda ishchi kuchlarini to`plashning kamayib borishi;
mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklif nomutanosibligining murakkablashuvi;
qishloq joylarida ishsizlikning oshishi;
- tashqi mehnat migrasiyasining kengayib borishi.
Mintaqaning aholi bandligi sohasidagi siyosatri strategik jihatdan ish o`rinlari o`sishining barqarorligini ta’minlash va ularning mustahkamligini oshirishga qaratilgan bo`lishi kerak. Bunday zarurat mintaqada mehnat resurslari o`sishining barqaror yuqori sur’atlari bilan izohlanadi – faqat bandlikning barqaror o`sishi va ish o`rinlarining turlarini ko`paytirish mintaqa mehnat bozoriga bashorat qilinayotgan va demografik va iqtisodiy tendensiyalar tufayli oshib boradigan bosimni bartaraf qilishi mumkin.
Mintaqada ishlab chiqilayotgan aholi bandligi dasturlari, mehnat bozorini tartibga solishning o`zaro bog`liq bo`lgan faol va passiv tadbirlarini qamrab olgan bo`lishi kerak. Strategik jihatdan esa band bo`lmagan mehnatga yaroqli aholining turli qatlamlarini mehnat bozori talablariga moslashtirish muhim o`rin tutadi.
Viloyat mehnat resurslarining hudud bo`yicha (tumanlar/shaharlar) notekis taqsimlanganligi aholi bandligining hududiy dasturlarini ishlab chiqishda va investisiya dasturlarini amalga oshirish uchun ustivor hududlarni aniqlashda mos ravishda e’tibor qaratishni talab qiladi. Xuddi shunday tarzda uzoq vaqt davomida yuqori ishsizlik darajasi kuzatilayotgan hududlarni hisobga olish zarur bo`ladi.
Mehnat bozorining tarkibiy muvozanatligini ta’minlashning uzoq muddatli strategiyasining asosini iqtisodiyotning ishchi kuchiga bo`lgan o`rta va uzoq muddatli ehtiyojini hisobga oluvchi kasbiy ta’lim konsepsiyasi tashkil qiladi. Bundan tashqari, mahalliy mehnat bozorlarida yuzaga kelagn vaziyatni hisobga olgan holda tumanlar(shaharlar) kesimida va butun mintaqa miqyosida kasb-hunar o`quv yurtlarida bitiruvchilarni sifatli tayyorlash va ularni ishga joylashtirish bo`yicha hududiy dasturlarni yilda qayta ko`rib chiqish zarur bo`ladi.
Ishchi kuchlarining tarmoqlararo harakati zaifligi, ko`pchilik band bo`lmagan aholiga xos bo`lgan mehnat bozorida raqobatbardoshligining pastligini hisobga olgan holda kadrlarni qayta tayyorlash va qayta o`qitish dasturlarini kengaytirish zarur bo`ladi. Bunda rivojlanagn mamlakatlarda qo`llaniladigan korxonalar va ish beruvchilar vakilliklari buyurtmasi bo`yicha kadrlarni qayta tayyorlashni tashkil qilishni ko`zda tutuvchi, ish qidirayotganlarni qayta tayyorlashni tashkil qilish juda usullari samarali bo`ladi.
Mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi strategiyasining muhim vazifalaridan biri bandlarning iqtisodiyot tarmoqlari bo`yicha oqilona taqsimlanishini ta’minlash hisoblanadi. Bandlik tarmoq tarkibining joriy holati ijobiy tendensiyalarni chuqurlashtirishga yordam beruvchi chora-tadbirlarni kengaytirishni, xususan qishloq xo`jaligilda bandliar sonini qisqartirishni, xizmat ko`rsatish sohasi va boshqa istiqbolli tarmoqlar xodimlarining sonini oshirishni talab qiladi.
Qishloq joylaridagi yuqori ishsizlikning darajasi qishloq tumanlari aholisining bandligini asosan qishloq xo`jaligiga muqobil bo`lgan tarmoqlar va sohalarda oshirishning maxsus dasturlarini ishlab chiqishni talab qiladi. Ushbu dasturning ustivor yo`nalishlaridan biri qishloq joylarida kasanachilikni, hamda kichik biznesni, shu jumladan qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlash sohasini rivojlantirish bo`lishi kerak.
Mintaqa aholisi bandligini oshirish bo`yicha chora-tadbirlarning dasturi aholini bandlik sohasidagi axborotlar bilan ta’minlashni kengaytirishga yo`naltirilgan chora-tadbirlarni ham ko`zda tutishi kerak bo`ladi. Bandlikka ko`maklashuvchi markazlarda nafaqat ushbu tumanda, balki boshqa tumanlarda va viloyat markazida mavjud bo`lgan bo`sh ish o`rinlari bo`yicha ma’lumotlar bankini yaratish zarur bo`ladi. Qishloq aholisining ish qidirish imkoniyatlarini to`g`risidagi axborotlarga ega bo`lishini oshirish uchun qishloq fuqarolar yig`ini qoshidagi aholini ishga joylashtirish stasionar punktlarining axborot salohiyatini kuchaytirish talab etiladi.