I. Fanning mazmuni. “O’zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi bo’yicha “Harakatlar strategiyasi”da xalqimiz xayot darajasini yuksaltirishning aniq mexanizmlari belgilab berilganligi to’g’risida fikrlarini bildirib, ushbu strategiyaning nafaqat xalqimiz, balki dunyo jamoatchiligi e’tiborini o’ziga jalb etgan muxim xujjatga aylanganligini aloxida ta’kidlab, o’tamiz.
O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi asosida: PISA (Programme for International Student Assessment), PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study), TIMSS (Trends in Mathematics and Science Study) xalqaro miqyosda o‘quvchilami baholash dasturida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rish; “STEAM - ta’lim” (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics -biologiya, matematika) dasturini joriy etish; kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartini amaliyotga joriy qilish;
O’zbekiston Respublikasi prezidentining PQ-4708-son 07.05.2020 qarorida Mamlakatimizda matematika 2020-yildagi ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilandi. O’tgan davr ichida matematika ilm-fani va ta’limini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan qator tizimli ishlar amalga oshirildi:
“Matematika (modul-kredit tizimida xam) soxasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora tabirlari to’g’risida rejada matematika o’qitishda asosiy e’tiborni yangilanishga qaratilganligini ta’kidlash mumkin. Dastur mazmunida talabalar fan bo’yicha oladigan bilimini zamon talabi darajasiga yetishida, pedagogik texnologiya va axborot kommunikatsion texnologiyalar yutuqlari asosida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari metodik tayyorgarligini yuqori darajada rivojlantirishga erishish kabi eng muxim vazifalarni xal etilishiga qaratilgan.
Fanning o’qitishdan maqsad – bo’lg’usi boshlang’ich sinf o’qituvchilariga matematika o’qitish metodikasi fanidan muxim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni shaklantirish va ularni amalda qo’llay olishini ta’minlash.
Fanning vazifasi - talabalarni matematika o’qiitish metodikasi bo’yicha davlat ta’lim standarti va oquv dasturining mazmuni va talablari, shuningdek, maktab darsliklari mazmuni va metodik tuzilishi bilan tanishtirish; boshlang’ich ta’limda o’rgatishning zamonaviy ilg’or metod va usullarini o’rgatish vazifalarini bajaradi.
Shuningdek o’qitishda:
1) ta’limiy-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni amalga oshirish;
2) nazariy bilimlar tizimini o’rganish jarayonini yoritib berish;
3) ta’limni insonparvarlashtirishni;
4) matematika o’qitish jarayonida qadriyatlar, urf-odatlar, sharqona tarbiya qadr-qimmati, bir-biriga xurmati kabi fazilatlarini tarbiyalash;
5) o’qitishning innovasion, pedagogik va axborot kommunikasion texnologyalar yutuqlari;
6) o’qitish metodikasi I-IV sinflar matematikasining davomi bo’lgan IV-V sinf matematikasi mazmuni bilan uzviyligi ta’minlanishini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |