Diniy turizm (xaj safari, ziyorati) hozirgi vaqtda juda yuqori talabga ega bo‘lib, ommaviy tus olmoqda. Mustaqilligimiz sharofati bilan
har yili yuzlab vatandoshlarimiz Makkayu Madinaga xaj va umra safarlarini amalga oshirmoqdalar.
Turizmda diniy maqsadlarning bir necha turlarini ajratib
ko‘rsatishimiz mumkin:
Xaj ziyorati (gunohlarni yuvish maqsadida, diniy e’tiqod maqsadida ziyoratgoh joylarga tashrif buyurish).
Tanishuv tashrifi (diniy qadamjolar, haykallar; din tarixi, din madaniyati bilan tanishuv).
Ilmiy tashriflar (diniy masalalar bilan shug‘ullanuvchi tarixchilar va boshqa mutaxassislarning tashrifi).
Turizm mazkur turining jiddiy muammosi bo‘lib, bu sohada yuqori malakali kadlarning yo‘qligi hisoblanadi. SHu narsa juda muhimki, ular nafaqatgina tarixiy va arxitektura yodgorliklarini ko‘rsatish, balki chuqir ma’naviy va diniy bilimlar bilan tanish bo‘lishi zarur.
14.Sog‘inish, qo‘msash turizmi. Turizmni mazkur turi qarindoshlarinikiga, tug‘ilgan joylarga va yaqinlarinikiga tashrif qilish ehtiyojiga asoslangan va xalqaro turistlik almashuvda muhim o‘rinni egallaydi. Masalan, Germaniyalik turistlar uchun ko‘proq Volgabo‘yi turlari ommabop hisoblansa, yaxudiylarda Israilga sayohat hisoblanadi va h.k.
Ekoturizm atrof muhitni saqlashda iqtisodiy raxbatlantirish uchun sharoit yaratadi. «Ekoturizm» tushunchasi sayohatlarni juda keng qirralarini qamrab oladi, ya’ni, o‘quvchilar uchun uncha katta bo‘lmagan tanishuv turlaridan
tortib, to milliy parklar va qo‘riqxonalarlarga uzluksiz turistlik sayohatlarni qamrab oladi.
Turizmni mazkur turidan olinadigan foyda qisman tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga yo‘naltiriladi.
16.Ekzotika (g‘alati, ajib) turizmi. Keyingi yillarda o‘zining ajibligi bilan taajublanarli turlar paydo bo‘la boshladi. Bular qatoriga ko‘yidagilarni kiritsa bo‘ladi «Manos trevel» nomli grek turfirmasi Oyga sayohatni rejalashtiradi. Rossiya kosmodromidan xorijiy biznesmenlarni kosmosga qiladigan sayohatlari, bu albbatda turistlar tamonidan juda katta harajatlar qilishni taqoza etadi. Bunda ushbu turistlar muallaq, muvozanatsiz holatiga tushadi va kosmosni ko‘rish sharafiga muyassar bo‘ladi. Parvozga yoziluvchilar hozirdan boshlangan, birinchi turistlar 5 ming dollardan kafolat so‘mmasini o‘tkazib joylarni bron qildilar.
Suv osti dunyosi bilan tanishuvchilar keyingi vaqtlarda ancha ko‘paymoqda. Bu yo‘nalishda eng istiqbolli loyiha bu musaffo suv osti qayig‘ida sayohat hisoblanadi. Uning marshrutlaridan biri. «Titaniq» kemasi cho‘kib ketgan joyda rejalashtirlmoqda.
Germaniyada ekzotikani yaxshi ko‘ruvchi turistlarda sobiq qamoq kamerasi ommabop sanaladi, chunki u erda attigi 20 DM to‘lash evaziga turist o‘zini maxbus deb hisoblashi mumkin.
«Odeon-otel» Parij firmasi o‘z mijozlari uchun malika Dianani so‘ngi er usti yo‘lini to‘liq takrorlovchi marshrutni ishlab chiqdi. Mash’um fojiali va sirli tragediyani boshidan kechirishni istovchi turistlar qora mersedesda «Ritu» otelidan to fojia ro‘y bergan joygacha sayr qiladilar.
17.Ijtimoiy turizm – bu davlat tomonidan ijtimoiy ehtiyojlarga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan sayohat qilish hisoblanadi. Sotsial turizmni maqsadi foyda olish emas, balki daromadi kam bo‘lgan kishilarni dam olishga bo‘lgan huquqini amalga oshirish uchun ularni qo‘llab quvvatlash hisoblanadi.
Turizmni mazkur turi chet elda keng tarqalgan. Sobiq Ittifoq davrida turizmni mazkur turi ham ommabop hisoblangan, uning ulushiga ichki turizmning qariyib 80 foizi i va xalqaro turizmning 50 foizi to‘g‘ri kelardi. Turizmni moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga davlatning kattagina mablag‘lari yo‘naltirildi.
Davlat tomonidan ajratilgan bevosita investsiyalardan tashqari davlat sug‘urtasi va kasaba uyushmalarining imtiyozli yo‘llanmalari taqdim etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |