3. Sak-massaget qabilalari ma’daniyati.
Osiyoning (jumladan, Oʻrta Osiyoning) dasht, choʻl va togʻ oldi hududlarida yashagan koʻchmanchi aholi madaniyati. Sak tilida yozilgan eng qad. manba — Olmaota atrofidagi Issiq mozorqoʻrgʻonidan topilgan kumush idishdagi yozuv boʻlib, u mil. av. 5-a. bilan sanalanadi. Sak tillarida bitilgan hujjatlarning asosiy qismi Sharqiy Turkistonning Xoʻtan vohasidan topilgan. Ular 7—10-a. larga oid. Bu yozuvlarni oʻrganishda G. V. Beyli, M. J. Drezden, L. G. Gersenberg, I. M. Oranskiylar katta hissa qoʻshganlar. Saklar yodgorliklaridan jez va temirdan ishlangan harbiy qurollar, zebziynat buyumlari, mehnat qurollari va sopol idishlar uchraydi. Saklarning oʻqlari bargsimon, 2 yoki 3 qirrali boʻlgan, xanjar va qilich dastasining boshi yoysimon qayirib qoʻyilgan. Gerodot saklarning yarogʻaslaha va ot anjomlari haqida aniq maʼlumotlar keltiradi. Saklarning ot anjomlari, oʻklari va xanjarlari skif yarogʻaslahalariga oʻxshaydi. Jezdan ishlangan sanʼat buyumlarida ham yaqin xususiyatlar va katta oʻxshashliklar bor. Mustahkam madaniy aloqalar koʻchmanchilarni birbirlari bilan bogʻlab turgan. Shuning uchun ham madaniy anʼanalari va urfodatlari ularning yashash sharoitidan kelib chiqib, birbiridan uncha farq qilmagan (yana q. Skiflar madaniyati). Toʻmaris - (mil. avv. VI asr) - Turon xalqlarining axamoniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur ayol sarkarda. Qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning "Tarix" (mil. av. 5-asr) asarida yozilishicha, Axomaniylar davlati asoschisi Kir II mil. av. 530 yilda Turonga bostirib kirganida, Toʻmaris. massagetlar qabilasining malikasi boʻlgan. Massagetlar bu paytda Amudaryo (Araks) boʻylari va Qizilqumda yashashgan. Toʻmaris massagetlar podshosining xotini boʻlib, u erining vafotidan soʻng davlatni boshqargan.Erondan kelgan bosqinchilar qoʻshini va massagetlar oʻrtasida shiddatli janglar boʻlgan. Dastlabki jangda Toʻmarisning oʻgʻli Spargalis (Siparangiz) boshchiligidagi massagetlar gʻolib chiqqan. Biroq keyingi jangda forslar hiyla yoʻli bn Spargalis va ayrim massagetlarni asir olishganda, ornomusga chiday olmagan Spargalis oʻzini oʻldirgan. Toʻmaris oʻgʻlining halokatidan esankirab qolmay, oʻz xalqining manfaatini oʻylab, Kir II dan massagetlar yurtidan chiqib ketishini soʻraydi. Biroq forslar shohi rad javobini bergach, ikki oʻrtada ayovsiz jang boʻlgan. Gerodot massagetlar va forslar oʻrtasidagi jang tafsilotlarini oʻz asarida quyidagicha tasvirlaydi: "Mening bilishimcha, bu jang varvarlar oʻrtasidagi barcha janglardan ham dahshatli boʻlgan. Avval har ikkala qoʻshin bir-birini uzoq masofadan turib, kamondan oʻqqa tutdilar. Kamon oʻklari tugagach, ular nayza va qilich bn kurashdilar. Jang uzok, vaqt davom etdi. Koʻp qon toʻkildi. Nihoyat, massagetlar gʻalaba qozondilar. Fors qoʻshinlarining asosiy qismi, jumladan, Kir II ham jang maydonida halok boʻlgan. U toʻliq 29 y. shohlik qilgan edi. Kir II ning jasadi topilgach, malika Toʻmarisning buyrugi bn uning kesilgan boshi inson qoni bn toʻlgʻazilgan meshga solingan". Toʻmarisning jasorati va harbiysiyosiy faoliyati toʻgʻrisida xalq dostonlari yaratildi, jangnoma va rivoyatlar toʻqildi. Ergash Jumanbulbul oʻgʻlidan Hodi Zarifov yozib olgan "Oysuluv" dostonida Turon mamlakatining podshosi Oysuluv obrazida Toʻmaris faoliyati oʻzining badiiy talqinini topgan. Yozuvchi Mirkarim Osim "Toʻmaris" qissasida uning jasoratini ulugʻlaydi. Ibrohim Yusupov "Toʻmaris" (1974) dostonini yozgan, kompozitor Ulugʻbek Musayev shu nomli balet (1982)ni sahnalashtirgan. Oʻzbekistonda ayollar oʻrtasida "Toʻmaris oʻyinlari" festivali oʻtkazilmoqda. Qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning “Tarix” (mil. avv. V asr) asarida yozilishicha, Ahamoniylar davlati asoschisi Kir II mil. avv. 530-yilda Turonga bostirib kirganida, Toʻmaris massagetlar qabilasining malikasi boʻlgan. Massagetlar bu paytda Amudaryo (Araks) boʻylari va Qizilqumda yashashgan10. To‘maris massagetlar podshosining xotini boʻlib, u erining vafotidan soʻng davlatni boshqargan. Erondan kelgan bosqinchilar qoʻshini bilan massagetlar o‘rtasida shiddatli janglar boʻlgan. Dastlabki jangda To‘marisning oʻgʻli Sparangiz (Sparganis) boshchiligidagi massagetlar gʻolib chiqqan. Biroq keyingi jangda forslar hiyla yoʻli bilan Sparangiz va ayrim massagetlarni asir olishganda, or-nomusga chiday olmagan Sparangiz oʻzini oʻldirgan. Toʻmaris oʻgʻlining halokatidan esankirab qolmay, oʻz xalqining manfaatini oʻylab, Kir II dan massagetlar yurtidan chiqib ketishini soʻraydi. Biroq forslar shohi rad javobini bergach, ikki oʻrtada ayovsiz jang boʻlgan.
Gerodot massagetlar va forslar oʻrtasidagi jang tafsilotlarini oʻz asarida quyidagicha tasvirlaydi: “Mening bilishimcha, bu jang varvarlar oʻrtasidagi barcha janglardan ham dahshatli boʻlgan. Avval har ikkala qoʻshin bir-birini uzoq masofadan turib, kamondan oʻqqa tutdilar. Kamon oʻqlari tugagach, ular nayza va qilich bilan kurashdilar. Jang uzoq vaqt davom etdi. Koʻp qon toʻkildi. Nihoyat, massagetlar gʻalaba qozondilar. Fors qoʻshinlarining asosiy qismi, jumladan, Kir II ham jang maydonida halok boʻlgan. U toʻliq 29 yil shohlik qilgan edi. Kir II ning jasadi topilgach, malika (Toʻmaris)ning buyrugʻi bilan uning kesilgan boshi inson qoni bilan toʻlgʻazilgan meshga solingan”.
Xulosa
Xulosa shuki Tarixiy manbalarda yozilishicha, miloddan avvalgi davrlardagi ajdodlarimizning turmush tarzi har xil kechgan. Ma’lum bir hududdagi qabilalar tarkibida yashagan urug’lar boshqa yerlardagi qabilalar birlashmalarida ham mavjud bo’lgan. Yunon sayyohi Gerodotning (milloddan avvalgi V asr) ma’lumoticha, massagetlar Kaspiy dengizidan sharqdagi tekislik (Qoraqum)da, Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida yashaganlar. Miloddan avvalgi Eron ahmoniylar sulolasi davrida (VII-VI asrlarda) massagetlarning ko’p sonli ko’chmanchi turkiy va boshqa tilli urug’-qabilalardan tuzilgan qudratli podsholigi bo’lgan. Miloddan avvalgi 530 yillarda bu podsholikning hukmdori vafot etib, davlatni malika To’maris boshqarayotgan davrlarda Eron ahmoniylari hukmdori Kurush (Kir II) juda katta qo’shin (2 yuz mingli lashkar) bilan bostirib keladi. Massagetlar ularga qarshi shiddatli jang qilib, Kirni mag’lubiyatga uchratganlar.
Gerodot To’maris boshchiligidagi massagetlar qo’shinlarining Kir lashkarlari bilan to’qnashuvini eng dahshatli jang deb baholagan. Bosqinchilik urushining natijasi Kurushning mag’lubiyati, ya’ni jangda o’ldirilishi bilan tugagan1. Aslida bu jang tafsilotini va yurtimizning qadimgi elatlari hamda Ahmoniylar imperiyasi o’lkalari va ularga qaram bo’lgan mamlakatlar ro’yxati umuman, sak-massagetlar va boshqa elatlar haqida ham miloddan avvalgi VI-V asrlarda yashab ijod etgan yunon tarixchisi miletlik Gekatey asarlarida ilk bor ma’lumotlar berilgan. Gerodot va Ktesiylar esa bu ma’lumotlardan o’z asarlarida ijodiy foydalanganlar. Jumladan, xorazmiylar va ularning Amudaryo quyi havzalariga ko’chishi haqidagi va sak-massagetlar bilan bog’lik ma’lumotlar esa kariyalik Skilakning (miloddan avvalgi VI asr ) “Sayohatnoma”sida aks etgan. Ammo bu asarlar yetib kelmagan. Ularning asarlaridagi ma’lumotlar Geradotdan boshlab, keyingi grek-yunon muarrixlari ijodlarida aks etgan. Qayd etilganidek, massaget urug’lari qadimda ancha keng hududlarga tarqalgan bo’lgan. Ularning bir qismi qadimgi xorasimiylarning ilk davlati hududida ham yonma-yon yashashgan. Shu bois Strabon (milloddan avvalgi 63, milodiy 24 y.) sak-massagetlarni attasiy va xorazmiylar bilan bir qabila sifatida qaragan. Qadimda xorazmiylargacha ularning hozirgi yerlarida, asosan, massaget qabilalari yashashgan. Strabon “Xorazmiylarning ajdodlari massagetlarga borib taqaladi, deganida haqli edi. Chunonchi, so’nggi davr tadqiqotchilari (Tarn, Altxaym, Xenning1, Pyankov va boshqalar) ham Gerodot va boshqa yunon tarixnavislarining ma’lumotlarni sinchkovlik bilan o’rganish va tahlil etish natijasida va “Avesto”da qayd etilgan dalillarga asoslanib, xorazmliklar dastlab Aryadan sharqda, Hinduqushning Xilmend vodiysida, aniqrog’i Marv-Hirot atrofida, Xoroyeva (Xorasmiya) hududlarida yashaganlar. Keyinchalik Ahmoniylar siquvi tufayli hozirgi joylariga ko’chib kelgan bo’lsalar kerak, degan fikrni aytganlar.
Hatto, ba’zi olimlar (masalan, V.A.Livshis) xorazm tili “Avesto” tiliga yaqin, degan xulosaga kelishgan. Shunday fikrdagi olimlardan V.V.Struve, I.M. Dyakonov, V.G.Lukonin, M.Meri Boys, S.P. Tolstov, M.Isoqov va boshqalar “Avesto”ning eng kuhna qismlari, ya’ni “Gota” gimnlari Xorazmda yaratilgan, deydilar. Shu asosda A.Asqarov “Gota” gimnlari Xoroyeva(Xorasimiya)da yaratilib, ehtimol, xorasimiylar uni o’zlari bilan (miloddan avval VI asrning oxirgi choragida) Amudaryo quyi havzalariga olib kelgan, deyish to’g’riroqdir deb qaraydi va xorazmiylarning asl vatanini Xilmend (Hirot) vodiysi bilan bog’laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |