O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
205-guruh tolibi Qurbonov Jahongirning
O`zbekiston tarixi fanidan
KURS ISHI
Mavzu: “Milodiy III asrda yashagan ko’chmanchi qabilalar. Ularning turmush tazi”
Topshirdi:_______________________
Qabul qildi:______________________
Urganch-2021
MUNDARIJA
KIRISH.
ASOSIY QISIM
1. Kushon davlatining Hududi,Siyosiy hayoti
2. Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari. Kushon podsholigining barham topishi.
3. Kushon davlatining O’zbekiston tarixiga qo’shgan hissasi.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik jamiyat hayotining barcha sohalarida, jumladan ijtimoiy fanlarda ham tub o`zgarishlarga asos soldi. Eng avvalo ularning nazariy – uslubiy asoslari yangilandi. Ayniqsa, tarix fanining nazariy-uslubiy asoslari, uning maqsad va vazifalari tubdan o`zgardi. O`zbekiston Respublikasi prezidenti I. A. Karimovning mamlakat tarixchi olimlari bilan uchrashuvi va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to`g`risida»1 gi qaroridan so`ng O`zbekiston davlatchiligi tarixini o`rganishga yondashuv o`zgardi1. Ilgari sovet hokimiyati mafkurasiga xizmat qilgan tarix fani zimmasiga xalqning tarixiy xotirasini tiklash, haqqoniy tarixni yaratish vazifasi yuklandi.
Mustaqillikka erishganidan so’ng O’zbekiston o’tgan yigirma ikki yil ichida o’ta mashaqqatli va sharafli yo’lni bosib o’tdi. Buni oldindan yaxshi bilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov ozodlikka erishgan dastlabki kunlarimizda «O’z istiqlol va taraqqiyot yo’limiz – bu gul bilan qoplangan yo’l emas, bu totalitarizm merosidan xalos bo’lish va poklanish, mafkuraviylik illati yetkazgan ziyon-zahmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yo’lidir», deb aytgan so’zlari zamirida qanchalik chuqur hayotiy ma’no borligini yana bir bor anglaymiz. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimovning “Insono’zligini anglagani, nasl-nasabini, bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg’usi ildiz otib yuksala boradi. Bu ildiz qancha chuqur bo’lsa, tug’ilib o’sgan yurtga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo’ladi”2 –degan fikrlarni qayd etish o’rinlidir. Vatan tarixini ilmiy asosda o’rganish, o’zlikni anglash, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan boy ma’naviy xazinani avaylab saqlash va kelajak avlodga yetkazish ana shunday masalalardan biridir. Vatan tarixining tub ildizlari manbasini, ayniqsa, iqtisodiy-madaniy va siyosiy aloqalar tarixini o’rganish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi Birinchi Prezidentimiz o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli asarida shunday yozadi:” O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |