Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo



Download 1,96 Mb.
bet174/176
Sana31.12.2021
Hajmi1,96 Mb.
#264862
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   176
Bog'liq
Mehmonxona xo'jaligida xizmatlar sifatini boshqarish

Yangilik kiritish – innovatsiyaning xuddi o‘zi.

G‘oya – yangi loyihaning taklifi, u texnik-texnologik asoslanishdan keyin innovatsiyaga aylanishi mumkin

G‘oyani texnik- iqtisodiy asoslanishi- buyum (ya’ni mahsulot) shaklida topilgan innovatsion g‘oyani materiallashuvini iqtisodiy maqsadga muvofiqligi, zarurligi va texnik imkoniyatini tasdiqlanishi.

«MEHMONXONA XO‘JALIGIDA XIZMATLAR SIFATINI BOShQARISh»

FANIDAN

AMALIY MAShG‘ULOTLAR UChUN MASALALAR TO‘PLAMI

Vaziyat (situatsiya)

“Sertifikat - NON” aksionerlik jamiyati bo‘lib 1994 yilda akreditatsiyadan o‘tgan bo‘lib non maxsulotlar sifatini kafolatlovchi sertifikat berish xuquqini 1995 yilda qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari jamiyat korxona va tashkilotlarga metodik va amaliy yordam berib kelmoqda. Normativ texnik xujjatlar tayyorlashda va yangi maxsulot turini ishlab chiqishda texnik va texnologik yordam ko‘rsatib kelmoqda.

2001-2005 yillarda ishlab chiqarishga joriy qilingan yangi non maxsulotlari turlari.

Chizma №1



Manba: O‘zdavstandart jurnali 2007. №1.

Chizmada keltirilgan chizmada ko‘ramizki har yili 10-30 gacha yangi turdagi non maxsulotlariga sifat-sertifikati berib kelingan.

Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun 5810.8 million so‘mlik daromad qilingan. Bu davr ichida 6960 ta non maxsulotlari sifatini kafolatlovchi muvofiqlik sertifikati berilgan.

Loyixa topshirig‘i. Yuqorida bayon etilgan vaziyatdan kelib chiqqan xolda “Sertifikat - NON” OAJ taktik masalalarni xal qilishi lozim bo‘ladi.


  • “Sertifikat - NON” OAJ – faoliyati iste’molchilar mijozlar kutganidan xam yuqori bo‘lishi kerak;

  • Faoliyat turlari doimo mukammallashtirilib turilishi lozim;

  • Xizmat ko‘rsatish vaqti va uning qiymati doimo pasayib borilishi lozim;

  • Xizmat yuzasidan murojaat qiluvchi mijozlar doirasini kengaytirish va ularni qiziqtiruvchi muammolar yechimini izlab topish;

  • Kelajakda joylarda o‘z jamiyatlari qaramog‘idagi “sho‘ba” shaxobchalar ochish;

  • Doimo “Sertifikat - NON” OAJ xizmatlari qonuniy, aniq, tez, arzon va xalqaro ISO – 9001 : 2000 xamda MEK – 17025-1999 talablariga javob berishini ta’minlash;

  • Muntazam ravishda o‘z bilim va malakalarini oshirib borishlari lozim.

Sertifikat - NON” OAJ faoliyati xaqida ayrim ma’lumotlar


Korxona o‘z faoliyatini beshinchi yiliga kelib 1999 yilda ISO – 9000 sifat sistemasiga batamom kirishish va barcha-sinov tajriba ishlarini yangi texnika va texnologiyaga asoslangan xolda olib bordi. 2000 – 2003 yillar mobaynida milliy sertifikat sistemasini xalqaro ISO – sistemasi bilan ug‘unlashtirib yubordi. Maxsulotga sifat sertifikati berishda ISO/MEK 17025-2000 talablari ustunlik qiladi. 2003 yilda korxonaning barcha ma’naviy eskirgan texnikasi o‘rnini eng zamonaviy texnik anjomlar egalladi. Yangi asbob anjomlarni ishlashida aniqlik darajasi 10 – 100 marotaba aniq va tez bajariladigan bo‘ldi.

Bu isloxatlar “Sertifikat - NON” OAJ korxonasining eng to‘g‘ri yo‘l tanlanganligidan darak beradi. Korxona o‘zining ichki faoliyati audit bo‘limi bilan birgalikda sifat menedjeri bo‘limi tashkil qilindi va sifatni boshqarish guruxi tashkil qilindi. Shu bilan birga sifat bo‘yichi barcha xat-xujjatlar xam ISO seriyasi asosida yuritila boshladi. SMga muvofiq ravishda ISO 9002ning barcha talablariga og‘ishmay javob berildi, ayniqsa har bir bo‘g‘im faoliyatida aniqlik bo‘lishi talab qilinadi.

Barcha buyurtmalar qabul qilishdan to unga sertifikat berishgacha bo‘lgan jarayonlar ro‘yxatga olinadigan bo‘ldi. Har bir pog‘ona uchun uning bajaruvchisi, javobgar shaxsi aniqlandi. Bunday tartib xizmatni sifatini oshirish bilan birgalikda, maxsulot sifatiga kafolat darajasini xam oshiradi. Shunday qilib tashkilotimiz ISO – 9002 bilan berilgan sifat sertifikatini barcha turlarini muvoffaqiyatlik ravishda yo‘lga qo‘ydi va milliy sertifikat usulini ishlab chiqdilar. Sifatni boshqarish bo‘yicha metodik qo‘llanma ishlab chiqildi.

Sifat sertifikatini yaratilishi “Sertifikat - NON” OAJ oldiga uchta savolga aniq javob berishni talab qiladi:



  • Bizdan iste’molchi, mijoz, nimani xoxlaydi;

  • Biz ularga nima bera olamiz;

  • Mijozlarimiz uchun nima qilishimiz lozim, ular doimo biz bilan qolishlari uchun.

Shu munosabat bilan biz qator tadbirlarni amalga oshirishimiz lozim

bo‘ladi.

Chizma №2
Non maxsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun – ishonchlik sifat sertifikati olish bugunning talabidir. Bu korxonani o‘ziga ishongan xolda uzoq muddat davomida stabil faoliyat yuritishlarini ta’minlaydi. Aynan ana shunday vaziyatda Sertifikat - NON” OAJ xam o‘zini kelajagi ishonchlik qo‘llarda ekaniga ishonadi.



Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish