Reklamatsiya (da’vo) — majburiyatlar nomuvofiq bajarilishi munosabati bilan berilgan arznoma.
Sotishning tahlili — marketing strategiyasi yaroqligini baholash maqsadida sotish haqida ma’lumotlarning batafsil tahlili.
Sotishni rag‘batlantirish — tovar yoki xizmatni xarid qilish yoki sotishni rag‘batlantirishning qisqa muddatli undov choralari.
Standartlashtirish — mavjud yoki bo‘lajak masalalarga nisbatan umuman va ko‘p marta tatbiq etiladigan talablarni belgilash orqali ma’lum sohada eng maqbul darajada tartiblashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-texnikaviy faoliyat.
Tovar — bozorda sotiladigan mahsulot, oldi-sotdi ob’ekti; sotish sohasiga (bozorga) kelgan mahsulot yoki xizmat, iste’molga almashinish, oldi-sotdi orqali kelgan insonning qandaydir ehtiyojini qondirishga mo‘ljallangan mehnat mahsuloti.
Do'stlaringiz bilan baham: |