Turizm va iqtisodiyot fakulteti dekani: i.f.d., dots. Abdullayev I.S.
Turizm va Mehmonxona
xo’jaligini boshqarish
kafedrasi mudiri: dots. Xudayberganov D.T.
MUNDARIJA
Kirish…………………………………………………………………...............
1. Maruza mashg’ulot mavzulari……………………………………………..
2. Amaliy mashg`ulot mavzulari…………………………………………...
3. Mustaqil ta`lim mavzulari……………………………………………….
4. Glossariy………………………………………………………….…..…...
5. Ilovalar……………….………………………………..…….………..…...
5.1. Namunaviy dastur………………………………………………....……
5.2. Ishchi dastur…………………………………………………….……...........
5.3. Testlar………………..………………………………………….……......
5.4. Nazorat savollari……………………………………………….………...
1-Mavzu: “Milliy turizm mahsulotlari va brendlari” fanining maqsadi va vazifalari
Hozirgi vaqtda turizm sohasi rivojining asosiy yo‘nalishlari.
Turizm mahsuloti va milliy turizm mahsuloti haqida tushuncha.
Milliy turizm mahsuloti va brendining tashkiliy-iqtisodiy asoslari.
Hozirgi vaqtda turizm sohasi rivojining
asosiy yo‘nalishlari.
Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bosqichida turizm xizmat ko‘rsatish sohasi bozor munosabatlari rivojlanishining muhim sektori bo‘lib qolmoqda. CHunki, turizm xizmat ko‘rsatish sohasi iqtisodiѐtning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bunda turizm yaxlit tizim sifatida alohida bir mamlakat va umumjahon xo‘jaligining ma’lum unsurlari bilan uzviy aloqada bo‘ladi. Xususan, oxirgi o‘n yillikda tez sur’atlarda xalqaro turizm rivojlandi.
Mamlakatda turizm tizimi taraqqiѐtining jadal rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib turgan omillardan biri turistik xizmatlar bozori, ya’ni milliy turizm bozorining talab darajasida emasligi bo‘lib, bu o‘z navbatida turizm industriyasini katta turistik resurslarga ega bo‘lgan mintaqalarda rivojlantirish imkoniyatini chegaralaydi. Ayniqsa, turizm sohasining taraqqiѐtidagi hozirgi holat, uning istiqbolini belgilovchi ko‘rsatkichlar tahlili turizm industriyasi faoliyatini shakllantirishning iqtisodiy, tashkiliy omillarini o‘rganish, turizm xizmati sifatini ko‘tarish, milliy turistik korxonalar, firmalarning raqobatbardoshligini ta’minlash hamda milliy turizm mahsulotiga xorij talabini o‘stirishga asos yaratadigan mukammal ilmiy tadqiqotlarga ehtiѐj mavjudligini ko‘rsatadi. Bu esa turizmda milliy turizm bozorini tashkil etish va rivojlantirish yo‘llarini izlab topishni taqozo etadi. SHu boisdan ham, turizm sohasida milliy turizm bozori o‘ziga xos o‘rin tutadi. CHunki, turizm bugungi kunda global tarmoq sifatida eng yaxshi rivojlanaѐtgan sohalardan biri sifatida xalqaro miqѐsda shaxslararo, madaniy, ijtimoiy va siѐsiy munosabatlar rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi. SHu boisdan ham, turizmda bozorni o‘rganish shakllantiriladi va to‘la amalga oshiriladi. Marketing alohida saralab olingan faoliyat sohasi bo‘lib, bu orqali turistik faoliyat natijasi bo‘lgan turistik mahsulot turistik bozorda sotilib, oxirgi turistga etkaziladi. Bunda asosan, davlat sektori, turistik firmalar va mehmonxonalarning barchasi faol ishtirok etadilar.
Turizm sohasida marketing ѐki turizm marketingi yanada samarali turistik-ekskursion xizmatlarni ishlab chiqish va turistik mahsulot sifatini oshirish asosida hamda jahon turistik bozorida kechaѐtgan jaraѐnlarni hisobga olgan holda daromad olish maqsadida ularni sotish bo‘yicha turistik korxonalar faoliyatini tashkil etish va boshqarish tizimi sanaladi. Turizm marketingining tarkibiy qismi va marketing munosabatlarni to‘la amalga oshirishga qaratilgan strategik marketing hisoblanadi. Strategik marketing iste’molchilar, ya’ni turistlarning hojat va talablarini “tizimli” doimiy tahlili bo‘lib, unda turistik firmalarga barqaror raqobat holatini ta’minlovchi samarali mahsulot va xizmatlar konsepsiyasini ishlab chiqish amalga oshiriladi.
SHuningdek, milliy turizm bozoriga xos bo‘lgan turizm marketingi turistik firma iste’molchiga taqdim etishi mumkin bo‘lgan turistik xizmatlarga mavjud ѐki yashirin talabni aniqlash, identifikatsiyalash va baholash hamda mavjud kuchsalohiyatini maqbul daromad olish maqsadlarida ushbu xizmatlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, targ‘ib qilish va sotishga qaratish sanaladi. Turizmda marketing turistik firmaga turistik mahsulotlar bozorida ijobiy natijalarga erishish imkonini beruvchi o‘zaro bog‘liq usullar va chora-tadbirlar tizimi sanaladi.
Butun jahon turistik tashkiloti turizmdagi marketingning quyidagi uchta quyidagi asosiy vazifasini ajratadi (1-rasm):
Do'stlaringiz bilan baham: |