Pablik releyshnz (ing. public rlations ) – ommaviy axborotning barcha vositalari (matbuot, radio, televidenie, Internet va boshqalar)ni keng jalb qilishga ega reklama ishi shaklidan iborat mahsulot yoki innovatsiya sotuvchisi haqidagi ijobiy jamoa fikrini shakllantirish bo‘yicha faoliyat.
Paradigma (grek. paradigma – misol, namuna) – farazlar, konsepsiyalar, gipotezalar, modellar, nazariyalarning soddalashtirilgan majmuasi.
Partiya- o‘yinni aniq amalga oshirilishini bildiruvchi o‘yinning elementi, belgilangan natijaga olib keluvchi qoidalarni amaliy qo‘llanishi.
Proeksiya (lot. Proectio- oldinga tashlash) – kelajak haqida shartli bayon qilish. Proeksiya odatda imkoniyatlarning qandaydir doirasini qamrab oluvchi bir butun majmuadan bitta hodisaga nisbatan qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |