Ommaviy turistik bozor - katta guruhlardan iborat sayohat qiluvchi asosiy turistalr massasini o‘z ichiga qamrab oladi. Bunday turlarning haridorlari ilgari kelishilgan dasturlar, xizmat va ko‘ngilochar tadbiralr, hamda oldindan to‘lab qo‘yilgan xizmatlarning standart jamlanmasiga rozi bo‘lgan kishilardir.
Mashhur turistik bozor - bir muncha kamchiliklardan iborat turistlardan tashkil topgan bo‘lib, qimmatroq, inklyuziv turlar, ya’ni yuqori darajadagi servis va qimmatbaho mehmonxonalardan iborat, shuningdek sayohat davrida istaklariga qarab qo‘shimcha xizmatlar uchun haq to‘lanadi.
Individual turistik bozor - ushbu holatda turistlar yakka tartibda o‘z marshrutlarini mustaqil belgilaydilar, zaruriy hollarda transport xizmati va mexmonxonada joylashish uchun buyurtmalar beradilar. Bu turlar badavlat kishilar uchun ancha qiziqarli bo‘lib, ularni o‘ziga jalb qiladi. Bundan tashqari o‘z dam olishlarini biznes yoki boshqa bir mashg‘ulot bilan birgalikda davom ettiradilar, bu esa o‘z navbatida oldindan dam olishni tugallash yoki qaytish muddatini belgilashlari kerakligiga yo‘l qo‘ymaydilar.
Aniq bir rayon (hudud, region) bo‘yicha quyidagi bozorlar ajratiladi:
Ichki turizm bozori - o‘z ichiga ushbu rayon aholisining shu region bo‘yicha dam olishi imkonini beradi;
Kirish turizm bozori - o‘zga rayon aholisining ushbu rayonga kelib sayohat qilishlari;
Chiqish turizm bozori - bir rayon aholisining boshqa bir rayonga borib sayohat qilishlari.
Sayohatni tashkil qilishning tavsiflanishi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkillashtirilgan va tashkillashtirilmagan turizm bozorlari ajratiladi.
Har bir qayt etib o‘tilgan turistik bozorlar xilma-xil bo‘lib, ish bilan bog‘liq turizm o‘z ichga delegatsiyalar yoki alohida shaxslarning kelishuvlarda, majlislarda, ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish maqsadini o‘z ichiga oladi. Boshqa turdagi ish bilan bog‘liq turizm maxsuslashgan guruhlar (kasb, ixtisoslik) bo‘yicha tuzilgan, ammo ularning yo‘naltirilgan maqsadli holdagi aniq bir dastur orqali sayohatlari ularni ish bilan turizmning alohida bir guruhiga ajratish lozimligini bildiradi.
Turizm bozoriga va turizm talabiga bir qancha omllar ta’sir qilida. Turizm talabiga boshqa tovar va xizmatlar kabi aholining oldigan daromadi va ularning sayohat uchun ishlatilishi ta’sir kiladi.
Turizm iqtisodning bir tarmog‘i sifatida ikki holatda barqaror bo‘ladi, ya’ni fukarolarning bo‘sh vaqtlari va yetarli daromadlarining borligi bilan. Shu sababli turizmda yuqori saviyada turizmga bo‘lgan talabni shakllantirish uchun, aholining bo‘sh vaqtini va daromadini oshirish yo‘llarini amalga oshirish kerak. Turizmga bo‘lgan talabni oshiruvchi asosiy ob’ektiv omil bo‘lib, axolining bo‘sh vaqti tendesiyasi hisoblanadi.
Aholining ba’zi ehtiyojlari qondirilmaguncha, turizm ommaviy ahamiyat kasb etmaydi. Turizm bozorini tahlil qilishda turizm bozoriga ta’sir kiluvchi asosiy omillar, ya’ni iste’molchilarning ijtimoiy –demografik va psixologik hatti-harakatlarini ko‘rib chiqamiz.
Bu yerda asosiy omil bo‘lib, aholining joylashishi strukturasi, aholining daromadlar darajasi, ta’lim, mashg‘ulotlar turi, aniq bir irqga mansubligi, jinsi, vaqti, hayot tarzi va x.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |