3mavzu. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish
Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish. Qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish. Davlat boshqaruvini markazlashtirishdan chiqarish, davlat xizmati tizimini isloh qilish. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish. “Elektron hukumat”, “xalq bilan muloqot”, “virtual qabulxona”, “xalq qabulxonalari”, “tanqidiy tahlil”, “qatiy tartib intizom hamda shaxsiy mas’uliyat”, “yo‘l xaritasi”, “ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari” kabi yangi iboralarning mazmuni va amalda qo‘llanilishi. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligini oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |